221
13.3. To‘p kiritishga ruxsat berilishi.
Birinchi hakam to‘p kirituvchining to‘p bilan tayyor turganligi
va jamoalarni
o‘yinga shay ekanligini ko‘zdan kechirib, to‘p kiritishga ruxsat beradi (13).
13.4. To‘p kiritishni ijro etish.
13.4.1. To‘p qo‘l bilan yuqoriga irg‘itilgandan so‘ng bir qo‘l bilan to‘pni urib
o‘yinga kiritish kerak. Agar to‘p urilmay qolib to‘p kirituvchining tanasiga tegib
ketsa (yoki ilib olinsa) to‘p o‘yinga kiritilgan, deb baholanadi.
13.4.2. To‘p kiritish vaqtida o‘yinchi orqa chiziq ustida va to‘p kiritish
zonasidan tashqarida bo‘lishi kerak emas. Lekin, to‘pni urib bo‘lgandan so‘ng
chiziqni bosish yoki xohlagan zonaga o‘tishi mumkin.
13.4.3. To‘p kiritishga birinchi hakam tomonidan ruxsat berilganidan so‘ng
(xushtakdan so‘ng) to‘p kiritish 8 soniya ichida ijro etilishi kerak (1.4.2).
13.4.4. Hakamning xushtagidan oldin to‘p o‘yinga kiritilsa, u hisoblan-maydi
va to‘p kiritish qaytariladi (13.3).
13.5. Kiritilayotgan to‘p yo‘nalishini yopib qo‘yish:
13.5.1. To‘p kiritayotgan jamoa o‘yinchilari to‘p kiritayogan o‘yinchini yoki
kiritayotgan to‘p yo‘nalishini berkitib, raqib o‘yinchilarining to‘pni qabul qilishiga
xalaqit berishi mumkin emas (13.5.2, 13.2.1).
13.5.2. To‘p kiritayotgan jamoadan bir yoki bir necha o‘yinchi sakrab,
harakatlanib, qo‘llari bilan kiritilayotgan to‘p yo‘nalishini “yopib” qo‘yishi
mumkin emas (13.4).
13.6. To‘p kiritishdagi xatolar.
13.6.1. Agar to‘p kiritayotgan o‘yinchi quyidagi xatolarga yo‘l qo‘ysa,
hatto
raqib jamoasi noto‘g‘ri joylashgan bo‘lsa ham, to‘p kiritish huquqi raqibga beriladi
(13.2.2.2, 13.7.1).
Bunday qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
13.6.1.1. To‘p kiritish navbati buzilganda (13.2).
13.6.1.2. To‘p kiritishda 13.4. qoidasi buzilganda.
13.6.1.3. To‘p kiritishda 13.5. qoidasi buzilganda.
13.6.2. To‘p kiritishda to‘p urilganidan keyingi xatolar (13.4, 3.7.2):
222
13.6.2.1. To‘p kiritishda to‘p o‘z o‘yinchisiga tegsa yoki to‘rdan o‘tmasa
(9.4.4, 9.4.5, 11.1.1, 9.4).
13.6.2.2. To‘p maydondan tashqariga tushsa (9.4).
13.6.2.3. To‘p yo‘nalishi to‘silgan joydan kiritilayotgan to‘p o‘tsa (13.5).
13.7. To‘p kiritish va uni qabul qilish vaqtida maydonda joylashish xatolari.
13.7.1. Agar to‘p kiritayotgan o‘yinchi xatolikka yo‘l qo‘ysa va shu vaqtda
raqib maydonda
joylashish qoidasini buzsa, bu holda to‘p kiritishdagi xato
e’tiborga olinadi (13.6.1, 7.5.1, 7.5.2).
13.7.2. Agar to‘pni o‘yinga kiritish to‘g‘ri ijro etilgan bo‘lsa, lekin to‘p
keyinchalik xatoga uchrasa (to‘rdan o‘tmasa, maydon
tashqarisiga tushsa va
hokazo), bunda raqib jamoaning joylashishidagi xatosi (agar shu xato mavjud
bo‘lsa) e’tiborga olinadi (13.6.2, 7.5.3).
Do'stlaringiz bilan baham: