3. O‘tayangi yulduzlar metodi. Bu ham oldingi usulga juda o‘xshash. O‘tayangi yulduz portlashida uning maksimumga erishgan ravshanligi kuzatuvdan ma’lum. Nisbatan tez o‘z holiga qaytib keluvchi o‘tayangilar uchun o‘rta hisobda M=-18.9m, sekin o‘z holiga keluvchilari uchun M= -17.5m. Qolgan hisob-kitob xuddi yuqoridek olib boriladi. Bu usul 1 Mpk masofagacha o‘rinli.
4. Ob’ektlarni o‘xshatish metodi. Galaktikamizdagi va o‘rganilaetgan boshqa galaktikalardagi ayrim ob’ektlarning absolyut yulduz kattaliklari deyarli bir xil deb olish mumkin. Masalan, yulduzlarning sharsimon to‘dalari uchun absolyut yulduziy kattalikning o‘rtacha qiymati (ayniqsa spiral galaktikalarda) xuddi bizning Galaktikamizdagi shunday to‘dalar uchun ma’lum qiymat bilan o‘xshash deb qarash mumkin. Bunday mezon eng ravshan yulduzlar uchun ham qo‘llanishi o‘rinli.
Do'stlaringiz bilan baham: |