Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/322
Sana18.02.2022
Hajmi7,14 Mb.
#450604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   322
Bog'liq
fayl 2055 20211105

 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB. FANGA KIRISH 
 
1.1.
 
Voleybol bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchi-trenerga qo‘yiladigan malakaviy 
talablar 
Har bir o‘quv fani, shu jumladan “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” fani 
ham, muayyan kasbga xos nazariy bilimlar hajmini o‘zlashtirish, amaliy 
ko‘nikmalar va malakalarni egallashga qaratilgan maqsad hamda vazifalarni hal 
etishi lozim. Talaba nafaqat o‘rgatish (o‘qitish) obyekti va subyektidir, balki u 
bo‘lajak kasbiy-pedagogik faoliyatning ham (o‘qituvchi, trener) obyekti va 
subyekti sifatida ta’lim oladi. Shuning uchun mazkur ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 
tahsil olayotgan o‘qituvchi-trener malakaviy talablarga asoslangan ko‘p kompo-
nentli kasbiy-pedagogik funksiyalarni o‘zlashtirishi lozim. 
XXI asr inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fan, texnika va innovatsion 
texnologiyalarning global miqyosda jadal sur’atlar bilan shakllana borishi, ishlab 
chiqarish, uy-ro‘zg‘or, yo‘l harakatlari, hatto intellektual jarayonlarni “avtomatlar”, 
kompyuterlar va robotlar “qo‘liga” topshirmoqda. Ushbu vaziyat bir tomondan 
odamzot uchun barcha qulayliklarni muhayyo etsa, ish sifati va samaradorligini 
oshirsa, ikkinchi tomondan jismoniy mehnat-mushaklar faoliya-tini nihoyatda 
chegaralab qo‘ymoqda. Aynan ikkinchi holatning ustuvorligi asta-sekin 
gipokineziya (kam harakatlanish) dardiga mubtalo qiladi. Gipokineziya esa, o‘z 
navbatida hayotga xavf soluvchi zamon sivilizatsiyasiga xos hastaliklar (ishemiya, 
gipertoniya, bronx astmasi, nevroz, osteoxandroz va h.k.)ni keltirib chiqarishi isbot 
talab qilmaydi. To‘g‘ri, ushbu kasalliklardan xalos bo‘lish uchun “o‘tkir” dori-
darmonlar va zamonaviy muolaja usullari mavjud. Lekin bunday vositalar bir 
darddan “ozod” qilib, ikkinchi bir dardni “chaqirishi” ehtimoldan holi emas. 
Olimlar tomonidan azaldan ilmiy asosda isbot qilinganki, gipokine-ziyani oldini 
oluvchi yoki davolovchi yagona va o‘ta samarali “dori-darmon” – me’yorlangan 
jismoniy tarbiya va sport mashqlaridir. 



Demak, iftixor bilan ta’kidlash mumkinki, Yurtboshimiz tomonidan qo‘llab-
quvvatlanayotgan va davlat siyosati doirasida rivoj topayotgan jismoniy tarbiya va 
sport sharafli sohaga aylanib bormoqda. Shunday ekan, ayni vaqtda jismoniy 
tarbiya hamda ommaviy sportni aholining, ayniqsa o‘quvchi-yoshlar-ning kundalik 
hayotiy ehtiyojiga aylantirish va, albatta, yurtimiz bayrog‘ini Olimp cho‘qqilariga 
olib chiqishga qodir iste’dodli sport zahiralari hamda raqobatbardosh sportchilar 
tayyorlovchi professional kadrlar yetishtirish soha-ning o‘ta dolzarb vazifalaridan 
biridir.
Jismoniy tarbiya va xususan voleybol bo‘yicha tayyorlanadigan o‘qituvchi-
trenerning modeli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” muvofiq ta’lim yo‘nalishiga mo‘ljallangan DTS va fan dasturi talablari 
bilan belgilanadi. Voleybol bo‘lajak o‘qituvchi-trenerga qo‘yiladigan malakaviy 
talablar “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” maqsadi va vazifalariga asoslanadi. 
Fanning maqsadi
– voleybol ixtisosligi bo‘yicha bakalavriaturada ta’lim 
olayotgan talaba – bo‘lajak o‘qituvchi-trenerda dasturda belgilangan kasbiy-
pedagogik bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga qaratiladi.

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish