gnoseologik (nazariy bilish) va psixologik ildizlari mavjuddir. Ana
shulami tarixiy dalillar asosida tahlil qilish orqali din funksiyalari
haqida fikr yuiritish mumkin.
Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo‘lgan din
xalqlar hayoti bilan bog‘liq holda rivojlangan, moslashgan,
sekin-asta
diniy tizimni vujudga keltirgan. Natijada muayyan ijtimoiy-siyosiy va
madani-axloqiy vazifalami bajarishni o‘z zimmasiga olgan. Bunday
funksiyalar jamiyat tarqqiyotining yuqori bosqichida, ayniqsa yakkol
ko‘zga tashlanadi.
Din funksiyalari hamma din tushunchasi mos va xos ravishda
ijtimoiy-tarixiy
jarayonida
shakllangan,
rivojlangan
va
mustahkamlanib borgan. Dinning, ayniqsa, islomning Markaziy Osiyo
xalqlari hayotida tutgan o‘mi, vazifalari, fan va madaniyat bilan
o‘zaro ta’siri xususida fikr yuritish o‘rinlidir.
Dinning jamiyatda
bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, har qanday din o‘z homiylari uchun to'ldiruvchi,
ovutuvchi (kompensatorlik) vazifasini bajaradi. Masalan, insonda
diniy ehtiyoj xosil bo‘lishini olib ko‘raylik. U o‘z hayoti, turmush
tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo'lgan munosabatlari jarayonida shaxsiy
va ijtimoiy ehtiyoj, masadlarga etishish kabi, ilojsiz bo‘lib
ko‘ringanda bunday ma’naviy-ruhiy ehtiyoj vujudga kelgan. Chunki
inson hayotida quvonchli yoki tashvishli onlarda, orzular ro'yobga
chiqishi ilojsiz bo'lgan paytda insoniyatning dinga ehtiyoji jamiyat
bo‘lib yashash talablarida boshlangan va din bu o‘rinda ma’naviy-
ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajaradi. Din
funksiyasining bu yo‘nalishida inson ruhiyatida mavjud bo‘lgan
qayg'uli,
tashvishli damdlarni, asabiylik holatlarini ayrim shaxs yoki
guruhlar bilan birgalikda engishda ruhiy (psixologik ) omili muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, dinlar o ‘z ta’limot tizimini vujudga keltirib, unga
e’tiqod qiluvchi shaxs va jamoani shu ta’limot doirasida saqlashga
harakat qiladi. Buni dinlaming birlashtiruvchilik (integrativlik)
funksiyasi deyiladi. Bunda din muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy
hayotning o‘z ta’siri doirasida bo'lishini ko‘zda tutadi. Masalan, islom
o‘tmishida Mrakaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayotiga, axloqiy
munosabatlariga, hattoki adabiyot va san’atiga o‘z ta’sirini ko'rsatgan.
Iudaizm dinida esa yahudiylami mazkur
din atrofida ushlab turish
uchun ulami bir millat va yagon maslak egalari ekanliklari o'qtirilib,
127
yagona Xudo Yaxve va Muso payg'ambarga e’tiqod qilishga da’vat
etadilar.
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilami unga yanada ko‘proq jalb
etish uchun birinchidan cherkovlami jozibador qilib jihozlash;
ikkinchidan, tasivry san’at asarlaridan hamda turli musiqa janrlaridan
foydalaniladilar.
Uchinchidan, din dindorlaming hayotini tartibga solish, nazorat
qilish (regulyativlik) fimksiyasini bajaradi. Ayniqsa, xristianlik dinini
turli yo‘nalishlariga e’tiqod qiluvchi Yevropa mamlakatlarida turli
xalqlar, millatlar o‘rtasida tartib o‘matishda bu dinning regulyativlik
funksiyasidan keng foydalanmoqdalar.
Har qanday dinlaming ma’lum
urf-odat, marosim va bayramlari
bo‘lib, ularni o 'z vaqtida, diniy ta’lim va talab asosida bajarilishi shart
qilib qo‘yilgan. Masalan, islom dinning arxon-ad-din talablarida
kuniga besh vaqt namoz o‘qish, bir yilda bir oy ro‘za tutish, juma
namozini ado etish, ramazon va qurbon hayitlarini bayram qilish
kabilar belgilab qo‘yilgan. Bu talab va tartiblar musulmonlar hayotini
tariibli o‘tishini ta’minlab turadi.
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lovchilik (kommunikativ) vazifani
ham bajaradi. Dinning bu fimksiyasi dindorlaming birligini, jamiyat
bilan shaxsning o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.
Bunda konkret bir dinga
e ’tiqod qiluvchi kishi shu dindagi boshqa kishilar bilan bog‘liq
bo‘lishi, urf-odat va ibodatlami jamoa bo‘lib ado etish ko‘zda tutiladi.
Cheikov, masjid va diniy tashkilotlar dinning bu fimksiyasini amalga
oshurishga ko‘maklashadi, ayni paytda bu holatni nazorat qiladi.
Beshinchidan, din madaniyatni translyasiya qilish fimksiyasi. Har
bir din ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida o‘ziga xos
muayyan madaniy merosga ega. Bu meros ijtimoiy-tarixiy jarayonda
din'iy an’analar, tajribalar asosida to‘planib, avloddan-avlodga o‘tib
keiayotgan urf-odat va nikoh marosimlari, dafn marosimi bilan
bog‘liq tartib va qoidalarini bajarishda namoyon bo‘ladi. Shuningdek,
yozma yodgorliklar, diniy kitob va jumallami nashr etish va diniy
predmetlami yasashda ham o‘z aksini topadi.
Masalan, xristianlikda Iisus Xristosning
xochga parchalanish
holatini, krest, ikonalar yasash, buddaviylikda esa Budda va boshqa
xudolar xaykalini yasash kabilar bu dinlaming madaniy merosiga
kiradi.
128
Oltinchidan,
din
(ligimtimlovchilik)
qonunlashtiruvchilik
funksiyasini ham bajaradi. Milliy va jahon dinlari muayyan diniy
manbalar
asosida
ijtimoiy-tarixiy jarayonda
shakllangan
va
rivojlangan. Ligitimlashtirish funksiyasi esa diniy urf-odatlar,
harakatlar, munosabatlami tartib solish yuzasidan qonun va qoidalami
ishlab chiqish va shu asosda diniy hayotni barqaror kechishini
ta ’minlashdir.
Bulardan tashqari
din fiinksiyasining falsafiy, nazariy jihatlari
bo‘lib, insonni yashashdan maqsadi, hayotining mazmuni, dorulfano,
dorulbaqo - dunyo haqidagi masalalarga o‘z munosabatlarini
bildirishdan iborat. Har qanday dinning konkret tarixiy sharoitda
bajaradigan funksiyalari yig‘indisi uning ijtimoiy rolini belgilaydi.
Dinning ijtimoiy hayotga ta’siri hamma vaqt ham bir xil bo‘lgan
emas. U vaqtga, o'ringa, sharoitga qarab sezilarli darajada o‘zgarib
boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: