Universiteti fakulteti



Download 1,34 Mb.
bet1/10
Sana25.03.2022
Hajmi1,34 Mb.
#510105
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-sinf geometriyasida aylana bobini o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyasi.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
____________________________________________UNIVERSITETI
_______________________________________________FAKULTETI
_______________________________________________KAFEDRASI


__________________________________________ta’lim yo‘nalishi


________________________________________________________
fanidan
KURS ISHI


Mavzu: 8-sinf geometriyasida aylana bobini o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyasi.

Bajardi: ______________________


Qabul qildi: ___________________
__________2021
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………….3
I BOB: 8-sinf geometriyasida aylana bobini o’qitish………………………...6
1.1 8-sinf geometriyasida aylana mavzusi tushunchalari………………………...6
1.2 Aylana uzunligi formulasi…………………………………………………....8
II BOB: 8-sinf geometriyasida muammoli ta’lim texnologiyasi……………..12
2.1 Muammoli ta’lim texnologiyasi……………………………………………..12
2.2 Muammoli ta’limning mohiyati va vazifalari………………………………..14
Xulosa……………………………………………………………………………22
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………..23

ANNOTATSIYA.
Matematikaning bevosita va amaliy tatbiqlaridan tashqari yosh avlodni har taraflama rivojlangan yetuk kishilar qilib tarbiyalashda uning alohida o`rniga ega ekanligini ta’kidlash zarur. Tahliliy, mulohaza, mantiqiy mushohada, fazoviy tasavvur, abstract tafakkur inson faoliyatining barcha sohasi uchun zarur qobiliyatki, bular matematikani o`rganish jarayonidashakllanib, chuqurlashadi”
O`z.Res.FA akademigi M.S.Salohiddinov
Ta’lim berishning nazariyasi va amaliyotda o`quvchilarning bilim olish harakatlarini faollashtirish eng dolzarb muammolardan biri bo`lgan. Yangi asr o`qituvchisi ta’lim berish, tarbiyalay olish va ta’lim oluvchining bilimlarini xolisana baholay olish, qolaversa, nazorat qilish hamda ta’lim-tarbiyajarayoniga bo`lgan yangicha qarashlarni shakllantirishi xislatlariga ega bo`lishi kerak. U o`z faoliyatida qobiliyatli, zamonaviy, ilmiy va madaniy taraqqiyotning mohiyatini tushuna bilishi, dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini keng nuqtai-nazardan aniqlash, qolaversa, kompyuter va boshqa o`qitish texnik vositalaridan ta’lim jarayonida foydalana olishi lozim. Shuningdek, milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni mukammal egallashi, ma’naviy barkamol, diniy ilmlardan ham xabardor, e’tiqotli, fuqarolik va vatanparvarlik burchini his qilishi, asosiysi, milliy mafkura hamda bugungi iqtisodiy islohotlar mohiyatini to`la tushunib yetgan bo`lishi lozim.Kompetensiyaviy yondashishga asoslangan davlat ta’lim standarti bu yilgi o`uv yilidan kuchga kirib, ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.


Kirish
O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar respublikaning tavnaqini ta’minlaydigan istiqboldagi rejalarni amalga oshirishida muhim o`rin tutadi.
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustivor yo`nalishi belgilab olindi:

  1. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish.

  2. Qonun ustuvorligini ta’minlashva sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.

  3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish.

  4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

  5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat.

  1. yilga kelib davlatimizning barcha sohalarida yangi davr boshlandi, shu qatori

ta;lim sohasida ham yangi islohatlar kiritildi. 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o`rta ta’lim to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140 sonli qaror, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy o`rta ta’lim va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187-sonli qarori bilan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumta’lim fanlari bo`yicha “Davlat ta’lim standarti” tasdiqlandi. Davlat ta’lim standarti bu yilgi o`quv yilidan kuchga kirib, ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.Shu qatorida algebra fanida ham qator o`zgarishlar bo`ldi.
Bu mavzuning dolzarbligi shundaki, hozirgi XXI asrda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llashning yangi usul va vositalarini tez rivojlantirish, uning o`sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasida ijobiy tomonlari qanday ekanligini yoritib berish va o`quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning o`rni alohida ahamiyat kasb etilishini tushuntirishdan iborat.Kompetensiyalarni shakllantirishga yo`naltirilgan ta’lim- o`quvchilarning egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini o`z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo`llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga akslangan ta’lim o`quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lish, tashabbuskorlik, axborot komminikatsiya texnologiyalaridan o`z faoliyatida o`ilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog`lom raqobat hamda umummadaniy ko`nikmalarni shakllantiradi.Hozirgi yillarda egoism, bir-birini tushunmaslik, tanqidga chidamaslik xislatlari kattalar orasida o`zaro munosabatlarda salbiy rol o`ynaydi. Shunga ko`ra, juftlikda va guruhlarda ishlash, bahs-munozara o`tkazish, didaktik o`yinlar o`tkazish kabi usullardan foydalanib mashg`ulotlar tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi.
Matematikadan o`quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda katta qiyinchiliklar vujudga kelmaydi. Masalan: tayanch kompetensiyalardan biri “Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi” fanga oid kompetensiyalar bilan uyg`undir. Matematika ko`proq hisoblar, mantiqiy fikrlashni talab qilganligidan kommunikativ kompetensiyaning yozma nutqini rivojlantirish qismiga ko`proq e’tibor berilgan. Mashg`ulotlarda matematik atamalar konkursi, savol-javoblar, aqliy hujum kabi metodlar qo`llanilib kommunikativ kompetensiyalar shakllantirilgan. Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Inson o`z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o`z o`rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi, o`z sohasi, kasbi bo`yicha raqobatbardosh bo`lishi uchun zarur bo`lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo`lishi lozim. Bundan tashqari, ta’limda har bir o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida o`quvchilarda, shu fanning o`ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
O`zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo`naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o`qitiladigan umumta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida tayanch kompetensiyalar hamda har bir o`quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda xususiy kompetensiyalar belgilanadi.
Matematika faniga oid kompetensiyalar o`quvchining ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olishidir, hamda quyidagi elementlarni o`z ichiga olgan o`z-o`zini anglashidagi bilimlar yig`indisi hamdir. Jumladan, mantiqiy, metodologik, qiyoslash, idrok qilish, tadbiq etish, o`z-o`zini baholash faoliyati. Mazkur kompitentlilik doirasida o`quvchida faktlarni asosiylaridan ajrata olish va xulosa chiqarish malakasi shakllanadi.
O`zbekistоn Respublikasining “Ta’lim to`g`risida” gi Qоnuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da belgilangan asоsiy vazifalar ijrоsini ta’minlashning asоsiy yo`nalishlaridan biri axbоrоt-kоmmunikatsiоn ta’lim muhitida ta’lim berishni tashkil etish, bоshqarish, sifat va samaradоrligini оshirish mexanizmlarini yaratishdir. Axbоrоt-kоmmunikatsiya texnоlоgiyalari o`quv jarayonini jadallashtirish, o`qitish sur’atini оshirish va uni individuallashtirish, kasbiy faоliyatdagi vaziyatlarni mоdellashtirish, har bir ta’lim оluvchining faоl vaqtini оshirish va ta’limda ko`rgazmalilikni kuchaytirish hisоbiga оliy ta’lim оldiga qo`yilgan zamоnaviy masalalarni hal etishga imkоn beradi. Bularning barchasiga mоdellashtirish yo`li bilan bilish faоliyatini faоllashtirish, multimedia vоsitalari yordamida kasbiy faоliyatning tipik vaziyatlarni imitatsiyalash, оlingan bilimlarni yangi vaziyatlarda qo`llash, egallangan ko`nikma va malakalarni samarali mashq qilish, o`qitish natijalarini avtоmatik nazоrat qilish, ijоdiy va tanqidiy fikrlashni rivоjlantirish bilan erishish mumkin. Ta’limda axbоrоt texnоlоgiyalarini jоriy etishning zaruriyati, birinchidan, o`qituvchini o`quv jarayonining tashkilоtchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qоlayotganligi bo`lsa, ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivоjlanayotgan bоsqichida axbоrоtlarning keskin оrtib bоrayotganligi va ulardan o`qitish jarayonida fоydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, o`quvchilarni kasbiy faоliyatga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga zamоnaviy texnоlоgiyalarni jоriy etishni taqоzо etmоqda.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish