FALSAFA №3
Nikoxning qonuniy va diniy jihatlari.
Miliy manaviyatimizda nikoh va oyla doir ahloqiy qadriyatlar.
Ahloqiy madaniyat va qadriyatlar.
Kasbiy odobning ahloqiy madaniyat bilan uygunligi/
Estetika faning predmeti va vazifalari.
Estetika kategoriyalari va ularning ozaro aloqadorligi/
Jamiyat rivojida tabiyatga estetik munosabatining shakillanishi.
Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chikarish estetikasi va fan taraqiyotiga tasiri.
Estetikaning zamonaviy muammolari.
“Ommaviy madaniyatning” yoshlar estetik didiga tasiri/
Javoblar
Oila kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Shunga ko‘ra, jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol, axloqan pok va yuksak madaniyatli yosh avlodni voyaga yetkazishda oilaning o‘rni beqiyos. O‘zbekistonning taraqqiyot istiqboli oilaviy tarbiya muammolarini oqilona yechilishga ham bog‘liq. Buning uchun shu borada zarur chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish, oilaviy tarbiyaga tahdid soluvchi muayyan kuchlarga qarshi kurashib, bo‘lajak ota-onalarning ma’naviy, axloqiy, madaniy va tarbiyaviy bilimlarini oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Davlatimizda sog‘lom oilani shakllantirish va oilada yuksak ma’naviy-axloqiy muhitni qaror toptirish uchun zarur shart-sharoit yaratish, yoshlarni oila qurishga tayyorlash, oilalar mustahkamligini va manfaatlarini ta’minlash, sog‘lom farzand o‘stirish, tarbiyalash va voyaga yetkazish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bunda, avvalambor, oilaning muqaddasligi hamda nikoh mas’uliyati bo‘yicha kelajakda oila quradigan yigit va qizlarimiz tafakkurini, ongini o‘zgartirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Oilaning mustahkamligi oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga bog‘liq. Xalqimizda bejiz “Sog‘lom turmush tarzi mustahkam oilaning garovidir” deb aytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda biz nafaqat oiladagi er va xotinning bir – biriga bo‘lgan munosabati balki, ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik, halollik, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, kabi axloqiy me’yorlarga amal qilgan holda urf – odatlarga asoslangan, zamonaviy oilani tushunamiz.
Oilada eng asosiy narsa – bir - birini tushunish, qadrlash va e’zozlashdir. Er – xotindan birining kamchiligini ikkinchisining fazilati bilan yopilib yurmog‘i lozim. Oilada ikki yosh bir butun bo‘ladi, muhabbat – nikoh iplarini mustahkamlaydigan, axloqiy mas’uliyatni yanada oshiradigan hissiyotdir. Ikki yosh hissiy holatlarini o‘zaro tushunib borishi natijasida oilada mo‘tadil kayfiyat qaror topadi, qarashlar uyg‘unligi tug‘iladi. Zero muhabbat faqat o‘zaro hissiy qoniqishgina bo‘lib qolmasdan, munosabatlar go‘zalligiga aylanadi.
Oila - bu kichik jamoadir. Unda o‘zaro muomalaning barcha qoidalariga amal qilinishi kerak. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; bir – biriga mehribon bo‘lish, ayniqsa ayollarni izzat qilish kabi qoidalar kundalik odatga aylanib borishi kerak. Ota - ona bolalariga namuna. Shuning uchun ular oilada axloq madaniyatiga to‘la rioya qilishlari shart.
Aхloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri - muomala odobi. U mohiyatan o’zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir - biri bilan hamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba almashmasdan, bir - biriga ta’sir ko’rsatmasdan rasmona yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog’lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o’rinda buyuk ingliz yozuvchisi Daniel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning o’ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr - qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni, an’anaviy aхloqiy me’yoriy talablarni bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko’zga ko’rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo’lishi so’z, nutq vositasida ro’y beradi. So’zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o’zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfe’llilik singari aхloqiy me’yorlarda namoyon qiladi.
Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko’pchilik jamiyat a’zolarining hayot - mamotlari, sog’ligi, ma’naviy sog’lomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo’lishi kabi omillar o’shanday imtiyozli kasb egalarining o’z kasbiy burch mas’uliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan ish ko’rishlariga bog’liqligi hammaga ma’lum. Chunonchi, tabobat xodimini, jarrohni olaylik. Deylik, u har bir operaciya kunida bir necha kishini hayotga qaytaradi; yuzlab odamlar uning yordamiga muhtoj, unga umid va ishonch ilinji bilan qaraydilar. Bordi - yu, shaxsiy manfaat yo’lida jarroh o’z bemoriga xiyonat qilsa - chi, ya’ni, uni qasddan halok etsa - chi? Kim uni shunday qilmasligini kafolatlaydi? Yoki jurnalistni olaylik. U shaxsiy manfaati yo’lida, kasbining kamyobligidan foydalanib, begunoh kishilarni ma’naviy azobga qo’yishi, atayin jamiyat oldida sharmanda qilishi va shuning hisobiga o’zining ba’zi bir muammolarini hal qilib olishi mumkin emasmi? Mumkin. Zero, to haqiqat yuzaga chiqquncha, nohaq tanqidga uchragan shaxsning adoi tamom bo’lishi hech gap emas.
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XYIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag’ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo’lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug’ olmon faylasufi G. Laybnist (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi.
Laybnist inson ma’naviy olamini uch sohaga: aql – idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg’uga bo’ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql – idrokni o’rganadigan fan – mantiq, iroda – ixtiyorni o’rganuvchi fan esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko’pdan buyon o’z o’rni bor edi. Biroq his-tuyg’uni o’rganadigan fan falsafiy maqomda o’z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so’zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi.
Darhaqiqat, inson ham qanday g’am-g’ussa, fojealar oldida ham o’z dardi bilan o’zi o’ralashib qoladigan mavjudot emas. U zamon va makon talabiga quloq tutib, shabnam qatralarini gulbarglari bag’rida yashirib, olamga xandon boqqan guldek, ko’z yoshlarini, yig’isini pinhon tutgan holda kula oladi. SHoir vaqt cheksizligi oldida o’zining bir damlikkina umr egasi ekanini ham, insondagi o’zini o’ziga, o’zgalarga va borliqqa ko’rsatish uchun oliy mavjudotga xos intilishini ham sertashvish hayot ichida o’sgan gul taqdiriga, go’zallikka taqqoslaydi. Gul nima uchun o’sadi? Borliqqa nafosat ruhini, xushbo’y hidlarni bag’ishlab, oxir-oqibatda to’kilish uchun o’sadi. Inson ham xuddi shu guldek o’zini bu va u dunyoga bag’ishlab, oxir-oqibatda zaminga sochilib, tuproqqa qo’shilib ketishni baxt deb, xulqiy go’zallik deb, biladi .
Mashshoiyyunlik estetikasining yana bir namoyandasi shoir va faylasuf Umar Xayyomdir (1048-1123). Mashshoiyyun-mutafakkirlar ichida u alohida ajralib turadi. Xayyom Forobiy va Ibn Sino izidan borib, falsafa, mantiq, astronomiya va boshqa fan sohalariga doir yirik asarlar yaratdi. Uning estetik qarashlari ko’proq ruboiylari va «Navro’znoma» asaridan joy olgan. Xayyom qarashlari, bir tomondan, chan-buddhachilik estetikasiga yaqin bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularni ekzistenstiyachilikning ibtidosi deyish mumkin.
Inson zoti dunyoga kelganidan boshlab tabiat va jamiyat deb atalgan tashqi muhit bilan munosabatga kirishadi. Dastlab bu munosabat anglanmagan, intuitiv, biologik-genetik tarzda, keyinroq esa anglab etilgan, yuksak darajadagi ijtimoiy hodisa sifatida ro’y beradi. Uni odatda, ikki xil deb ta’riflash qabul qilingan: birinchisi – insonning salomatligi va turmush tarzini farovonlashtirishga qaratilgan zohiriy-moddiy maqsadga erishish tamoyiliga asoslangan utilitar-empirik manfaatdorlik, ikkinchisi – botiniy-ruhiy manfaatdorlikni, maqsadga muvofiqlikni ta’minlaydigan hissiy-ma’naviy munosabatlar. Mana shu ikkinchi xil munosabatlar insonning insonligini belgilaydigan hodisalar hisoblanadi. Ular ichida estetik munosabat alohida aщamiyatga ega, Chunki u nafaqat birinchi xil munosabat turlaridan yuksak darajaligi bilan farqlanadi, balki o’ziga xildosh bo’lgan axloqiy yoki e’tiqodiy munosabatga nisbatan ham miqyosli va qamrovlidir.
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.
Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham tubdan o’zgarishiga olib keldi.
Estetikaning xususiyatlaridan biri : Estetikaning borliqni estetik o’zlashtirish moxiyati va qonuniyatlari haqidagi fan sifatida bir qancha xususiyatlarga ega.
• Estetika fani inson tevarak atrofidagi moddiy va ma'naviy boyliklarning barchasini qamga olishga,
• Inson faoliyatining barcha jabxalaridagi nafosat olamini san'at turlari vositasida chuqur o’rganishga da'vat etadi. San'at esa-estetik boyliklarni yaratish manbaidir.
• San'atni ilmiy jixatidan taxlil va tadbiq etish bilan estetik faoliyatining barcha ko’rinishlariga ilmiy jixatdan yondashish uchun zamin yaratiladi.
• San'at va badiiy ijodning tabiatini va mohiyatini o’rganish, qonuniyatlarini o’zlashtirish, go’zallikni o’rganish uchun kalit vazifasini o’taydi.
Estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik ozlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini organadi. Borliqni estetik ozlashtirish esa sanatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shuning uchun estetika fani sanatning ilmiy-uslubiy metodlarini zamini boy xizmat qiladi.
Estetika faning oziga xos xusiyati shundan iboratki, bu fan inson tevarak atrofidagi moddiy vg manaviy boyliklarning barchasini qamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi gozallik olamini sanat barcha turlari vositasida chuqur organishlariga davat etadi. Sanat esa estetik boyliklarni yaratish manbaidir.
Estetika fani badiiy ongning vujudga kelishini va uning ziddiyatli rivojlanishini, shuningdek, inson estetika faoliyatining oliy shakli sanatning mohiyatini ochib beradi. Estetika fani predmeti, uning muammolari va vazifalari ozgarib boradi. Buninrg sababi ijtimoiy ziddiyatlarning mavjudligi, sanat, fan, falsafaning rivojlanishi, texnikaning taraqqiyoti va boshqalar tasir qildi. Bundan tashqari sanatning yangi tur va janrlarining vujudga kelishi, eskilarning ozgarishi, kishilarning subyektiv qobiliyatlari, estetik kechinmalari, didlari va ideallarining doimo ozgarib turishi estetika predmetining ozgarib turishiga katta tasir korsatdi.
Estetika fanining predmeti olamni «gozallik qonunlari asosida» shakllantiruvchi inson mehnatini oz ichiga oladi.
Lekin inson olamini «gozallik qonunlari asosida» shakllantirishdan, ozgartirishdan oldin, u mehnat qurollarini yaratish lozim edi, Mehnat µurollari tufayligina odam tabiatni «gozallik qonunlari» asosida ozgartira boradi. Bundan tashqari inson tabiatni gozallik qonunlari asosida ozgartirishi uchun faol harakat qilishi ham lozim.
Biz tabaiat obyektlarini «gozallik qonunlari asosida» ozgartirishda quyidagi uch jarayon protsessini koramiz.
1). Inson tomonidan mehnat qurollarini tayyorlash jarayoni;
2). Mehnat qurollarining inson azolari bilan qoshilib ketish jarayoni (bu jarayon inson tafakkuri ishining ham oz ichiga oladi);
3). Mehnat qurollarining sanat asoslari yaratish maqsadida tabiatgba tasir qilish jarayoni;
Sanat asarlari paydo bolishi bilan yangi jarayon sanat asarlarini «istemol» qiluvchilarga tasir qilish jarayoni boshlanadi, bu jarayon sanat asarini yaratgan sanatkorning ozini ham ichiga oladi. Sanat asarlarining insonga tasir qilish jarayoni estetikaning tekshirish obyektidir.
Sanat asarlarining «istemolchilar»ga tasiri jarayonida kishilarda estetik tuygu, estetik extiyoj, estetik did shakllanadi va natijada estetik ideal vujudga keladi. Bu ideal esa sanat asarini yaratishga undaydi.
Estetik extiyojlar, estetik tuygular, badiiy zidlar, shuningdek sanat asarlari tosatdan paydo bolmasdan moddiy ishlab chiqarish rivoji ancha yuqori bosqichga kotarilgandan keyingina paydo boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |