Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona



Download 1,22 Mb.
bet111/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Namangan shahri marshruti. Viloyat markazidan boshlanadigan mazkur marshrut shahardagi hunarmandchilik markazlari, zamonaviy savdo do‘konlari, madaniyat va istirohat bog‘lari (3ta),tarixiy qadamjolar va arxeologik yodgorliklari bilan yaqindan tanishadilar. Namangan shahri hududidan oqib o‘tuvchi Yangiariq, SHimoliy Farg‘ona kanali shaharda o‘ziga xos iqlimiy sharoit yaratibgina qolmay balki rekreatsion tibbiyot, diniy, tarixiy, sport kabi xizmat ko‘rsatuvchi turlarini hosil qilgan. SHaharda A.Navoiy nomli viloyat drama va komediya teatri, o‘lkani o‘rganish muzeyi va filiallari, Motamsaro ona monumenti, bir qator turli sport saroylari (Navbahor, Barkamol avlod, va suzish suv havzalari, velatrek, chim ustida xokkey, otchopar, N.Namongoniy, Azizxo‘ja Eshon madrasasi, Mavlono Namongoniy, Mulla qirg‘iz madrasasi, Mulla Bozor Oxund majmuasi, Maxdumi Eshon masjidi, Qodirxo‘ja Eshon kabi tarixiy va diniy turistik majmualari viloyat markazida joylashgan.

  • Namangan-Uychi-Uchqo’rg’on-Namangan. Uychi viloyat markazidan 15 km shimoliy g‘arbda joylashgan shahar bo‘lib, Namangan - Uchqo‘rg‘on magistral yo‘lida Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan. Adir va adir orti tekisliklarining umumiy maydoni 29,5 ming km2 teng. Hozirgi aholisi eng zich va uning soni 210 mingdan oshiq bo‘lgan bu marshrut SHimoliy Farg‘ona, Katta Namangan kanallari bilan birga Podshootasoy, Chortoqsoylari oqib o‘tidagan gidroinshootlar atrofida dam olish maskanlari, oromgoxlar, shifoxonalar, sog‘lomlashtirish maskanlari, sport va san‘at saroylari, madaniyat va istirohat bog‘larini qamrab oladi. Ekoturizm bilan birgalikda tarixiy turizmni tashkil etuvchi Tariqmozor, Nog‘oratepa, Niyozbektepa, Oqtepa, Qoratepa, Oqgumbaztepa, Toshloqtepa, Ovchibuloqtepa, Qizbuloq, Mashxad kabi tarixiy qadamjolar mavjud.

    Uchqo‘rg‘on Namangandan 40km uzoqda joylashgan 30,7 ming km2 maydonni egallagan, aholisi 190 ming kishidan iborat rayonning shimoliy va g‘arbiy qismlari Qirg‘iziston Respublikasi, Janubiy tomoni Norin, g‘arbiy tomoni Uychi tumanlari bilan chegaradosh.Tuman geoekologik sharoitini belgilovchi xarakterli hususiyati Norin daryosi, undan boshlanuvchi 5 ta yirik kanal va soylar Uchqo‘rg‘on suv tugunining hosil qilganligi va uni tuman tabiatiga ijobiy ta‘siridadir. Uchqo‘rg‘on suv ombori atrofida so‘lim va salqin manzarali hamda mevali bog‘lar, sanatoriy, shifoxona, oromgohlar, dam olish maskani, nuroniylar va yoshlar bog‘lari, vokzal, avtovokzal, sport, san‘at shaxobchalari tashkil etilgan. Hududda tarkib topgan Nomsiztepa, O‘g‘riyortepa, Norinkaliklar, Oqtepa, Uchyog‘ochtepa, Gultepa, Beshtepa, Qo‘shtepa tarixiy qadamjolari, bir tarixiy va tabiiy yodgorliklarni istiqbolda kompleks rivojlantirish zarur.

    1. Sirdaryo chap sohilidagi ekomarshrutlar:

      1. Namangan - Sirdaryo – SHo’rsuv - Namangan marshruti. Istiqbolda taklif etilayotgan ekomarshrut Mingbuloq tumanining Gurtepa MFY hududida tarkib topgan SHo‘rsuv aholi manzilgohidagi davolash maskaniga yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi. Hududning geografik o‘rni va yer osti suvlarining o‘ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqqan holda inson salomatligini qayta tiklovchi, shifo va qisqa muddatli dam olish maqsadida 1980 yilda tashkil topgan. Inson salomatligini tibbiy ko‘rsatkichlari atrof-muhit holati bilan chambarchas bog‘liq. SHunday ekan, tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydlanish, ularni muhofaza qilish har-bir insonning burchidir [94;147-b.].Tabiiy ravishda uchragan suv tarkibida brom, ftor, oltingugurt kabi moddalar tashrif buyurgan 1500-2000 nafar aholining salomatligini ta‘minlash uchun xizmat qilmoqda. Ular bot, revmatizm, bo‘g‘imlarda tuz to‘planishi, teri kasalliklarini bartaraf etishda sog‘liqni saqlash xodimlari tomonidan berilgan tavsiyalarga ko‘ra foydalanish imkoniyati yaratilgan. SHo‘rsuvda suvning harorati +70S0 bo‘lib, u +10,+15,+20,+25+30S0dagi maxsus vannalar, tibbiyot xodimlari va zamonaviy jihozlar bilan ta‘minlangan.

      2. Namangan - Markaziy Farg’ona cho’l landshafti - Namangan . CHo‘l mintaqasi, uning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini tadqiq etishning dolzarbligini BMT tomonidan 2006 yilni

    ―CHo‘llar va cho‘llanish halqaro yili‖ deb e‘lon qilinishi munosabati bilan olib borilgan chora- tadbirlar ko‘lamidan iblib olish mumkin [43;3-b.]. Bu borada mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ham ijobiy ishlar, jumladan turizm sohasida ham foydalanish ko‘lami bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bunday tabiati nozik ekotizimlarni muhofaza qilish,
    uning tabiiy resurslaridan oqilona foydalangan holda ekoturizmni rivojlantirish, cho‘l mintaqasida tarqalgan, lekin yo‘qolib ketish xafi bo‘lgan o‘simlik va hayvonot olamini saqlab qolish prioritet ilmiy izlanishlar ko‘lamidan joy olmoqda. Viloyatining janubiy qismida joylashgan,Mingbuloq tumanida ham o‘ziga xos tabiiy ekoturistik ob‘ektlar mavjud bo‘lib, ularning asosiy yer fondi Markaziy Farg‘ona cho‘llaridan iborat. CHo‘l mintaqasi o‘ziga xos hususiyatlari, tarkib topishi birinchi navbatda Farg‘ona vodiysining tabiiy geografik o‘rni bilan bevosita bog‘liqdir.
    Vodiy Tyanshan‘ va Oloy tog‘ tizmalari orasida gertsin tog‘ burmalanishida paydo bo‘lgan tektonik botiqda joylashgan. Vodiy hududida dastlabki quruqlik paleazoy erasida tog‘lar o‘rnida paydo bo‘lib, mezazoyda adirlar ko‘tarilgan, nihoyat, vodiyning tekislik qismi esa to‘rtlamchi davrda to‘liq quruqlikka aylangan
    Mingbuloq tumanining Gulbog‘, Gurtepa, Alami, Baland Gurtepa MFY larida aholi istiqomat qilmaydigan hududlaridagi qum barxanlari ekoturistik ob‘ektdir. Aholi vakillari o‘z salomatligini qayta tiklash maqsadida yilning iyul‘-sentyabr‘ oylarida cho‘lga tashrifi kuzatilib, tibbiyot sohasida kasalliklar ro‘yxatida qayd etilgan bo‘g‘im, bot va tayanch harakat tizimi (grija xastaligidan tashqari) kasalliklarini tabiiy ravishda davolashda o‘z samarasini bermoqda. Kuzatuv va tahlillar natijasida tabiiy yo‘l bilan davolanish maqsadida borgan aholi vakillarini salomatliklarini qayta tiklanish holatlari kuzatildi. Gulbog‘ hududidagi qum barxanlariga 2017 yilning 20-25 avgust sanalarida 300 nafar kishi nozoturizm ishtirokchisiga aylandi. Qum barxanlariga davolanish maqsadida kelgan aholiga zamonaviy servis xizmatlarini o‘z vaqtida ko‘rsatish, tashkil etish va rivojlantirish lozim. Bo‘g‘im xastaligi bilan borgan insonlar kunning birinchi yarmida ya‘ni soat 10:00 dan 12:00 gacha tananing oyoq qismidan boshlab, 20-30 daqiqa oyoqning 5-10 sm qismi qumga tiqiladi, so‘ngra son va tananing quymich qismigacha qum zarachalari bilan to‘ldiriladi. Bu holat kunning ikkinchi yarmida ham takrorlanib, quyosh nuridan kelayotgan harorat biroz pasaygandan so‘ng soat 16:00 dan, 17:30 gacha ham tabiiy davolanish profilaktika ishlari olib boriladi. Tadqiqot natijasida yana shuni aytish mumkinki, bunday ekoturistik hududlarga faqat davolanish nuqtai-nazaridan emas, balki cho‘l mintaqasiga sayohat, o‘ziga xos dorivor o‘simliklarni terish va turlarini ko‘paytirish, hayvonot dunyosini tabiiy harakatlanishini kuzatishi ham mumkin.
    Mingbuloq tumanidagi mavjud ekoturistik hudud istiqbolida servis xizmatlarini takomillashtirish maqsadida mahalliy va mintaqaviy loyhalar aosida biznes rejalarni tayyorlash hozirgi kunning davr talablaridan biridir.



    Download 1,22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   147




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish