Kurs ishining metodologik asoslari va metodlari. Ishning metodologik asosini dialektikaning umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa, butun-bo’lak, imkoniyat-voqelik dialektikasini e‘tirof etuvchi ta‘limot tashkil etadi. Ana shu metodologiyaga tayangan holda ishda tavsiflash, komponent tahlil, oppozitsiya, o’rni bilan distributsiya usullaridan foydalanildi.
Asosiy qism
Metafora haqida umumiy tushuncha:
1.2. Metaforaning mohiyati
Metaforaga berilgan ta‘riflarga nazar tashlasak, ularni asosan uch guruhga ajratish mumkinligini ko’ramiz:
Metafora nom ko’chishning (deyarli) har qanday usuli (Arastu, E.Kassirer).
Metafora qisqargan o’xshatish (Potebnya va uning izdoshlari).
Metafora nom ko’chishning alohida bir turi (A.Vejbitskaya, N.D.Arutyunova va o’zbek tilshunoslari).
Metafora nom ko’chishi bilan bog’liq (ya‘ni nom ko’chish turlaridan biri yoki hammasi) ekanligini shu soha bilan shug’ullanganlardan hech biri rad etmaydi, biroq nom ko’chish turlarini noto’g’ri talqin etish yoki, yanada to’g’rirog’i, e‘tibordan chetda qoldirish natijasida metafora nom ko’chish bilan aloqador bo’lmagan hodisalar (simvol, metamorfoza, ...) ham qamrab olinadi. Nom ko’chish deganda, odatda so’zlarning o’zaro munosabati natijasida semantik qurilishning o’zgarishi, semantik vazifalarning o’z so’z birikmasi a‘zolari o’rtasida qayta taqsimoti, assotsiativ yoki sintagmatik qatorda munosabatda turuvchi til birliklarining o’zaro ta‘sirlashuvi natijasida so’z birikmasi unsurlaridan biriga yangi ma‘no berilishi tushuniladi. Demak, nom ko’chishi so’z birikmasi a‘zolaridan birining assotsiativ yoki sintagmatik munosabatlar natijasida yangi semantik qurilish kasb etish ekan.
Metaforaning turlari:
Metafora nihoyatda murakkab hodisa bo’lib, uning tasnifi bir necha xil belgiga ko’ra, bir necha xil bosqichda olib boriladi.
Metafora unsurlarining o’zaro munosabatiga ko’ra turlari. Bizga ma‘lumki, metafora uch unsur – tema, ifoda vositasi va qiyos uchun asosdan tuziladi. Masalan, ...Qishloqning bo’risi ham yuzboshi, tulkisi ham yuzboshi (A.Qahhor) gapida quyidagi metaforalar amal qiladi: ―yuzboshi - bo’ri‖, ―yuzboshi - tulki‖ metaforasida bo’ri va tulki so’zlarida, ―Bo’ri‖ so’zi shavqatsiz, ochko’z, yulg’ich ma‘nolarini ifodalaydi, ―tulki‖ – ifoda vositasi, ayyor, yulg’ich – tema. Shu o’rinda ta‘kidlab o’tish lozimki, metaforada nom ko’chish odatda miqdoran tenglik asosiga qurilavermaydi. Faqat mazmuniy tenglik zaruriy hisoblanadi. Shuningdek, bu tenglik ham nisbiy aniqlanadi. Ya‘ni metaforik qo’llangan bir so’z aynan bitta so’zning o’rnida kelgan deb bo’lmaydi. Yuqoridagi misolda qiyoslang: bo’ri – shavqatsiz, ochko’z...
Demak, bu yerda miqdoriy emas, mazmuniy tenglik nazarda tutiladi va bu tenglik ham nisbiydir. Chunki ―bo’ri‖ so’zida qiyoslash uchun asos bo’lgan semalar bilan mutanosib motivlar nutqiy sharoit talabiga ko’ra turlicha bo’la oladi: xarakter jihati, tabiiy jihatlar, tashqi ko’rinish va hokazo. Metaforaga xos bo’lgan ana shu xususiyat haqida fikr yuritib, Dj. Miller metafora yaratuvchi ―...aniq so’zlarni nazarda tutgan ham, tutmagan ham bo’lishi mumkin, ular ishlatilmagani tufayli biz buni hech qachon aniqlay olmaymiz...‖ deydi. Metafora unsurlarining bu xil munosabati yanada chuqurlashtirilishi mumkin. Ya‘ni temagina emas, ifoda vositasi ham konkret so’zlar bilan ifodalanmaydi: …―chiqdi - chiqdi‖ degan gap o’rmaladi (A.Qahhor).
O’rmalash gapga xos xususiyat emas, demak, bu yerda metafora bor. Ammo gap nima deb tasavvur qilinayapti? Konkret javob yo’q. Shugina ma‘lumki, u qandaydir o’rmalay oladigan jonzodga qiyoslanmoqda, ya‘ni metafora yaratuvchi o’z ifoda vositasini konkret aytmaydi, balki metafora qabul qiluvchini ―yo’llaydi‖. Metaforani oxirigacha yechish adresat ixtiyorida qoladi. Kelib chiqadiki, metafora unsurlari munosabatining mutanosiblik va konkterlik tabiatiga ko’ra ikki xil ekan:
Ifoda vositasi tema bilan mazmunan mutanosib va konkret ifodalangan (ya‘ni metaforaning asosiy unsurlari mavjud) – asos metafora.
Ifoda vositasi konkret ifodalanmaganligi sababli mazmuniy mutanosiblik ham qisman noaniqlashgan. Biroq uni aniqlashtirish uchun yo’llanma komponent mavjud – yo’llovchi metafora. Bu o’rinda shunga e‘tibor qaratish lozimki, yo’llovchi metaforaning murakkab lisoniy tabiati mutlaqo ularning keng tarqalishiga to’siq bo’lmaydi. Yo’llovchi metafora turlari bo’lmish jonlantirish yoki shaxslantirish haqida olib borilgan tadqiqotlar uning eng ko’p tarqalgan metafora turlaridan biri ekanligini ko’rsatadi.
Metaforaning sintagmatik qatordagi munosabat belgisiga ko’ra turlari. Metaforik qo’llangan so’z sintagmatik munosabatga kirishuvchi so’zni shartli ravishda metaforalanayotgan so’z deb ataymiz. Masalan, ...Ular mardikorlikka yuborilgan yurt – ―sovuq do’zax‖ deyishibdi... (A.Qahhor). Bu yerda metaforik so’z – sovuq do’zax (aniqrog’i, do’zax). Metaforalanayotgan so’z yurt. Metaforalanayotgan va metaforik so’z o’zaro sintagmatik munosabatda turadi. Ammo bu sintagmatik munosabat ikki xil bo’la oladi:
Tor – bir jumla doirasida: ...Valixon so’fi muloyim supurgi bo’lib ...(A.Qahhor).
Keng matn (kontekst) doirasida yoki sharoit (konsituatsiya) doirasida: Ayamning odam zavodida tuqqani og’izga tushib ketdi. (A.Qahhor). Odam zavodi (aniqrog’i, zavod) metafrik so’z bog’lanadigan so’z ―tug’ruqxona‖ (ancha keng matndan ma‘lum bo’ladi). Arslonim uyatga qolmasin deb, ikki savat uzum berib yuboruvdim (―Shu kunlar shiddati‖, 118-bet). ―Arslonim‖ sintagmatik bog’lanuvchi so’z ―er‖ situativ sintagma (agar shunday ta‘bir mumkin bo’lsa, assotsiativ sintagma) da munosabatda turuvchi metaforalarni shu sintagmatik munosabatlarning aniqligi hisobiga ―ochiq‖, keng sintagmatik munosabatda turuvchi metaforalarni esa ―yopiq‖ deb ataymiz.
Metaforaning nomlash jarayoni tabiatiga ko’ra turlari.Metaforani asosan poetik figura deb qarovchi tadqiqotchilar ham unda ekspressivlik belgisining muntazam emasligini tan olib kelganlar. Shunga ko’ra metaforaning ikki turi:
Ekspressiya mavjud bo’lmagan (o’lik tilga xos, nopoetik) metafora.
Ekspressiya mavjud (tirik, nutqiy, badiiy, poetik) bo’lgan metafora.
Turli olimlarning qarashlari jamlanganda, ularning hammasi ham yuqorida qayd etilgan holatni metaforaning ekspressiv, noekspressiv bo’la olishini nazarda tutganini ko’rsatadi.
Ekspressiv metaforalar keng holda (istiqlol yo’li, Turkiston – umumiy uyimiz), noekspressiv metafora shaxsiy bo’lib qolishi ham mumkin. (Bola choynak jo’mragini ―choynakning burni‖ deb atashi, xatto shu bola uchun ham bir martalik akt bo’lishi mumkin). Bu misollar bir martalik va ko’p martalilik belgisining ham muntazam emasligini ko’rsatadi. Ekspressivlik, metaforaning nome‘yoriyligi haqidagi qarashlar esa har qanday metafora asosida lisoniy me‘yorlar yotishini nazardan chetda qoldirish natijasidir.
O’zbek leksikologiyasi va uslubshunosligida ancha mukammal ishlanishi lozim bo’lgan masalalardan biri metaforadir. Predmetlar orasidagi umumiy o’xshashlikka asoslangan holda ma‘no ko’chirish metafora bo’lib, bunda asosiy (bosh) belgi narsa va hodisalar orasidagi qaysi bir tomon bilan o’xshashlikdir.
Metafora ancha murakkab ma‘no ko’chish hodisasi hisoblanib, ayni zamonda ham tilshunoslar, ham adabiyotshunoslar diqqatini o’ziga jalb etib keladi. Bu ma‘no ko’chishga tilshunoslar ko’p ma‘noli so’zlardagi semema va semalarning xarakterli xususiyatlarini ochish, ko’chma ma‘no hosil qiluvchi hodisalar tahlili nuqtai nazaridan yondoshsalar, adabiyotshunoslar esa polisemantik so’zlardagi tasvirning turli vositalar (o’xshatish, sifatlash, majoz istiora)ni yuzaga keltiruvchi omillar deb biladilar. Har ikkala yo’nalishda ham maqsad bitta, u ham bo’lsa, so’zning ko’p ma‘noligi va undagi uslubiy imkoniyatlarni o’rganishdir.
So’zning ko’p ma‘noliligini o’rganish, avvalo, leksik uslubiyat uchun muhim rol o’ynaydi. Chunki, bir so’zning o’zida turli xil ma‘noning bo’lishi uchun og’zaki va yozma nutqda qo’llashda uslubiy bo’yog’iga, ma‘nosiga e‘tibor berishni talab qiladi. Shu boisdan ma‘no ko’chish ham sinonimiya, omonimiya va boshqa leksik vositalar singari hazil, mutoyiba, kulgi va turli so’z o’yinlarini yuzaga keltiradi. Bunday paytlarda so’zning to’g’ri va ko’chma ma‘nosi to’qnashtiriladi, natijada kutilmagan yangi ma‘no hosil bo’ladi.
So’zlarning ana shu nozik ma‘no ottenkalari badiiy adabiyotda muhim tasviriy vosita sifatida keng qo’llanadi.
Leksema – tilning asosiy birligi. U bizni qurshab turgan olam unsurlarini nomlash uchun xizmat qiladi. Leksema faqat nomlash funksiyasi bilangina cheklanib qolmay, olam haqidagi bilimlarimizni kelajak avlodlarga yetkazish (kumulyativ vazifa), anglash (perseptiv), tinglovchiga ta‘sir etish (ekspressiv) – vazifasini ham bajaradi. Bu esa leksemaning naqadar ko’p qirrali hodisa ekanligini ko’rsatadi.
Leksema va tushuncha o’zaro dialektik munosabatda bo’lsa ham, lekin har bir yangi tushuncha alohida so’z bilan ifodalana bermaydi. Agar har bir tushunchaga yangi so’z qo’llay berganimizda edi, til o’zining kommunikativ funksiyasini xiralashtirgan, yo’qotish darajasiga olib borgan bo’lar edi. Tilning xarakterli xususiyati shundaki, u xotirada saqlash mumkin bo’lgan sanoqli birliklar bilan cheksiz tushunchalarni ifodalash imkoniyatiga ega. Shuning uchun ham yangi paydo bo’lgan tushunchalar, asosan, u yoki bu tilning amal qiladigan modellari asosida mavjud birliklar yordamida ifodalanadi. So’zni ko’chma ma‘noda qo’llash ham yangi tushunchani tilda mavjud birliklar yordamida ifodalashning bir yo’lidir.
Metafora asosida nom ko’chishi – narsa, belgi yoki harakatga xos atamaning (so’zning) o’zaro o’xshashligi bo’lgan boshqa belgi, narsa, harakat haqidagi tushuncha uchun ham qo’llanishi, shu tushunchaning ham nomiga o’tishi (aylanishi)dir.
Metafora asosida nom ko’chishi predmet, belgi, harakat, holatlarning keng ma‘nodagi oxshashligiga asoslanadi. Asos konkret, abstrakt bo’lishi mumkin. Metafora tuzilishiga ko’ra sodda va kengaygan, badiiy hamda lingvistik metaforalarga ajratiladi1. Lingvistik metafora ekspressiv bo’lmagan atama, badiiy metafora ekspressivdir. Ilmiy adabiyotlarda metaforani til va nutq hodisalari sifatida ikki turga ajratib ko’rsatadilar.
Ko’chma ma‘nolarni atroflicha tadqiq etgan M.Mirtojiyev metaforalarning denotat o’xshashligi belgisiga ko’ra uch guruhga bo’ladi2:
1) oddiy metafora; 2) personifikatsiya (jonli obyekt jonsiz obyektni o’ziga nomdosh qilib olishi); 3) sinesteziya (sezgi orqali xis etiladigan ikkinchi obyektni nomdosh qilib olishi). Bunda oddiy metafora belgilarga qarab oddiy qiyoslash, personifikatsiya – jonlantirish orqali qiyoslash, sinesteziyada esa subyektiv holatda qiyoslash o’xshatish uchun asos bo’ladi.
Metaforaga har doim funksional jihatdan qarash kerak. Bunda, bir tomondan, uning shoirga dilidagini ifodalashga, ikkinchi tomondan, she‘rxonga ularni his qilishga qanchalik yordam berayotganini diqqat markaziga qo’yish muhim. Zero, metafora ijodiy faoliyat mahsuli ekan, xuddi badiiy asar yoki obraz kabi ikkala tomonni, ijodkor va o’quvchini birdek nazarda tutishni taqozo etadi. Demak, metaforaning she‘riyatdagi o’rni va ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning she‘riy matnda bajarayotgan funksiyalarini ko’zdan kechirish zarurdir. Shulardan kelib chiqib, ishda metaforaning poeziyada bajaradigan funksiyalaridan ayrimlari A.Oripov she‘riyati misolida o’rganildi. Jumladan, ―Chuvaladi o’ylarim sensiz‖ she‘ri misolida metafora inson qalbidagi atash imkoni bo’lmagan holatlarni tasvirlab ko’rsatish, shoir uchun his-tuyg’uni ifodalash, she‘rxon uchun esa qayta his qilib ko’rishga imkon yaratishi ko’rsatildi. Poetik metafora – obraz, u lisoniy metafora kabi atashga emas, ifodalashga qaratilgandir. Zero, poetik metafora so’z yoki so’zlardan tarkib topuvchi matn bo’lgani holda, unda ifoda so’z (yoki so’z birikmasi, gap, matn) vositasida emas, balki uning yordamida yaratilgan obraz orqali amalga oshadi. She‘rdagi ―chuvalmoq‖ fe‘l-metaforasi lirik qahramon ruhiyatida kechib turgan noaniqlik (o’ylarining tagiga yetolmaslik, ziddiyatli o’ylar girdobida bir xas kabi chirpirak bo’lish) holatini aniq ifoda etadi. Metafora holatni atayotgani yo’q, jonli tasvirlamoqda. Agar metaforik ifodalash o’rniga holat atalganida, lirik holatni obrazli tasavvur qilish qiyin bo’lur edi. Ikkinchi tomondan, atash aniqlikni talab qiladi. Lirik holatni esa, birinchidan, aniq atashning imkoni yo’q, ikkinchidan, har qanday aniqlik holatni chegaralab qo’yadi. Natijada shoir uchun ifoda imkonlari, she‘rxon uchun tasavvur imkonlari cheklanib qoladi. Metafora esa, aksincha, ayni shu imkonlarni kengaytiradi. Shu jihati bilan metaforik ifoda ijod jarayoni uchun ham, o’qish jarayoni uchun ham birdek muhim ahamiyat kasb etadi.
Tilshunoslikning o’rganilish obyekti tabiati ikki ziddiyatli jihatlar munosabatida shakllanishi masalasi ancha qadimdan qo’yilib kelingan bo’lsa-da, bu qarashning sistemalashgan va nazariy asoslangan ifodasi XX asrda paydo bo’ldi va F.de Sossyur nomi bilan bog’lanadi.
Til ikki tarkibiy qism – lison va nutqni qamrab oladi.
Lison muayyan jamiyat a‘zolari uchun umumiy va tayyor qolip va sxemalar tizimi bo’lib, ijtimoiy-chekli hodisadir.
Nutq lisoniy xilma-xil yuzaga chiqish usullari bo’lgan shaxsiy, moddiy hodisadir. Har qanday tilga xos hodisa lisoniy va nutqiy jihatlarga ega bo’ladi. Nutqiy jihat kuzatish uchun qulay (o’ng’ay) va bevositadir. Ammo shu bilan birga o’zgaruvchan va hisobsiz hamdir. Uning ortida – asosida nisbatan turg’un va chegaralangan lisoniy hodisa yotadi. Tilshunoslik fanining tarixiga nazar tashlasak, unda til hodisalarining birinchi jihatini o’rganish an‘anasi kuchliroq ekanini ko’ramiz. Jumladan, metaforaning o’rganilishida ham. Uning ikkinchi jihati – lisoniy asosini o’rganish anchadan beri mavjud va dolzarbdir.
Har qanday hodisa – u xoh obyektiv, xoh subyektiv bo’lsin, tashqi kuzatish imkoni bo’lgan jihati ortida uning mohiyati yotadi va u ko’zdan yashirindir 3.
O’tgan davr mobaynida metaforaga ko’plab ta‘riflar berilgan bo’lib, shu soha bilan shug’ullanganlarning hammasi, albatta, Arastu ta‘rifini bir eslab o’tadilar, shu bilan birga, bu ta‘rifda muayyan chalkashliklar borligini qayd etadilar.
Metafora asosida o’xshashlik turishi masalasida shu soha bilan shug’ullanayotganlarning hammasi deyarli hamfikr. Ammo ana shu o’xshatishning metaforadagi o’rni va mustaqil ko’rinishi borasida fikrlar ajralib ketadi.
―Metafora qisqargan o’xshatishdir‖ (A.Potebnya). Ya‘ni o’xshatishga xos bo’lgan ―kabi‖, ―xuddi‖, ―aynan‖, ―o’xshamoq‖ va hokazo so’zlar tushirilsa, metafora yuzaga keladi:
U gul kabi go’zal va nafis edi // U go’zal va nafis edi.
Demak metafora va o’xshatish orasidagi munosabatga qarash ikki xil ekan:
Metafora – qisqargan o’xshatish, ya‘ni ular orasida farq tashqi shakllanishidadir.
Metafora va o’xshatish o’zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan farq qiladi.
Arastuning bu atamani (epifora) metafora atamasi o’rnida qo’llaganligini muallifning o’zi ham ta‘kidlaydi. Diafora umuman ko’chim emas, ko’proq simvol yoki undan ham kengroq bo’lgan badiiy tasvir vositasini eslatadi. Albatta, diaforaning ham lisoniy asoslari mavjudligi shubhasiz. Biroq bu asoslar metaforanikidan tubdan farq qiladi. Diaforada ... ―tushunchalar birlashishi o’xshashlikka emas, xissiy mutanosiblikka asoslanadi‖.
O’zbek tilida metafora leksik ma‘no taraqqiyot yo’llaridan biri sifatida qaraladi va ko’chimning o’xshashlikka asoslangan turi sifatida baholanadi. Sh. Rahmatullaev metafora ko’chimining boshqa turlari bilan sinkretik ishlatila olish imkoniyatiga e‘tibor qaratadi: metaforik-funksionallik, metaforik-metonimiya, metaforik-sinekdoxa va hokazo. Samolyotning qanoti metaforik birikmasida qush qanotiga nafaqat vazifa, balki shaklan ham o’xshaydi.
Shuning uchun bu kabi holatlarni funksional-metaforik ko’chirish desa bo’ladi4. O’zbek tilshunosligida komponent-semik tahlilga e‘tibor rivojlana boshlagach, metafora tabiatini o’rganishga ana shu tahlil usullarini tadbiq etishga intilishlar yuzaga kela boshladi. Shu xil yo’nalish namoyondalaridan biri Z.Tohirov metaforani leksema sememasining pragmatik semasi sifatida baholaydi. Shuningdek, metafora va o’xshatish orasidagi farqni (uslubda) shakldagina ko’radi5.
Har qanday badiiy vositalar lisoniy vositalar yordamida moddiylashadi. Shuning uchun ham metaforani lingvistik nuqtai nazardan o’rganish zarurdir. Ayniqsa, metaforaga ham boshqa lingvistik hodisalar kabi sistemaviy yondashish, uning sistemaviy tabiatini ochish muhim vazifa sanaladi.
Binobarin, metaforik munosabat ma`lum sharoitda, ma`lum voqea-hodisani "tasvir etishda ikki predmet yoki hodisa o`rtasidagi umumiylikka‖ asoslangan holda belgilanadi. Ular o`rtasidagi umumiy ko`rinishlar, hislatlar biridan ikkinchisiga ko`chiriladi. Bunda asosan obrazli tushunchalar yuzaga keladi. Masalan: Arslonov xafa edi!... Uning xayolida allaqanday ko`kish toshlar qalashib yotgan. Ko`ktoshda bir vulqon portlashga hozirlanayapti-yu, oldi olinmasa, dahshat yuz beradigandek!... (Sh.Xolmirzayev.«Qil ko`prik», 32-bet). Shahar osmonida aylangan qora bulutlar tarqab, baayni quyosh chiqadi. Qon, dahshat isi kelib turgan shaharda to`y-tomosha boshlanib ketadi. («Qil ko`prik», 57-bet). Ushbu matnlarda vulqon, qora bulut, quyosh kabi so`z va so`z birikmalari metaforik munosabatni ifodalash uchun xizmat qilgan. Aslida, urush va tinchlik ma`nolari ifoda etilgan hamda fikrga badiiy tus berilgan. Badiiy nutqqa esa obrazlilik va o`ta kuchli emotsiya ifodasi o`z ta`sirini ko`rsatgan.
Yovvoyi qushlar, uy parrandalari nomlarini anglatuvchi ko`pgina leksema-lar ham metaforik ma`noni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko`pgina holatlarda qushlarga xos ba`zi bir salbiy xatti-harakatlardagi ma`no ifodalashda metaforik munosabat yuzaga keladi. Bunday holatda ma`noda ekspressiv-emotsionalik yanada kuchayadi hamda badiiy ta`sirchanlik oshib boradi. Bunday qo`llashishlar ham yozuvchi ijodi uchun xarakterli bo`lib, buni quyida berilgan matn orqali ham anglab yetish mumkin:
- Chiq. - Qayum kameraga ko`z solib, iziga qaytdi. - Yerda yotibsan. Senga ko`rpacha solib bergan, edim... E, qurib ket! Sig`sa ichingda! O`zing tuppa-tuzuk yigitsan!... E! Xamrohing qarg`a bo`lsa, yeganing axlat bo`ladi... (Sh.Xolmirzayev."Og`ir tosh ko`chsa", 134-bet). Keltirilgan matnda qarg`a so`zi semantikasida salbiy ma`no ifodasi mavjud bo`lib, hamrohining yomon ekanligiga ishora qilingan. Demak, bu o`rinda qahramonning tinglovchiga munosabatining salbiyligi ushbu metafora orqali ochilgan. Ayni paytda, so`zlovchining bu holatdan achinayotganligi, hamrohining o`ziga ham yomonlik olib kelayotganligini ta`kidlash ishorasi bor.
Metafora masalasi antik davrlardan boshlab o’rganib kelinadi. Xususan, Arastu metafora so’zini keng ma‘noda, umuman, ko’chma ma‘noli so’z ma‘nosida qo’llagan. ―Ritorika‖da faylasuf bu fikrni aniq ifodalaydi: ―Metaforaning to’rtta turi ichida analogiyaga asoslanganlari alohida e‘tiborga molik‖6. U metaforaning poeziyadagi o’rniga maxsus to’xtalmasa-da, poeziya tili haqidagi mulohazalaridan buni bilib olish qiyin emas. Arastu fikricha, poeziya tili o’ziga xos so’z qo’llashni taqozo etadi, toki tanlangan so’zlar, bir tomondan, aniqlikni, ikkinchi tomondan, kundalik nutqdan farqlanib turishini ta‘min etsin. Agar umumiste‘moldagi so’zlar poeziya tilining aniqligini ta‘minlasa, ―glossalar, metaforalar, bezaklar... oliyjanob va ulug’vor‖ etadi, kundalik nutqdan farqlaydi. Yana ―metafora yuksak darajada aniqlik, yoqimlilik va oxorlilik jozibasiga ega‖, undan o’rinli va bilib foydalanish nutqni bezaydi. Ya‘ni, Arastu o’zi aytmoqchi ―noodatiy so’zlar‖ni, jumladan, metaforalarni poeziya„ tilining belgilovchi xususiyati deb hisoblaydi va ularga g’oyat katta ahamiyat beradi.
Arastu metaforaning ahamiyatini tushuntirarkan, ―bizga qandaydir bilim beradigan so’zlar yoqimli‖ deydi, chunki metafora ikkita narsani o’xshatish orqali ―turga xos tushuncha yordamida bilim beradi va ma‘lumotlar yetkazadi‖. Ya‘ni Arastu metaforaning badiiy tafakkur unsuri ekaniga diqqat qiladi. Shuningdek, ishda hozirda ham ommalashgan ―metafora – siqiq o’xshatish‖ degan qarash Arastudan
boshlangani ko’rsatildi. Biroq Arastu fikricha, tashbeh kamroq yoqadi, chunki u uzunroq (ya‘ni ko’p so’z bilan ifodalanadi) va ―mana bu – o’sha‖ deya tasdiqlamaydi; ikkita obyekt ochiq o’xshatilganidan ko’ra yashirin o’xshatishning estetik samarasi kuchliroqdir.
Sharq mumtoz adabiyotshunosligida ham metafora – istiora talqini shunga o’xshash yo’lni bosib o’tgan. Jumladan, Rashididdin Vatvot har qanday ko’chimni istiora hisoblasa, Qays Roziy ko’chimning o’xshashlik asosidagi turinigina istiora sanagan. Shuningdek, Sharqda ham tashbeh va istiora orasidagi yaqinlikka e‘tibor qaratilgan. Jumladan, A.Husayniy tashbehi kinoya bilan istiora orasida farq yo’q deydi, biroq istiora bilan tashbeh bir narsa demaydi. Uning fikricha, majoz turi sifatida istiora haqiqat emas, lekin ―fasohatu balog’at arbobi qoshinda haqiqattin yaxshiroqdir‖.
Metafora obrazli tafakkur natijasi bo’lib yaraladi va, garchi, umuman, til hodisasi bo’lsa ham, bu xususiyatini til estetik funksiya bajaruvchi poetik nutqdagina to’la namoyon etadi. Zero, metafora narsa-hodisani shunchaki atab qo’ymaydi, balki uni boshqa narsa-hodisaga qiyosan tavsiflaydi, ongimizda atalayotgan narsa haqidagi jonli tasavvur – obraz yaratadi. Bu obraz poetik nutqdagina aslicha, ya‘ni obraz sifatida qabul qilinadi, nutqning boshqa ko’rinishlari doirasida esa tushuncha sifatida qabul qilinadi. San‘at, xususan, poeziya obrazli tafakkur qilish va obrazli ifodadir. Shunga ko’ra, metaforani faqat nutq bezagi emas, balki badiiy tafakkur mexanizmi sifatida tushunilsa, to’g’ri bo’ladi. Chunki metafora shoirga o’z ichki olamini (tashqi olamga qiyosan) va tashqi olamni (ichki olamiga qiyosan) anglashga yordam beruvchi tengi yo’q vositadir.
Hozirda badiiy adabiyotdagi metafora ma‘no ko’lamini ham benihoya kengaytirgan: o’xshashlik asosida ko’chma ma‘noda qo’llangan birgina so’zni ham, matnning bir bo’lagi (misra, band; jumla, abzats)da ifodalanuvchi obrazni ham, ba‘zan esa butun boshli asarni to’laligicha ham metafora deb atayveramiz. To’g’ri, keyingi ikki holni ba‘zan ―yoyiq metafora‖ yoki ―metaforik obraz‖ deb aniqlashtiramiz, lekin ko’proq qisqa qilib ―metafora‖ deymiz. Ya‘ni, agar avvaliga metafora terminida ma‘no torayishi (umuman ko’chma ma‘nodagi so’z – o’xshashlik asosidagi ko’chma ma‘noli so’z) yuz bergan bo’lsa, yangi davrdan boshlab unda ma‘no kengayishi jarayoni kuzatiladi. Natijada, endi metaforani juda keng, ya‘ni poeziyada (umuman san‘atda)gi bir narsa-hodisa mohiyatini ikkinchi bir narsa-hodisa orqali ochish deb tushunila boshlandi.
Komponent tahlil nazariyasisiz metaforaga yondoshish metaforani sof nutqiy tasodifiy hodisa sifatida ko’rsatadi. Biroq nutqiy hodisalarning hammasida ham lisoniy asoslar mavjud va mana shu asoslarni biz komponent tahlil etish natijasida qo’lga kiritamiz. Metaforik ma‘no nutqiy hosila bo’lsa-da, u lisoniy imkoniyat va qonuniyatlarga tayanadi.
Lisoniy imkoniyatlar nutqiy hodisalar uchun sabab, mohiyat, umumiylik vazifasini o’taydi. Sababsiz natija, mohiyatsiz hodisa, umumiyliksiz xususiylik bo’lmaganidek, lisoniy asossiz nutqiy hodisa ham bo’lmaydi.
Ma‘noviy qurilishda bu semalarning, asosan ifoda semalarining bo’rttirilishi darajasiga ko’ra so’zlar ichki ifodali (ingred konnotatsiyali) so’zlarga, (chunonchi, qiblagoh, padar, volida, tashrif buyurmoq) va mo’tadil ifodali (atrend konnotatsiyali) so’zlarga (ota-ona, kelmoq, qizil, yetim) bo’linadi. Ichki ifodali so’zlarda uslubiy bo’yoq so’zning ma‘noviy tarkibida bo’ladi. Mo’tadil ifodali so’zlarda uslubiy bo’yoq mo‘tadil befarq bo’ladi va nutqda ko’chma okkazional qo’llanishda hosil bo’lishi mumkin. Shuning uchun ichki ifodali so’zdan nominativ semalar ajratilsa, ichki lisoniy uslubiy ma‘no qoladi. Chunonchi, ―tashrif buyurmoq‖ ‘ yuqori uslub, ―Qiblagoh‖ – ota = kotarinki, badiiy uslub, yuksak hurmat. So’zlarning ma‘noviy tuzilishini har taraflama o’rganish shuni ko’rsatadiki, leksemaning ma‘noviy tarkibi atash va ifodalash semalari bilan cheklanmaydi. Leksemalarda, ayniqsa, jamiyat a‘zolari orasida keng qo’llanadigan, muhim ahamiyat kasb etadigan narsa, buyum, belgi, harakat, holatlarni ifodalovchi leksemalarda atash va ifoda semalaridan tashqari qo’shimcha yoki ijtimoiy shartlangan semalar ham mavjud. Bu semalar ma‘lum bir narsa – buyum, belgi – xususiyat, harakat – holat shu jamiyat a‘zolari orasida qanday yodosh (assotsiativ) qoshimcha ma‘lumotlarga aloqadorligi bilan bog’lanadi. Chunonchi, o’zbek tilida ―qoy‖ – mo‘tadil ifodali soz bolib, uy hayvonlarining bir turini atab, nomlab keladi. Lekin shu bilan birga, bu sozda yuvoshlik gollik, semalari ham mavjudki, bular qo’shimcha ijtimoiy shartlangan semalar sifatida qaralishi kerak. Yoki sariq rang – ozbeklarda xastalik, zaiflik, ayriliq belgisi. Metaforik ma‘no denotativ ma‘no semalari va qoshimcha ma‘no semalari asosida yaratiladi. Qoshimcha ma‘no hosil qilish qonuniyati va usuli birdan amal qiladi. Ma‘lumki, sozning ma‘nosi nutqiy hosilalar – soz birikmalari va gaplar tarkibida voqelanadi. Shunga kora, togri (uzual) qollanishda leksemaning bizning ongimizdagi ma‘noviy qurilishi nutqiy voqelanishidagi ma‘nosiga semalar jihatidan mutanosib boladi.
Chunonchi, oltin – nodir ma‘dan, oltin soat, oltin uzuk.
1-misolida oltin va ma‘dan giponimik (tur-jins) material buyum munosabatlari bilan bog’langan.
2-3 misollarda sozlarning ozaro aloqaga kirishuvchi o’zbek tili uchun me‘yoriy sintagmatik holatdir. Chunki soz birikmalarida sozlarning me‘yoriy sintagmatik munosabatlarga kirishi uchun har ikkala bog’lanadigan soz orasida oxshash va bir-birini talab etuvchi semalar bolishi shart va zarur. Masalan, shirin qovun, shirin tatiladigan ma‘lum predmetda mujassam bolishni talab qilganidek, qovun ham ta‘m-maza aniqlovchilari bilan aniqlanishi talab qiladi va bunday birikish me‘yoriydir.
Bunday birikishda har ikkala soz nutqiy ma‘nolari lisoniy denotativ va konnotativ ma‘nolarga juda yaqin turadi. Agar o’zaro birikkan sozlar tarkibida bir-birini rad etuvchi semalar bolsa, sozlardan har ikkalasi ham lisoniy ma‘no tarkibidagi semalarni chetlashtiradi va chetlashgan semalarning orni kuchli konnotatsiya bilan toldiriladi: oltin bosh, oltin qol.
Material – buyum soz birikmalari tipida qurilgan bunday soz birikmalarida buyumning denotativ ma‘nodagi materiali bilan aniqlovchi atab kelgan material mos kelmaydi. Natijada
―oltin‖ sozidagi ma‘dan semasi chetlashtiriladi. ―Qol‖ aniqlanmishi ma‘dandan kelib chiquvchi – yumshoq, sargish attributlarini chetlashtiradi. ―Oltin soch‖ birikmasida, aksincha, naq shu ma‘no kuchaytiriladi. Oltin sozida ma‘dan va uning belgilari kabi denotativ semalar chetlashtirilgach, kamyoblik denotativ semasi va qadrli-qimmatlilik kabi semalar kuchaytiriladi. Yuqoridagilarni jamlab aytish mumkinki, metaforaning yuzaga kelishi quyidagi unsurlarni talab qiladi:
Obyektiv yoki subyektiv borliqdagi narsalar orasida (keng ma‘noda) o’xshashlik.
Shu oxshashlikning lisoniy aksi bolgan mutanosib semalar.
Narsalardan birining nomi nutqiy sharoit uchun yo’qligi.
Ana shu unsurlar ta‘minlaganda, nomning metaforik ko’chishi yuzaga keladi. Demak, ―Metafora – obyektiv (yoki subyektiv) borliqdagi oxshashlikning lisoniy aksi bolmish mutanosib semalar asosida bir narsa nomining ikkinchi bir narsa nomi ornida qollanishi‖. Metaforani nom ko’chishining boshqa usullaridan farqlovchi ―obyektiv va subyektiv oxshashlik‖ ka asoslanish belgisi bir qarashda juda yaqqoldek tuyulsa-da, uning nazar mohiyatiga nazar tashlash bu ancha murakkab hodisa ekanligini ko’rsatadi. Bu ikki omil bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |