Millat ko‘rsatilmaydi
ID-karta blankasida fuqaro millati haqidagi yozuv bo‘lmaydi.
Amaldagi biometrik pasportdan farqli ravishda 2021 yil 1 sentyabrdan joriy etiladigan ID-kartalarning yuza qismida fuqaroning millati ko‘rsatilmaydi. Bu xalqaro talabga ko‘ra, millatchilikka qarshi qo‘llangan yondashuv hisoblanadi.Ushbu ma’lumot ID-karta chipida saqlanadi. Mazkur ID-karta xalqaro talablarga moslab ishlab chiqildi.
Chipga ID-karta egasining quyidagi ma’lumotlari kiritiladi:
biografik ma’lumotlari;
millati;
raqamli surati;
qo‘l barmoqlarining izlari – 16 yoshga yetganidan keyin;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati – 16 yoshga yetganidan keyin.
Qonun hujjatlariga muvofiq chipga boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ID-kartaning amal qilish muddati davomida haqiqiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |