Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/82
Sana19.12.2022
Hajmi4,52 Mb.
#891113
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Bog'liq
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.

Teosofiya 
- (yun. theos - Xudo va sophia - donishmandlik, bilish)
- falsafiy ta’limot. Teosofiya ta’limotiga ko‘ra, barcha tirik 
mavjudotlaming hayoti ulaming tanasini boshqarib tumvchi ilohiy 
jon, ruhning faoliyati bilan bog'liq. Inson o‘zining yuksak zakovati 
yordamida aslida 
0
‘zining ilohiy jon ekanini, shu jon bilan tabiati bir 
bo'lgan Xudoning tabiatini anglab etish imkoniyatiga ega bo'lgan. 
Xudo - o‘zining quw ati bilan butun borliqda mavjud bo‘lgan eng 
kichik tirik zarrasaning ham, eng katta tirik mayjudotning ham ichida 
alohida mavjud bo‘la oladigan, ayni paytda butun borliqni nazorat 
qilib boshqarib turadigan, cheksiz qudratga ega bo‘lgan Oliy Ruhdir. 
Jon esa, Xudo quwatining ajralmas bo‘lagi hisoblangan ruhdir. 
Alohida ruhning mavjud emasligiga qarab, bOrliq tirik yoki o‘lik, jonli 
yoki jonsiz mavjudotlarga bo‘linadi. Teosofiya ilmiga asosan, Xudo -
yagona mutlaq manba; uning tabiati uch turli ko‘rinishda namoyon 
bo‘ladi: butun borliq Xudoning ichki va tashqi quwatidan tarkib 
topgan; Butun olamni ana shu ikki quwatdan tarkib topgan ikki 
olamga bo‘lish mumkin: ruhiy va moddiy olam. Xudoning ichki
65


quw ati oliy, ruhiy quvvat, tashqi quvvati esa, quyi moddiy quw ati 
hisoblanadi. Ruhiy qu w at moddiy quwatidan ustun va uni boshqarib 
turadi. Ruh o‘z xohishi bilan ruhiy olamda, yoki moddiy olamda 
yashash mumkin. Ruhlaming moddiy olamni boshqarish faoliyati 
aralash quvvat, ya’ni ruhning moddiy hayotidir. Ruhning moddiy 
olamdagi, bir tanadan ikkinchi tanaga o‘tib, rivojlanish faoliyati 
ruhning evolyusiyasi, deb ataladi. Inson tirik mavjudotlar ichida 
rivojlangan ongga ega, shu sababli ruh va moddaning bir biridan 
farqini anglab etishga qodir mavjudot. Insonni boshqa tirik 
mavjudotlardan ajratib turuvchi yagona xislati o‘zining ruh ekanini 
anglab etishi va hayotda ana shu ilmi asosida yashay olish qobiliyatiga 
egaligidan iborat. Insoniyat tarixida faqat insonlar jamiyatidagina 
mavjud bo‘lgan turli diniy-fal-iy ta’limotlar zamon, makon va 
sharoitga mos ravishda asosan ana shu yagona ta’limot, ruh va 
tananing bir-biridan farq qilishini o‘rganadi.
Xudo - diniy sig‘inish va e’tiqod qilishning ob’ekti sifatida 
namoyon bo‘ladigan 
buyuk 
qudrat, 
azaliylik 
va 
abadiylik, 
yaratuvchanlikning timsoli. Xudo turli ta’limotlarda turlicha talqin 
etilgan. Xususan SHarqda keng tarqalgan panteizm (vujudiyun)da 
Xudo tabiat (borliq)ning o‘zida Xudo va tabiat bir butunlikni tashkil 
etadi, deyiladi.
Qadimgi zardushtiylik dinida ikki Xudo obrazi: yorug‘lik Xudosi 
(marhamatli Xudo) Ahuramazda va qorong‘ilik Xudosi (shafqatiz, 
yovuz Xudo) Anhramanu (Ahriman) bir-biriga qarama-qarshi 
qo‘yilgan. Qadimgi SHarq dinlarida va b. politeistik dinlarda Xudolar 
juda ko‘p bo‘lib, ulardan biri eng asosiy, eng qudratli hisoblangan 
(mas., qadimgi bobilliklarda Marduk, yunonlarda Zevs, slavyanlarda 
Perun), Monoteistik dinlarda, xususan, islomda yagona va qudratli 
Xudoga e ’tiqod qilish - asosiy diniy aqidadir. Xudo tasaw uri tarixiy 
taraqqiyotning sulidir, boshqacharoq aytganda, Xudolar odamlami 
emas, odamlar Xudolami yaratgan. Qadimgi diniy e’tiqodlarda 
Xudolarga sig‘inish bo‘lmay, jonsiz narsalarga topinilgan yoki ruh, 
ajinalar va b. fantastik obrazlarga e’tiqod qilingan. Ibtidoiy jamoa 
tuzumi emirilib, birlashmalari rivojlanayotgan, sinflar vujudga 
kelayotgan sharoitda qabila Xudosining obrazi kelib chiqdi. Bu obraz, 
aw alo, bir qabila boshlig‘ining boshqa qabila va uning Xudosiga 
qarshi kurashdagi obrazi bo‘lgan. ko‘pgina o‘troq xalqlarda shahar- 
davlatlaming tashkil etilishi bilan qabila Xudolari shahar Xudo
6 6


homiylariga alangan. ,Bir necha qabila yoki shaharlaming birlashishi 
bilan eng kuchli qabila yoki shahar davlatlarning Xudolari 
umumdavlat, milliy Xudolarga aylangan, bo‘ysungan qabila va shahr 
Xudolari politeistik ibodatxonada ikkinchi darajali o‘rin egalladi.
Qad. yahudiylarda Yaxve dastlab, qabila Xudosi va mahalliy 
Xudo bo‘lgan, qad. yahudiy qabilalarining birlashishi va Iudeya 
davlatining tashkil etilishi bilan umumyahudiylarning Xudosiga, 
keyinchalik esa qudratli yagona Xudoga aylangan. Xristian dinida 
Xudo obrazi milodning 1-asrida shakllangan. Uning asosini 
yahudiylar Xudosi Yaxve (ota Xudo) tashkil etadi, lekin bu Xudo 
timsoliga o‘g‘il- Xudo (Iisus Xristos) va muqaddas ruh- Xudo 
obrazlari ham singib ketgan. Buddizmda dastlab Xudolarga sig‘inish 
inkor etilgan bo‘lsa-da, keyinchalik buddaning o‘zi Xudo deb 
tanilgan, bu dinda u bilan bir qatorda boshqa Xudolar ham bor.
Islom dinida e’tiqod qilinadigan yakka Xudo 
Olloh
deb ataladi. 
Bu X. Makkada yashagan qad. Quraysh qabilasi Xudosi bo‘lib, 
Muhammad targ‘ibot bilan VII asrlarda islom dini Xudosiga aylangan. 
Makkadagi qad. ibodatxona - Ka’ba Baytulloh (Ollohning uyi) deb 
atalib, musulmonlaming bosh sajdagohi bo‘lib qolgan.
Asosiy monoteistik dinlar shaklanishi tarixiy jarayoni tugallanishi 
bilan diniy-fal-iy ta’limotlar vujudga keldi. Xudo faqat e ’tiqod va 
sig‘inish predmeti bo‘lmay, idealistik fal.ning tushunchasiga ham 
aylandi. Xudo to‘g‘risidagi tasavvur va uning turli shakllari qad. va 
yangi davr ateistlari, ma’rifatparvarlari, ayniqsa, XVIII asrda fransuz 
materialistlari va Feyerbax tomonidan tanqid qilingan.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish