Olmosning asosiy konlari Kimberli, Postmasburg, Pretoriya atroflarida
joylashgan. Yillik qazib olish hajmi 9-10 mln. karatdir. Ko’mir sanoati
mamlakatdagi energetikaning asosini tashkil etadi. Bir yilda o’rtacha 210-230
mln. t kmir qazib olinadi. Temir rudasi qazib olish hajmi esa 25 mln. t,
marganetsniki 4,5 mln. t. ni tashkil etadi.
JARda har yili 8 mln. t cho’yan, 9 mln. t po’lat eritiladi.
Mashinasozlik sanoati asosan tog’-kon dastgohlari, transport va qishloq
xjaligi mashinasozligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Kimyo sanoati tog’-kon sanoatining mantiqiy davomi hisoblanib, ko’mirni
qayta ishlash bobida dunyodagi eng katta tajribaga ega mamlakatlardan biridir.
JAR yengil sanoat tarmog’i mamlakat ehtiyojlarini qoplay olmasa-da,
tqimachilik sanoati yaxshi taraqqiy etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |