3. Islom va dinshunoslik
Ma’lumki, islom VII asming birinchi yarmida Arabiston yarim
orolida paydo bo‘lgan jahon dinlaridan biridir. Yangi dinni o‘z
vatanida targ‘ib, tashviq qilish va qaror toptirish bilan birga uni
boshqa mamlakatlarga ham yoyish maqsad qilib olindi. Shuning
uchun VII-VIII asrlarda islom ta’limoti va madaniyatini Arabistondan
tashqari qo‘shni mamlakatlarga tarqatish, turmush tarziga singdirish
bo‘yicha katta g‘oyaviy va amaliy targ'ibot ishlar qilinib, natijada arab
xalifaligi tarkibiga kirgan hudud xalqlarida islom mafkurasi hukmron
diniy mafkura va dunyoqarashga aylanadi. Ushbu holatning vujudga
kelishi jarayonida muayyan qiyinchiliklar va qarshiliklarga ham duch
kelindi. Chunki mazkur mamlakatlarda islomdan boshqa dinlaming
nafaqat diniy ta’limotlari, balki diniy-falsafiy qarashlari mavjudligi bu
yangi dinga bo‘lgan munosabatlami takomillashtirishni, kengroq fikr
yuritishni talab qildi. Ya’ni, islom ta’limotini diniy-falsafiy
mushohada qilish zaruriyati tug‘ila boshladi. Ayrim tadqiqotchilaming
fikricha, arab - musulmon o‘rta asr falsafasining asosiy mazmunini
18
Sharq perepatetiklar9 kurashi tashkil etgan. Islomdagi falsafiy
Ikrlaming shakllanishi mu’taziliylar va mutakallimlar (kalom
falsafasi) qarashlari bilan bog‘liq bo‘lib, u VIII asming ikkinchi
armidan boshlangan. M u’taziliylar harakati 0 ‘rta Osiyoda ham keng
oyilib, ilm-fan, falsafiy fikrlar rivojiga olib keldi, oqibatda ilmiy
snarkazlar vujudga keldi. M u’taziliylar ta ’sirida vujudiyyo‘n diniy
falsafiy oqimlari shakllandi. Bu oqim vakillari-Al Kindiy, Ibn Rushd,
\1-Maarriy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom va boshqalar
niavjudotni ikkiga-vujudi mumkin va vujudi vojibga bo‘lganlar.
Vujudi vojib sabab-oqibat aloqalariga ega bo‘lib, uning mavjudligi
boshqa narsadan emas, balki o‘z mohiyatidan kelib chiqadi.
M u’taziliylikning qarashlari va vujidiyyo‘n diniy-falsafiy oqim
g‘oyalari qo'shxaqiqat to‘g‘risidagi katta nazariy qoida shakllanishiga
sabab bo‘ldi. Bunga ko‘ra, ilohiy va dunyoviy (ilmiy) haqiqatlar bor
bo'lib, ilohiy haqiqatga faqat alohida odamlar-payg‘ambarlar,
aziz
avliyolar etishishi mumkin. Dunyoviy haqiqat esa aql yordamida, ilm-
an yo‘li bilan uni qolgan odamlar anglab oladilar.
Bunday falsafiy fikrlar, xususan, diniy-falsafiy oqimlaming
ihakllanishi va rivojlanishi dinshunoslik fani shakllanishidan bir
aecha asrlar oldin paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu holat diniy-
falsafiy qarashlaming islom ta’limoti tarixida dastlabki davrlardan
boshlab vujudga kelganligini va bu jarayon keyinchalik ham davom
etganligini ko‘rsatadi. Mu’taziliylaming vujudiyyo‘n diniy-falsafiy
g‘oyalari, qadimgi Yunon faylasuflari (Aristotel) qarashlaridan oziq
olib rivojlangan Sharq falsafasi ta’sirida islomda alohida oqim-
tasaw uf vujudga keldi.
T asaw uf murakkab diniy-falsafiy oqim bo‘lib, xilma-xil shakl va
yo‘nalishlarga ega. Unda ikkita asosiy-g‘oyaviy yo‘nalish ko‘zga
tashlanadi: birinchisi, bu dunyo o‘tkinchi dunyo bo‘lib, mol-mulk,
mansabga ixlos qo‘yish Allohni unitishga olib keladi; ikkinchisi, bu
dunyo Alloh Taolo tomonidan yaratilgan, odamlar esa, shu dunyodagi
ezgu ishlari bilan u dunyoda Alloh visoliga musharraf bo‘la olishi
uqtiriladi.
XIX asming 2-yarmidan boshlab, Evropa, Amerika va Rossiyada
islom, uning tarixi va manbalarini o‘rganishga e’tibor qaratildi.
9
Перепатетиклар (юнонча. Суз булиб, лу*авий маъноси " сабр килувчияар * ни англатса цам,
мо^иятАристотел изидан борувчи файласуфларни англатади.
19
Ayniqsa, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston,
Tojikiston, SHimoliy Kavkazda islom ta’limoti, muqaddas yozuvlami
o‘rganish va tahlil, tadqiq qilishda keng ko‘lamda ilmiy izlanishlar
amalga oshirilgan.
Evropalik olimlar esa islomshunoslik fanini o‘rganish, islom
tarixi va manbalarining tadqiqoti yo‘lida ko‘p xizmat qilganlar. Bu
borada rus sharqshunosligida ham barakali ishlar olib borilgan.
V.R.Rozen asos solgan mashhur «Rus akademik sharqshunosligi»ning
vakillari N.A.Mednikov, L.E.SHmidt, A.E.Krimskiy, V.V.Bartold.
I.YU.Krachkovskiy,
E.E.Bertels,
A.A.Semenov
va
boshqalar
islomshunoslik sohasida qimmatli asarlar yaratganlar.
Islomning paydo bo‘lishi va uning ta’limotini ilmiy nuqtai
nazardan o'rganish, umuman islomshunoslik masalasi XX asming 30-
yillarga kelib sobiq sovet tuzumida jiddiy ravishda o‘rtaga qo‘yildi.
0 ‘zbekiston olimlari esa islom tarixi va islomshunoslik bo‘yicha 50-
60-yillardan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Akademik
I.Mo‘minov
rahbarligida
tadqiqotchi
olimlardan
A.Ortiqov,
M.Usmonov, S.Azimov, O.Suxareva va boshqalar ilmiy ishlar olib
bordilar.
70-80-yillarga kelganda, islom va uning ta’limoti,
islomshunoslik sohasida akademik M.Xayrullayev, N.Ibragimov,
olimlardan
J.Bozorboyev,
I.Jabborov,
Ibrohim
Karimov,
A.Ochildiyev,
T.Toshlonov,
I.Xo‘jamurodov,
LXudoyberdiev,
O.Bozorov, A.Abdusamedov va boshqalar dinlar tarixi ta’limoti va
dinshunoslik faniga munosib hissalarini qo'shdilar.
Mustaqillik sharofati bilan islom, uning ta’limotini o‘rganish
islomshunoslik va dinshunoslik sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini
amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu davr ichida
Qur’oni karimning o‘zbek tiliga ikkita tarjimasi va tafsiri taqdim
qilindi va ko‘plab yangi-yangi asarlar, to‘plamlar, maqolalar chop
etilmoqda.
Shunday qilib, islom ta’limoti tarixida amalga oshirilgan nazariy
va amaliy ishlar Movarounnahr, Xuroson va Eronda, umuman 0 ‘rta
Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari diniy-falsafiy tafakkurida birinchidan.
ilmiy-falsafiy, madaniy ahamiyatga ega bo‘ldi; ikkinchidan, ular
qoldirgan ilmiy-madaniy meros dinshunoslik va din falsafasi
fanlarining shakllanishiga zamin bo‘lib xizmat qildi.
Din falsafasi deyarlik barcha dinlarda xususan jahon dinlari
(buddaviylik, xristianlik va islom)da mavjuddir. Din falsafasi
20
muammolami echimini topishga ontologik, gnoseologik, kosmologik,
ijtimoiy va boshqa jihatlardan yondoshiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |