ID-karta blankasiga qanday ma'lumotlar kiritiladi?
a) hujjatning nomi;
b) ID-kartaning raqami;
v) ID-karta egasining:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
tug'ilgan sanasi;
fuqaroligi;
tug'ilgan joyi;
jinsi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
g) ID-kartaning:
berilgan sanasi;
kim tomonidan berilgani;
amal qilish muddati tugaydigan sana;
d) ID-karta egasining raqamli surati.
ID-kartada uning egasining imzosi bo'lishi shart (16 yoshga etganidan keyin).
Vazirlik va idoralarning avtomatlashtirilgan tizimlari orqali ID-karta egasining roziligi bilan davlat xizmatlarini ko'rsatishda ID-kartaga kiritilgan ma'lumotlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |