Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


Tayyorgarlikning asosiy shakllari



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/322
Sana18.02.2022
Hajmi7,14 Mb.
#450604
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   322
Bog'liq
fayl 2055 20211105

Tayyorgarlikning asosiy shakllari.
Voleybolchilar tayyor-lashning asosiy 
shakllari sport mashg‘ulotlari va musobaqalarda ishtirok etish jarayonlaridan 
iborat. Ular bir-biri bilan bog‘langan, lekin shu bilan birgalikda boshqaruvning 
asosiy vazifalari mazmunini aniqlovchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shu sababli 
tayyorgarlikni boshqarish 2 bo‘limga bo‘linadi: 
1. Mashg‘ulot jarayoni va musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishni boshqarish. 
2. Musobaqa jarayonida jamoani boshqarish. 
Boshqaruvning asosiy vazifalardan biri rejalashtirishdir. U nafaqat butun 
tayyorlanish jarayonining mazmunini, balki murabbiyning ish faoliyatini ham 
tartibga soladi. Rejalashtirish bu kelajakni ko‘ra bilish va uni oldindan aytib 
bashorat berishni bilish demakdir. Voleybolchilar va voleybol jamoalari faoliyatini 
rejalashtirish, o‘rgatish va trenirovka mashg‘ulotlari qonuniyatlari, prinsiplari, 
uslub va vositalarini qo‘llash texnologiyasiga asoslanishi lozim.
Voleybol – bu jamoa o‘yini, shuning uchun rejalashtirish ham jamoa uchun, 
ham o‘yinchi uchun tuziladi. Voleybol ham boshqa jamoali sport o‘yinlari turlariga 
o‘xshab qarshi jamoa bilan kurashda nafaqat shaxsiy, balki jamoa o‘yinlarining 
birgalikdagi harakatini mukammallashtirish xususiyati bilan ifodalanadi. Shu 
sababli texnik, taktik va o‘yin tayyorgarligini maqsadli shakllantirish o‘ta muhim 
shartlardan biridir. Tayyorgarlik turlariga ajratiladigan vaqt taxminan quyidagicha 


294 
taqsimlanadi: jismoniy tayyorgarlik – 20%, texnik – 30%, taktik, o‘yin va 
musobaqa tayyorgarligi – 50%. Bu raqamlar o‘yinchilarning yoshi, malakasi va 
tayyorgarlik darajasiga qarab o‘zgarishi mumkin. Mashg‘ulot rejalarini tuzishda 
guruhda yoki jamoada shug‘ullanuvchilar yoshi, malakasi, tayyorgarlik darajasi, 
moddiy-texnik bazaning shart-sharoitlari va jamoa oldida turgan asosiy vazifalar 
e’tiborga olinadi. Ishlab chiqilgan rejalarga o‘quv-mashg‘ulot va musobaqa 
jarayonlarida qayd etiladigan real ko‘rsatkichlar, kuzatuv hamda ilmiy-tadqiqot 
natijalar asosida maqsadli o‘zgartirishlar yoki qo‘shimcha tadbirlar kiritilishi 
mumkin.
Har bir o‘yinchi va jamoaga alohida istiqbol rejasi (4 yilga), yillik reja, mezo 
– va mikrosikllar rejalari (joriy reja, tezkor reja) tuzilishi darkor. 
Rejalashtirilgan mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarini o‘zlashtirish 
samaradorligini obyektiv va asosli baholash uchun tayyorgarlik turlari bo‘yicha 
erishilgan imkoniyatlar me’yoriy testlar asosida nazoratidan o‘tkazilib turilishi 
lozim. 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish