198
11. Jismoniy tayyorgarlikni boshqa tayyorgarlik turlari bilan bog‘liqligi
haqida qanday tushunchalarga egasiz?
IX BOB. MUSOBAQA QOIDALARI, XAKAMLAR VA XAKAMLIK
QILISH METODIKASI
9.1. Musobaqa haqida tushuncha va musobaqa turlari
Trenerning kasbiy-pedagogik faoliyati faqat ushbu bobning muvofiq
bandlarida qayd etilgan va mazmuni ochib berilgan funksional yo‘nalishlar bilan
chegaralanmaydi. Trener keng va tor ma’noda ko‘p dasturli ommaviy muso-
baqalar, an’anaviy
turnirlar, sport bayramlari, shu jumladan o‘z sport ixtisosligi
bo‘yicha chempionatlar,
xotira turnirlari, kubok musobaqalarini tashkil qilish
hamda o‘tkazish bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarga ham ega bo‘lmog‘i lozim.
Buning uchun unda musobaqalarni ochilish va yopilish marosimlari, musobaqa
nizomlarini
ishlab chiqish, musobaqa o‘tkazish tizimlari, rasmiy musobaqa
qoidalari va hakamlik qilishga doir bilim-malakalar yuksak shakllangan bo‘lishi
darkor. Quyida ana shu masalalar mohiyati va mazmuni voleybol misolida
qisqacha ochib berilgan.
Musobaqa keng ma’noda
har bir insonni yakka tartibda, biror raqibga
nisbatan yoki jamoani jamoaga nisbatan muayyan sohada (san’at, adabiyot, ishlab
chiqarish, sport va h.k.) raqobat ta’sirida o‘z imkoniyatlarini safarbar etib, yuksak
natijaga erishish tushunchasini anglatadi. Ushbu
jarayonni amalga oshirishda
o‘ziga xos tartib-qoidalar, shart-sharoitlar, maqsad va vazifalar belgi-lanadi.
Sport musobaqasi – bu ma’lum muddat ichida shakllangan yoki shakllan-
tirilgan madaniy-ma’naviy, intellektual salohiyat, jismoniy-ruhiy va texnik-taktik
tayyorgarlikka asoslangan imkoniyatlarni raqobat ta’sirida
namoyish etish va
yuksak natijaga erishishga qaratilgan integral jarayondir.
Sport musobaqalari, miqyosidan qat’i nazar, bir qator turlarga bo‘linadi:
Olimpiada o‘yinlari, chempionat, Kubok musobaqalari, turnirlar va h.k.
O‘zbekistonda esa bundan tashqari boshqa davlatlarda o‘xshashligi yo‘q “Umid
199
nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi uch pog‘onali va ko‘p bosqichli
ommaviy sport musobaqalari an’anaviy tarzda muntazam o‘tkazilishi
odat tusiga
kirgan. Tarixiy an’analarga ko‘ra har bir musobaqa o‘z miqyosi va maqomidan
qat’i nazar o‘ziga xos tarbiyaviy, ijtimoiy, siyosiy ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy
tarbiya va sportni sog‘lomlashtiruvchi, tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni
shakllantiruvchi, barkamol avlodni tarbiyalovchi hamda intellektual salohiyatni
oshiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Aynan musobaqa sport geografiyasi va uni
ommaviylik doirasini kengaytirishdek strategik maqsadni hal etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: