Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/222
Sana06.06.2022
Hajmi7,14 Mb.
#642180
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   222
Bog'liq
fayl 2055 20211105

2.6. Loyihachilik funksiyasi 
O‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari, o‘quv-trenirovka yig‘inlari va umuman turli 
musobaqalarga sportchilarni tayyorlash jarayonlari ilmiy asosda ishlab chiqilgan 
rejalashtiruv hujjatlari, dasturlar, me’yoriy talablar va xorijiy tajribalar yordamida 
amalga oshirilishi har bir trenerning asosiy funksional vazifasidir. Binobarin, 
zamonaviy trener sportchilar faoliyati, mashg‘ulotlarni o‘tkazish, ularni turli 
musobaqalarga tayyorlash va rahbarlik qilayotgan jamoani samarali boshqarish 
uchun yuqorida qayd etilgan barcha hujjat va dasturlarni loyihalash, xalqaro 


32 
talablarga mos tartibda qayta ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot natijalari asosida ularni 
takomillashtirish bilimlari va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur. 
Trener jamoani maqsadli boshqaruvchi, uning taqdirini hal qiluvchi yagona 
subyekt sifatida yuksak darajada shakllangan loyihalashtirish qobiliyatiga ega 
bo‘lmog‘i darkor. Mashg‘ulot va tayyorgarlik jarayonlarini loyihalashtirish ishlari 
esa “ko‘r-ko‘rona” yondashuv yoki faqat subyektiv fikrlar asosida amalga 
oshirilishi mumikn emas, balki, aksincha, shug‘ullanuvchilar yoshi, jinsi, jismoniy, 
texnik-taktik va psixofunksional imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda, olib 
borilgan kuzatuv, statistik ma’lumotlar va tadqiqot natijalari asosida hal etilishi 
talab qilinadi. 
Loyihalashtirish qobiliyatini shakllanishida, mashg‘ulot va tayyorgarlik 
jarayonlarini maqsadli hamda foydali natija keltiruvchi qiymat bilan ishlab 
chiqishda ijodkorlik qobiliyati, jumladan, o‘quv-mashg‘ulot nazariyasi va 
uslubiyatiga doir bilimlar, ularning ilmiy mohiyatini o‘zlashtirgan bo‘lishi ustuvor 
ahamiyat kasb etadi (G.D. Babushkin, 1993; A.Ya. Korx, 2000; E.A. Seytxalilov
2006; Yu.D. Jeleznyak, 2013; N.I. Nikolayeva va b., 2016). 
Ushbu mualliflarning ta’kidlashicha, o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari va 
musobaqalarning pirovard samaradorligi ijodkorlik mahorati, pedagogik kuzatuv, 
test nazorati va tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan loyihalar sifatiga bog‘liq 
bo‘lar ekan. Aynan shunday loyiha mashg‘ulot va musobaqani samarali 
boshqarish, bo‘lajak natijani oldindan bashoratlash, kerak bo‘lganda loyihaga 
o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish imkoniyatini yaratar ekan. Bunday loyiha 
asosida mashg‘ulotlarni o‘tkazish va musobaqalarni boshqarish sportchilarda, 
jamoada emotsional faollikni kuchaytirishi, kayfiyatni ko‘tarishi, dominantlashgan 
motivatsiyani yuzaga keltirishi, g‘urur, matonat va ishonch his-tuyg‘ularini 
uyg‘otishi aksariyat tajribali, yetakchi trenerlar tomonidan tan olingan. 
O‘qituvchi-trenerning loyihachilik funksiyasi ommaviy sog‘lomlashtirish 
voleybolini rejalashtirish, ommaviy voleybol maydon-maydonchalarini loyiha-lash 
va qurish ishlarini ham o‘z ichiga oladi. “Ommaviy sportdan professional sportga!” 
prinsipiga asoslangan holda ommaviy sog‘lomlashtirish voleybol chegarasini 


33 
yanada kengaytirish imkoniyati joylarda ochiq voleybol maydon-chalarini 
loyihalashtirish, barpo etish va ommaviy mashg‘ulot hamda musoba-qalarni 
o‘tkazish bilan bog‘liqdir. Ochiq voleybol maydonchasini loyihalash-tirish va 
barpo etish o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bunday maydonchaning formati, 
o‘lchamlari, uskuna va jihozlarni yopiq voleybol maydonchanikidan farq 
qilmasligi maqsadga muvofiq. Ochiq voleybol maydonchasini 18x9 

li to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklda qurish uchun dastlab joy tanlandi. Maydon o‘lchamlari 
chegarasidan tashqari 3 
m
dan kam bo‘lmagan bo‘sh zona bo‘lib, bu bo‘shliqda 
begona predmetlar, daraxt yoki boshqa qurilmalar bo‘lmasligi zarur. maydon 
o‘lchamlari to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida (18x9 
m
) belgilagandan so‘ng yon va 
chiziqlar ortidagi 3 
m
li bo‘sh zonalarni qo‘shgan holatda shu maydon ichining 
birinchi qatlami tozalanib, so‘ng maydon yuzidagi yomg‘ir suvi tezda so‘rilib 
ketishi uchun drenaj ishlari amalga oshiriladi. Maydonchani drenaj qilish uchun 
avval maydoncha tahminan 30-40 
sm
chuqurlikda kavlanadi va kavlangan joy yuzi 
tekislanadi. Keyin maydalangan shlak, mayda shag‘al, qum aralashmasi kavlangan 
joy yuziga bir tekisda yotqiziladi. So‘ng bir qatlam mayda toshlar va mayda 
shag‘al, ularning ustiga yana yirik qum bir tekisda tashlanadi. Keyin yotqizilgan 
aralashmalar ustiga suv quyiladi. Suv singib, aralashmalar quri-ganidan so‘ng ular 
ustidan og‘ir “katok” yurgaziladi (trambovka). Kavlangan joyning qolgan qismiga 
yana dastlabki aralashma (shlak, shag‘al, qum) yotqiziladi va yana “trambovka” 
qilinadi. Maydonning eng yuqori qismiga tuproq, yirik qum, tuz yoki ishlab 
bo‘lingan ohak kukuni o‘t o‘sib ketmaslik uchun yotqiziladi va trambovka qilinadi. 
Maydonchaning so‘nggi qismiga qizil qum yotqiziladi va mayda yuzida yomg‘ir 
suvi turmaydigan darajada tekis-lanadi. Keyin A nuqtadagi qoziqdan radiusi 9 
m
li 
yoysimon chiziq belgilanadi, B nuqtadagi qoziqdan esa radiusi 20 
m
18 
sm 
li 
yoysimon chiziq o‘tkaziladi. Yoysimon chiziqlarning kesishgan joyiga qoziq 
qoqiladi. Keyin A nuqtadagi qoziqdan ham radiusi 20 
m
18 
sm
li yoysimon chiziq 
o‘tkaziladi, B nuqtadagi qoziqdan esa radiusi 9 
m
li yoysimon chiziq o‘tkaziladi. 
Bu joyda ham ikki yoysimon chiziqlar kesish nuqtada (C) qoziq qoqiladi. So‘ng 
nuqtalardagi qoziqlararo ip tortilib, ohak bilan 5 
sm
kenglikda yon va orqa 


34 
chiziqlar chiziladi. Shundan keyin musobaqa qoidalariga asosan barcha o‘lchamli 
chiziqlar (hujum chiziqlari, to‘p kiritish zonalarini belgilovchi chiziqlar va h.k.) 
belgilanadi (1-rasm). 
6-rasm.
Maydon o‘lchamlarini loyixalashtirish va chiziqlar o‘lchamini aniqlash 
metodikasi. 
Maydon o‘lchamlarini belgilash uchun avval maydon uchun tanlangan joyda 
A va B raqami bo‘ylab to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi, so‘ng A va B nuqtalarga yog‘och 
qoziq o‘rnatiladi. 6-rasmda o‘qituvchi-trenerning ko‘p qirrali loyixachilik 
funksiyasi aks ettirilgan.


35 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish