Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


-rasm. O‘qituvchi-trenerning ko‘p qirrali kommunikativ funksiyasi  2.8.Diagnostik funksiyasi



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/222
Sana06.06.2022
Hajmi7,14 Mb.
#642180
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   222
Bog'liq
fayl 2055 20211105

8-rasm.
O‘qituvchi-trenerning ko‘p qirrali kommunikativ funksiyasi 
2.8.Diagnostik funksiyasi 
 
O‘qituvchi-trener o‘z kasbiy-pedagogik faoliyatini amalga oshirishda 
avvalambor barcha yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoki tadbirlar 
natijalarini tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i lozim. Undan keyin 
o‘z shogirdlari, jamoa a’zolari tomonidan qayd etiladigan turli faoliyat natijalarini 
obyektiv baholash metodlari, testlari, vositalari, prinsiplari va mezonlarini 
mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi darkor. Baholash metodlari pedagogik kuzatuv, 
so‘rovnoma, ekspress-intervyu, innovatsion texnologiyalar va boshqa shunga 
o‘xshash uslubiy yondashuvlardan iborat bo‘lishi mumkin. Baholash vositalari 
tarkibiga turli o‘lchov asboblari (sekundomer, reaksiomer, dinamometr, pulsometr, 
spirometr, kompyuter dasturlari va h.k.) kiritilishi maqsadga muvofiq. Natijalarni 
baholashda obyektivlik, muntazamlik, mezon-larga taqqoslash, oshkoralik va 
boshqa shu kabi pedagogik prinsiplardan foydalanish zarur bo‘ladi. Qayd etilgan 
ijobiy yoki salbiy natijalar sirini ochib berish, sabablarini izohlar, ularni tahlil va 
muhokama qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan natijalar asosida muayyan 
qarorga kelish, strategik bashorat qila bilish va shularga asoslangan holda obyektiv 
qaror qabul qilish orqali o‘quv mashg‘ulotlarini bo‘lajak musobaqalarda ishtirok 


38 
etuvchi jamoalar o‘yin takti-kasiga mos tartibda modellashtirish qobiliyatiga ega 
bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi (8-rasm).
9-rasm.
Diagnostik funksiyasining tasnifiy andozasi 
2.9. Seleksion-bashoratlash funksiyasi 
 
Har bir o‘qituvchi-trener o‘zining kasbiy-pedagogik faoliyatida barcha kasbiy 
funksiyalarni mukammal o‘zlashtirish bilan bir qatorda seleksion-bashoratlash 
qobiliyatiga ega bo‘lishi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bunday kasbiy funksiya 
o‘qituvchi-trenerning yoshi, uning tajribasi va kvalifikatsion toifasidan qat’i nazar 
shu mutaxassisning iste’dodi hamda pedagogik qobiliya-tini belgilovchi omil 
sifatida xizmat qiladi. Chunki voleybol to‘garaklari tanla-nadigan bolalar
mashg‘ulotlarni o‘tkazish, iste’dodli voleybolchilarni jamoaga jalb qilish, ularni 
muayyan o‘yin funksiyalariga ixtisoslashtirishda bo‘lajak mahoratni bashorat qila 
bilish, jamoa tarkibini yosh o‘yinchilar bilan to‘ldirish va terma jamoalarga 
nomzodlarni tanlash uchun ularning genetik (nasliy) xususiyatlari, harakat 
qobiliyatlari, oila tarbiyasi hamda hayot davomida egallagan ko‘nikma-
malakalarini payqash va bilish zarurdir. Ma’lumki, aksa-riyat voleybol 
to‘garaklarida, sport maktablarida bolalarni voleybol guruhlariga tanlash va qabul 
qilish jarayoni e’lonlar, takliflar yoki faqat rasmiy normativ talablar asosida 


39 
amalga oshiriladi. Natijada bola 2-3 yil, hatto 5-6 yil muttasil shug‘ullanib kelsa-
da, uning tana uzunligi yoki bir qator jismoniy qobiliyatlari voleybol talablariga 
mos kelmay qolishi oshkor bo‘lib qoladi. Vaholanki bunday muddat jarayon uchun 
qancha mashaqqatli mehnat, qancha vaqt va qancha mablag‘ behuda sarflangan 
bo‘ladi. Ana shunday holatlarni oldini olish va raqobatbardosh hamda kelajakda 
yetuk voleybolchilarni tarbiyalash, yetish-tirishdek yuksak maqsadni amalga 
oshirish uchun har bir o‘qituvchi-trener barcha kasbiy funksiyalarni o‘zlashtirish 
bilan bir qatorda seleksion-basho-ratlash mahoratiga ega bo‘lishi talab qilinadi (9-
rasm). 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish