paydo bo‘lishini tushundi. Ilmiy jihatdan esa, M.Plank
obyektiv
dunyoning modelini mutlaq hodisa sifatida talqin etdi.
“Olam manzarasi”ning hozirgi fundamental tushunchasini ishlab
chiqishda bunday yirik tabiatshunos olimlaming asarlari katta
ahmiyatga ega. Shunga asosan hozirgi vaqtda fundamental fanlar
qo‘lga kiritgan tushuncha va prinsiplar asosida olamning ilmiy
manzarasini eng umumiy tushunchalar sistemasi deb izohlanadi.
Bunday umumiy tushuncha barcha fanlar kashf etgan ilmiy
yo‘nalishlar va ulami amaliyotda sinash orqali to'plangan ijobiy
tajribalar asosida shakllanadi va dunyoqarashga
molik muammolami
hal etishga xizmat qiladi.
Dunyoqarash insonning obyektiv olam haqidagi qarashlarining
majmui, unda o ‘zining tutgan o ‘mi, ob’ektiv borliqqa munosabati
hamda shu qarashlarga mos tushadigan hayotiy mavkei, ishonchi,
ideali, faoliyati, olamni o‘rganish va bilish prinsiplaridir. Ammo
dunyoqarash shu bilan chegaralanmaydi,
balki u inson, jamiyat va
dunyo haqida to‘plangan va m a’lum prinsiplarga asoslangan qarashlar
yig‘indisidir. Binobarin, bunday dunyoqarash kishilarda turli darajada
- ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, diniy, axloqiy, ilmiy-nazariy darajada
talqin etiladi.
Dunyoqarash ijtimoiy va individual ongning mavqei hisoblanib, u
o‘z mohiyatiga ko‘ra tarixiy jarayon sifatida
kishilik jamiyati paydo
bo'lishi bilan bog‘liq. Har qanday dunyoqarashning shakllantimvchi
manbai ijtimoiy borliq va jamiyatning moddiy shart-sharoitlari
hisoblanadi.
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotida dunyoqarashning vujudga
kelishi va shakllanishi har bir davming o‘ziga xos xususiyati bilan
bog‘liq bo‘lgan. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumida va dastlabki sinfiy
jamiyatda tabiiy-ilmiy bilimlaming ko'rtaklari bo‘lgan, xolos. Ayni
vaqtda tabiat va inson haqida diniy tasaw urlar asosiy o ‘rin egallagan
o'sha davr odamlarida ilmiy bilimlaming va hayotiy tajribalaming
etishmasligi shunga olib kelgan.
Kishilaming kundalik hayotiy faoliyatida
tirik va notirik tabiat,
odam organizmi haqidagi ijobiy bilimlar uzliksiz to‘plana bordi.
Ammo bu bilimlar asotirlik (mifologik), so‘ngra diniy dunyoqarash
bilan murosada yashagan holda ichki yashirin ziddiyatlar ham sodir
bo‘lib turgaa Shu vaqtda din homiylari ham tabiatni tadqiq qilishda,
138
osmon yoritgichlarini Jcuzatishdan chetda qolmaydilar, to‘plangan
bilimlami kelajak avlod uchun zarur deb hisoblaydilar.
Qadimgi Sharq kohinlari fan va ilmiy bilimlar bilan qiziqishda
birinchilardan ekanligi tarixdan ma’lum. Xususan, ular matematika,
astronomiya
va
meditsina
sohalarini
o'rgandilar,
to‘plangan
bilimlardan o‘zlarining iqtisodiy
va mafkuraviy manfaatlarini
mustahkamlashda foydalandilar.
Biroq ma’lum tarixiy bosqichga kelib tabiat va olam hodisalari
haqidagi to‘plana borgan ilmiy bilimlar diniy qarashlar bilan kelisha
olmasligi ma’naviy madaniyatda namoyon bo‘ldi. Turli qabilalarda
shakllangan diniy, afsonaviy qarashlarda tabiat hodisalarini va inson
hayotini sababiyat asosida tushunish elementlari bor edi. Olam
manzarasining afsonaviy tushunchasi ibtidoiy odam ongining
xususiyatiga bog‘liq edi. Ya’ni ular uchun tabiat - urug‘ jamoasi,
osmon,
er,
suv,
inson va hokazolar esa qon-qarindoshlik
munosabatlarida jamoaning a’zolaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: