Tabiiy resurslar esa tabiiy sharoitning bir turi sifatida namoyon boladi. Demak,
«tabiiy sharoit» inson hayotini va faoliyatini belgilab beruvchi, lekin ishlab chiqarishda
bevosita ishtirok etmaydigan tabiat elementlaridir. Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar
majmuasi jamiyat taraqqiyotining tabiiy-moddiy omillari hisoblanadi.
Tabiiy resurslarning tarkibi va turlari vaqt davomida o’zgaruvchan bo’lib,
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganlik darajasi hamda fan-texnika
taraqqiyotiga bevosita bog’liqdir. Tabiat elementlari u yoki bu turining tabiiy
resurslar qatoriga o’tishi fan va texnika imkoniyatlari, iqtisodiy zaruriyat hamda
ulardan jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanish orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |