Universiteti b iologiya fakulteti mustaqil ish



Download 0,75 Mb.
bet4/8
Sana14.01.2022
Hajmi0,75 Mb.
#360432
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
urug va meva

Mevalar. Meva yopiq urug’li o’simliklar uchun xos bo’lgan generativ a’zo hisoblanib, gulda urug’lanish jarayonidan so’ng uruhchi tugunchasi va gulning boshqa a’zolari ishtirokida rivojlanadi. Agarda gulda bir necha urug’chi bo’lsa, ular urug’langanidan so’ng ayrim mevalardan tashkil topgan to’pmeva rivojlanadi.

Mevalar shakli, ichki tuzilishi va gistologik xarakteriga ko’ra nihoyatda xilma – xildir. Mevanining po’sti yoki meva yonligi perikarp deb atalib, uni shartli ravishda uchta qavati ajratiladi: ichki endokarp, o’rta mezokarp va tashqi ekzokarp. Ushbu qavatlar barcha mevalarda bir xil darajada rivojlanmagan.

Aytib o’tganimizdek, meva urug’chining tugunchasidan hosil bo’ladi. Ayrim hollarda esa meva hosil bo’lishida ustuncha, juda kam hollarda – og’izcha ishtirok etadi. Agarda meva hosil bo’lishida mevachidan tashqari urug’ning boshqa qismlari, ko’p hollarda gulo’rni ishtirok etsa, meva soxta meva deyiladi.

Mevalar turli xil shakl va o’lchamlarda, meva qati esa turli tarkibda bo’ladi. Ho’l mevalarda meva qati 3 qismdan: tashqi –ekzokarp, u odatda pishiq va mustahkam, o’rta – mezokarp, go’shtdor va yaxshi rivojlangan, hamda ichki – endokarpdan iborat. Ichki qavati turli tarkibda, ayrim o’simliklarda, masalan gilos, olchada u qattiq bo’ladi. Meva qati quruq mevalarda ko’zga tashlanmaydi.

Meva hosil qilishida qatnashgan urug’chining soniga qarab mevalar oddiy va murakkab mevalarga bo’linadi. Agarda gulda bitta urug’chi bo’lsa, bu urug’chidan hosil bo’lgan meva oddiy, gulda bir nechta urug’chi bo’lib, bu urug’chidan hosil bo’lgan meva murakkab meva deyiladi.

Agarda meva bir nechta guldan yoki to’pguldan hosil bo’lsa to’p meva deyiladi. Masalan, anjir va tutning mevasi to’p mevaga misol bo’ladi.

Aytib o’tilgan xususiyatlarga asoslanib, mevalar klassifikatsiyalangan. Morfologik xususiyatlariga qarab, bu sun’iy sistema avvalo mevalar quruq va ho’l mevalarga bo’linadi.

Quruq mevalar esa ochiladigan ko’p urug’li -ko’sak-simon va ochilmaydigan bir urug’li – yong’oqsimon bo’ladi.

Ko’saksimon mevalar quyidagi tiplarga bo’linadi:

Barg meva – bitta meva bargchasining birikib o’sishidan hosil bo’lgan bir uyali, ko’p urug’li, bir tomonlama ochiladigan quruq meva. Bunga ayiqtovon-doshlar vakillari misol bo’ladi.

Dukkak – bitta meva bargchasining birikib o’sishidan hosil bo’lgan bir uyali, bir, ikki yoki ko’p urug’li, ikki tomonlama ochiladigan mevalar. Dukkak-doshlar oilasining vakillari bunga misol bo’ladi.

Qo’zoq va qo’zoqcha meva – ikkita meva bargchasi-ning birikib o’sishidan hosil bo’lgan, ikki uyali, ko’p urug’li meva hisoblanadi. Urug’lari soxta pardaga o’rnash-gan, ikki tomonlama ochiladigan quruq meva. Bularga karamdoshlar vakillari misol bo’ladi.

Ko’sak meva – ikki yoki bir nechta meva barglari-ning birikib o’sishidan hosil bo’lgan ko’p urug’li quruq meva, bangidevona, mingdevona, g’o’za mevasi bunga kiradi (30- rasm).

rasm. Ko’saksimon mevalar.

A-barg meva, B-to’p barg, V-dukkak, G- qo’zoq,

D-bo’lingan qo’zoq, YE- qo’zoqcha, J-I-ko’sak.

rasm. Yong’oqsimon mevalar.

A-yong’oq, B-yong’oqcha, V-don, G-jelud, D-qanotcha,

YE-bo’lingan qanotcha, J-pista, Z-I-to’p yong’okcha.
Yong’oqsimon mavalarga esa:

Yong’oq va yong’oqcha – meva qati qattiq yog’ochlangan, bir urug’li ochilmaydigan quruq meva. Yong’oqda odatdagi yong’oqlar, yong’oqchaga kanopning yong’og’i misol bo’ladi.

Don – ikkita meva bargchasining birikib o’sishi-dan hosil bo’lgan, ochilmaydigan quruq meva. Masalan arpa, bug’doy, sholi va boshqalar.

Qanotcha – meva yonligi terisimon, ekzokarp qavati yaxshi rivojlangan bo’lib, pardasimon qanotcha hosil qilgan. Qayrag’och, shumtol, zarang mevasi bunga misol bo’ladi.

Jelud – meva qati yong’oqnikiga qaraganda yumshoq, asosida piyolachaga o’xshash o’rami bor.

Pista – meva qati terisimon, spermoderma bilan yopishmagan.

Ho’l mevalar esa quyidagi tiplarga bo’linadi.



Rezavor meva – o’rsuv, ko’p urug’li ho’l meva. Uzum, ituzum, kartoshkaning mevasi rezavor meva hisoblanadi.

Danak meva – bitta meva bargchasining birikib o’sishidan hosil bo’lgan ho’l meva. Meva qati 3 qatlamdan iboratligi aniq ko’rinadi. Shaftoli, gilos, o’rik, mevalari bunga misol bo’ladi.

Qovoq meva – hosil bo’lishida gulo’rni ishtirok etgan ko’purug’li soxta meva: ekzokarp qavati qattiq, mezokarp va endokarp o’rsuv. Tarvuz, oshqovoq mevalari bunga kiradi.

Mevalar tabiiy sistemaga ko’ra ularning qanday ginetseydan hosil bo’lganligiga qarab klassifikatsiya-lanadi. YA’ni, mevalar apokarp, sinkarp, parakarp va lizikarp guruhlarga bo’linadi.




Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish