Amerika mintaqasi turizm harakatlarining rivojlanish dinamikasi
Amerika mintaqasi xorijiy turistik tashriflar bo‘yicha Yevropa mintaqasidan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Butunjahon turizm tashkiloti tarkibiga kiruvchi turizm hududlari Shimoliy Amerika. markaziy Amerika. Janubiy Amerika va Karib orollari hisoblanadi. Mintaqa bo‘yicha xorijiy tashriflarning yarimi AQSH va Kanada mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Amerika Qo‘shma SHtatlari. Kanada va Meksika mamlakatlari Amerika mintaqasining asosiy turizm markazlari hisoblanib. ularning turizm bozorini asosiy qismini Shimoliy Amerika mamlakatlari ta‘minlaydi. Mintaqada xalqaro turistik tashriflar va xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha birinchi o‘rinda Amerika Qo‘shma SHtatlari turadi. Mintaqaga qilingan xorijiy tashriflarning 35-50%i. xalqaro turizm tushumlarining 50-60%i Amerika Qo‘shma SHtatlari mamlakatiga to‘g‘ri keladi. Mintaqa bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Karib orollari turadi. bu hududga yiliga 12-15 million turistlar tashrif buyuradi. Janubiy Amerika mamlakatlarida nisbatan turizm kam rivojlangan. umumiy turistik tashriflarning 9-10%i to‘g‘ri keladi. Bunga asosiy sabab siyosatning beqarorligi. va iqtisodiy rivojlanishning notekisligi bo‘lishi mumkin.
Amerika mintaqasiga qilingan xorijiy tashriflarning 0.9%i Afrika. Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. 5.5%i Sharqiy Osiyo va Tinch Okeanii mintaqasi mamlakatlariga. 9.0% esa Yevropa mintaqasi mamlakatlariga. 85.0%i Amerika mintaqasi mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
Amerika mintaqasi 1970 yilda jahon turizm tashriflarining 25.5% ni tashkil qilgan bo‘lsa. keyingi yillarda turizm harajatlarining o‘sishi sababli muntazam ravishda pasayish kuzatilgan. 1985 yilga kelib bu ko‘rsatkich jahon turistik tashriflarining 20.17% ni tashkil etgan. 1985-1995 yillarda. turistik tashriflar bo‘yicha o‘sish kuzatilmagan. 1996 yilga kelib 19.5% ga tushib ketgan. 2000-yilga kelib xalqaro turistik tashriflar 10.8% ga o‘sgan. lekin jahon bo‘yicha 18.62% ni tashkil etgan. 2001 yilda 6.1% ga. 2002 yilda esa 4.4% ga pasayish kuzatilgan.
Amerika mintaqasida xalqaro turistik tashriflardan tushgan tushim 2000 yilda 121 mlrd. 800 million AQSH dollarini tashkil etgan. Oldingi yillarga nisbatan 14.4% ga o‘sish kuzatilgan. 2001 yilda bu ko‘rsatgich 1.6% ga. 2002 yilda esa 4.8% ga pasayish kuzatilgan.
Amerika mintaqasi 2002 yilda xalqaro turistik tashriflarni 16.3%ni tashkil etgan. 2002 yilda bu mintaqaga 114.9 mln. turistlar tashrif buyurgan: Shimoliy Amerika hududiga 81.6 mln. Karib orollariga 16.1 mln. Markaziy Amerikaga 4.7 mln. Janubiy Amerika hududlariga 12.5 mln. 2001 yil 11 sentyabr Amerika Qo‘shma SHtatlarida sodir bo‘lgan voqealar ta‘sirida 2001 yil 2000 yilga nisbatan xorijiy turistlar tashrifi 6.1%ga. 2002 yilda 2001 yilga nisbatan 4.4%ga kamaygan. Amerika mintaqasining hamma hududlarida 2002 yilda xorijiy tashriflarning kamayishi kuzatilgan. Faqatgina
Xalqaro turizm daromadlari miqdori bo‘yicha Urugvay 43.3. Braziliya 16.0%. Kanada 10.0%. Chili 8.2%. AQSH 7.4%. Puerto-Riko 8.9%. Kuba 3.5%. Dominikan respublikasi 2.2%. Kosta-Rika 1.6% ga 2001 yilga nisbatan 2002 yilda pasayish kuzatilgan. Meksika mamlakatida 5.4%ga 2001 yilga nisbatan 2002 yilda o‘sish kuzatilgan. Umuman mintaqa bo‘yicha 2002 yilda 2001 yilga nisbatan 6.5% ga pasayish kuzatilgan.