Emil
Dyurkgeym, Maks Veber va Georg Zimel laming
sotsiologiya fanining otasi va hozirgi zamon sotsiologiya fanining
asoschilari deb atash mumkin. Emil Dyurkgeym birinchilardan bo‘lib,
dinni tahlil qilishga kirishdi. U 1897-yili aholining katoliklar va
protestantlar guruhi o‘rtasida o ‘zini-o‘zi o‘ldirish hodisasini o‘rganib,
diniy ibodatning asosiy funksiyalarini izohlab berdi. Maks Vebeming
qarashlarida esa jamiyatning iqtisodiy asosi bilan dinning o ‘zarc
aloqasi mavjudligiga etibor karatgan.
Bundan tashqari olim din
rahnamolari (liderlari) va din tipologiyasini yaratishga asos soldi.
Din sotsiologiyasining predmeti shundan iboratki, bunda
sotsiolog sotsial harakat tizimining jamoaviy axloqining bir ko‘rinishi
sifatida dinga sotsial fenomen deb qaraydi. Biroq sotsiologiya individ
va unga dinning ta’sir darajasini o‘rganishi bilan ham shug‘ullanadi.
Ammo
kishilar jamoasi
birligi,
uning
a ’zolaridagi
sotsial
munosabatlari bu boradagi tadqiqotning asosiy ob’ektidir.
Diniy
guruhlar, ularning ma’lumotlari, amaliy faoliyatlari din sotsiologiyasi
predmetini tashkil etadi. SHu bilan birga diniy guruhlaming faoliyati
va ta’siri (kishilaming din yo‘liga kirishi, bunday axloqiy obrazlami
qo‘llab-quwatlashi,
ular
o‘rtasidagi
o‘zaro
munosabatlaming
tiklanishi va boshqalar) o‘rganiladi hamda tashqi omillar (iqtisodiy,
ma’naviy, axloqiy, huquqiy)ning dindorlarga ta’siri, uning sotsial
oqibatlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga
individ axloqiga dinning
ta’siri diniy e’tiqodning umumqoidalari asosida kundalik turmushi
jarayonida dunyoqarashiga singdirilib, shaxsda doimiy xulq va
motivatsiya shakllantiriladi. Ammo diniy tashkilotlar o ‘z muxlislari
ongga va xulqiga diniy ta’sirini o‘tkazishda
intizomli metodlami
qo‘llash bilan erishadilar.
Din haqidagi fanning metodologik asosi boshqa fanlarda bo'lgani
kabi emperik materiallarga suyanish tamoyiliga amal qiladi.
Sotsiologik .tahlilning predmeti Xudo haqidagi masala bo‘lmasdan,
balki Oliy ruhga e’tiqod qiluvchi ijtimoiy guruhlaming xulqi, uning
sababi, oxir-oqibatidagi mazmuni masalasidir. Sotsiologik tadqiqot
jarayonida kuzatiladigan, o‘lchab ko‘riladigan,
hattoki topshirib
ko‘rish imkoni bo‘lgan narsa va hodisalar shug‘ullanishi lozim. Agar,
masalan din bilan axloq o'rtasidagi munosabatni o‘rganishni asosiy
obyekt, ya’ni predmeti qilib olinadigan bo‘lsa, sotsiolog dinga
ishonuvchilar dinga ishonmaydiganga qaraganda axloqiy madaniyat
jihatdan ustunligi haqida xulosa chiqarishi uchun, uni oddiy so‘z
38
orqali ifodalash etarli'emas. Buning uchun tadqiqotchi o‘z fikrini aniq
lalillar orqali isbotlab berishi lozim.
Dinning sotsiologik
tadqiq qilishning samarasi, uning qanchalik
boshqa fanlaming ma’lumotlaridan foydalanganlik darajasiga ham
bog‘liqdir. Tarix fanlari va psixologiyadan tashqari din sotsiologiyasi
rivojiga ijtimoiy antropologiya,
etnologiya, lingvistika, simioteka va
boshqa fanlar o‘zlarini katta xissalarini qo'shib kelmoqdalar. 0 ‘z
navbatida, dinning sotsiologik konsepsiyasi boshqa fanlaming rivojiga
munosib xissa qo‘shib kelmoqda.
Din sotsiologiyasi tadqiqoti jarayoni uchun muhim emperik
materiallarni olishda so‘rov anketalarini o‘tkazsh metodidan keng
foydalaniladi. Bunday tadqiqot natijasida
olingan materiallar
(raqamlar, foizlar) din bilan bog‘liq u yoki bu masalalar haqida
konkret mulohaza yuritish va xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi.
Olimlaming
yozishicha
din
sotsiologiyasining
quydagi
yo‘nalishlari mavjud:
- din sotsiologiyasida evollyusionizm masalasi;
- din sotsiologiyasida funksionalizm masalasi;
- din sotsiologiyasida neoevollyusionalizm masalasi.
Din
sotsiologiyasining
metodologiyasi
va
metodlaridan
foydalanish din va guruhlar, din va jamiyat a’zolari o‘rtasidagi
munosabatlami ilmiy asosini tushunish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: