2.2 Bugungi kunda yevropa mamlakatlari bilan bolgan munosabatlar O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama va 1999- yilning 1-iyulidan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi vaYevropa Ittifoqi hamda unga a`zo davlatlar bilan sherikchilik va hamkorlik kelishuvi doirasida rivojlanib bormoqda. Mazkur kelishuv siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar, sarmoya, intellektual mulkni himoya qilish, qonunchilik hamda insonhuquqlari bo‘yicha hamkorlik, madaniy-gumanitar hamda ta’lim kabi sohalarni qamrab oladi. Birgina ta’lim sohasida YEI va O‘zbekiston o‘rtasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Ikki hamkor tomonlar o‘rtasida bir qancha ta’lim dasturlari hozirgi kunda ham jadal amalga oshirilmoqda. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan eng samarali hamkorlik 1994-2013 yillarda Tempus dasturi va 2007-2014 yillarda Erasmus Mundus dasturi doirasida amalga oshirildi. 2014 yildan beri Erasmus + dasturi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, u mamlakatimizda oliy ta'limni rivojlantirish va modernizatsiyalashda yordam berishda davom etmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistondagi 70 ga yaqin universitetlar Erasmus + loyihalarini amalga oshirishda boy tajribaga ega . Buning yorqin isbotini “Erasmus+” ta’lim dasturidan erishilayotgan ulkan natijalardan ham ko‘rishimiz mumkin. “Erasmus+” – YeIning ta’lim bo‘yicha 2014-2020 yillarga mo‘ljallangan yirik dasturidir. Mazkur dastur 1994 hamda 2007 yildan amalga tatbiq etilgan “Tempus” va“Erasmus Mundus” loyihalarining mantiqiy davomi sanaladi. Bu malumotlar talim sohasidagi hamkorliklar togrisidaedi.
____________________________________________________
https://uwed.uz/uz/news/fulltext/1646
Oʻzbekiston 2004-yilda Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo muloqot raundi aʼzosidir. Bunday turdagi muloqotlar mintaqaviy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga egadir. Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari oʻziga xos xususiyatga ega va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan boʻladigan aloqalaridan tubdan farq qiladi. Yevropa Ittifoqining davlatsimon murakkab qurilmasi, aʼzo davlatlarga nisbatan ustivor mavqei, tashkilot maqsad va vazifalarining oddiy fuqarolar manfaaatiga toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysindirilganligi oʻzaro aloqalarga alohida xususiyat baxsh etadi. Oʻtgan yillar davomida oʻzaro munosabatlar murakkab sinovlar davrini bosib oʻtdi. Eng ahamiyatli jihati shundaki, oxirgi yillarda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston munosabatlarida jadal rivojlanish koʻzga tashlanmoqda. Teng manfaatli aloqalar yangi sifat bosqichga chiqdi. Mamlakatimizdagi barqaror siyosiy va iqtisodiy rivojlanish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yoʻlidagi birdamlik va zabt etilayotgan yangi marralar, global va mintaqaviy muammolarni hal etish yoʻlidagi davlatimiz rahbarining aniq va dadil tashabbuslari, umuman, qoʻlga kiritilayotgan barcha muvaffaqiyatlarimiz Yevropalik hamkorlarimizning bundan oʻn yil avvalgi qarashlarini tubdan oʻzgartirib yubordi. Har qaysi zamonda tashqi siyosat ichki siyosatning mantiqiy davomi sifatida koʻrilar ekan, yangilanayotgan Oʻzbekistondagi xalqchillik, ochiqlik, shaffoflik va oʻzaro manfaatdorlik tamoyillari mamlakatimiz tashqi siyosatida ham oʻz aksini topayotganligi, ichki va tashqi siyosatning uygʻunligi buning uchun zamin yaratgan boʻlsa, ajabmas. Eʼtirof etish mumkinki, mamlakatimiz ichkarisidagi oʻzgarishlarning xalqaro maydondagi evrilishlarga hamohangligi va toʻliq uygʻunlashib borayotganligi Yevropalik hamkorlarimizda ishonch ruhini yanada kuchaytirdi. Ayniqsa, 2017-yilda Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi aloqalarida yangi bosqich boshlandi. Hozirgi paytda zamon va u bilan birgalikda xalqaro vaziyat, xalqaro hamjamiyat va xalqaro aloqalar tabiati shiddat bilan oʻzgarmoqda ekan, oʻzgarishlar davri daʼvati mazkur bosqichning mantiqiy asosini tashkil etadi. Shu bois, 2017-yil noyabr oyida azim Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun yurtimizga birinchi marta tashrif buyurgan Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili F.Mogerini Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo munosabatlarining ustuvor yoʻnalishlari xususida gapirar ekan, oʻzgarishlar davri sherikchiligi gʻoyasini ilgari surdi. Shu asnoda, aytish mumkinki, ikki tomonlama aloqalardagi turgʻunlik kayfiyatini shiddatli oʻzgarishlar davrining uygʻoq ruhi egalladi. Oʻtgan qisqa vaqt ichida diplomatik aloqalar “quyuqlashdi”. Tashqi siyosatning haddan tashqari siyosiylashgani va mafkuraviylashgani “sovuq urush” davrining asoratidir. Har narsadan hadiksirash, xavfsirash va yovqarash buning asosiy alomatlari edi. Biz bu davrni oʻz boshimizdan kechirdik. Harakatsiz hech narsaga erishib boʻlmasligi, eng kichik imkoniyatlar maylida ham harakatdan toʻxtamaslik lozimligi, buyuk natijalarga, baʼzan, mayda qadamlar bilan erishilishi, jarayonlar qutqusida faqat va faqat tezkor harakat qilish kerakligi yangi Oʻzbekistonning yangi davlat rahbarini shiori edi. Oʻz-oʻziga talabchanlik va ichki maʼsuliyat hissi orqaligini voqealar izmini boʻysindirish, undan oldinga oʻtib olish va uni “yetaklash” lozimligi Davlatimiz rahbari tomonidan qatʼiy ilgari surildi hamda oʻzining xatti-harakati va xulq-atvori bilan barcha darajadagi diplomatlarimiz uchun namuna boʻldi. Bularning barchasi Yevropalik hamkorlarimizni aniq qadamlar tashlashga undadi. 2017-yil 9-noyabr kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Federika Mogerini va Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻrtasida oʻzaro ishonchga asos yaratgan gʻoyat yuqori darajadagi muloqot tashkil etildi. 2019-yil 31-mayda esa Toshkentda Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev hamda Yevropa Ittifoqi Prezidenti Donald Tusk uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Yevropa Ittifoqi rahbarining Oʻzbekistonga ilk tashrifi diplomatik aloqalarning 25 yilligiga toʻgʻri keldi. 2017-yildan Yevropa investitsiya banki (YEIB) hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yangidan yoʻlga qoʻydi. 2017-yil oktyabrda Oʻzbekiston YEIB bilan hamkorlik boʻyicha bitim imzolandi, 2017-yil noyabrda YETTB Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochdi. Global va mintaqaviy muammolarni hal etishda tomonlarning oʻzaro anglashuv va tushunish asnosidagi qarashlari tobora yaqinlashib bormoqda. Fikrimiz isboti sifatida quyidagilarni keltirib oʻtish mumkin. Yevropa Ittifoqi Orol fojiasi, Orolboʻyi mintaqasining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolariga nisbatan hamda Orol dengizining hayotbaxsh manbalari – Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan oqilona foydalanish sohasida ilgari surayotgan Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyatining rasmiy munosabatiga oʻz xayrihohligini bildirib kelmoqda. Global va mintaqaviy xavfsizlik tizimining eng zaif nuqtasi boʻlib qolayotgan Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish va barqaror taraqqiyotga yoʻl ochish borasida ham manfaatlar uygʻunligi va oʻzaro izchil hamkorlikni kuchaytirish istagi yaqqol namoyon boʻlmoqda. Eslatib oʻtish joizki, Yevropa Ittifoqi Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish va mamlakat iqtisodiyotini tiklash ishiga eng katta ulush qoʻshayotgan homiy tashkilotdir. U 2010-yilda boʻlib oʻtgan Afgʻon muammosiga bagʻishlangan Qobul va London xalqaro konferensiyalarining tashkilotchisi sifatida maydonga chiqdi. 2002-yildan beri Ittifoqning Afgʻonistonga ajratgan insonparvarlik va iqtisodiy yordami qariyb 4 mlrd. yevroni tashkil etadi. Afgʻonistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan chegaralarini mustahkamlash orqali Yevropa Ittifoqi mintaqamiz xavfsizligini taʼminlashga hissa qoʻshib kelmoqda. Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Afgʻonistonda tezroq tinchlik va barqarorlik oʻrnatish istagini bildiribgina qolmay, ushbu mamlakatga xalqaro insonparvarlik yordamini yetkazib berish va milliy iqtisodni tiklash ishlariga faol ishtirok etib kelmoqda. 2018-yil 27-martda Toshkentda oʻtkazilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi uchrashuvlar tomonlarning qarashlarini yanada yaqinlashtirdi. Unda nutq soʻzlagan YEIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Federika Mogerini Afgʻonistondagi vaziyatni baraqarorlashtirishga oid rasmiy Toshkent tashabbusini qoʻllab-quvvatlashi, bu masala Bryusselning ham doimiy eʼtiborida ekanini qayd etdi. Shu bois, Yevropa Ittifoqining nufuzli siyosiy arbobi Afgʻoniston iqtisodi va infratuzilmalarini tiklash borasida Oʻzbekiston ilgari surayotgan aniq taklif va loyihalar hamda amaliy sayi-harakatlar uchun mamlakatimiz prezidentiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun tomonlar muhim strategik hujjatlar qabul qilmoqda. 2019-yil 19-iyunda Ittifoq Markaziy Osiyo boʻyicha oʻzining yangi strategiyasini qabul qildi. “Yevropa ittifoqi va Markaziy Osiyo: mustahkam hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar” deb nomlangan hujjat Byursselning mintaqa davlatlari bilan munosabatlari tarixida yangi sahifa ochishga xizmat qiladi. Bryussel rasmiylariga koʻra, yangi geosiyosiy voqelik hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash zarurati ushbu hujjatni ishlab chiqishga undagan. Ayni paytda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston uchun 2021-2027-yillarga moʻljallangan dasturi ishlab chiqilmoqda. Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrida qabul qilingan Bayonnomasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish Rejasi amalga tizimli tatbiq etib kelinmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil iyunda “Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha yangilangan Strategiyasini amalga oshirishda Oʻzbekistonning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilgan.
Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonni jahon hamjamiyatiga, ayniqsa, xalqaro iqtisodiy tuzilmalarga aʼzo boʻlib kirish orqali jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga alohida koʻmak koʻrsatib kelmoqda. 2019-yil 11-noyabrdayoq Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilishi uchun 5 million yevro grant ajratdi. Ushbu mablagʻ tashkilotga aʼzo boʻlish jarayonida zarur hujjatlarni tayyorlash, oʻzbekistonlik mutaxassislarning JST kelishuvlari va xalqaro savdo tizimiga oid bilimlarini oshirishda ishlatiladi.2021-yil 9-aprel kuni yana bir muhim voqea sodir boʻldi. Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqining Preferensiyalar bosh tizimi doirasida qoʻshimcha imtiyozlardan foydalanish huquqini qoʻlga kiritdi. Bu esa Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 6200 turdagi mahsulotlarni bojxona bojlarisiz Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilish imkonini beradi. Oʻzbekistonga nisbatan GSP+ preferensiyalar tizimining, ayniqsa, mamlakatimiz COVID-19 inqirozi bilan kurashayotgan pallada taqdim etilishi, albatta, tahsinga sazovordir.Fan va taʼlim sohasi Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligining eng istiqbolli yoʻnalishi boʻlib qolmoqda. Mamlakatimizdagi taʼlim va tadqiqotchilik muassasalari Yevropa Ittifoqining “Yerasmuz”, “Gorizont” kabi xalqaro grant dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Har yili yuzlab oʻzbekistonlik talabalar Yevropa universitetlarida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Ayniqsa, Erasmuz Jan Mone grant loyihalari yoʻnalishida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Markaziy Osiyo mintaqasida eng peshqadam oliygoh hisoblanadi. 2020-yilgi tanlovlar natijasida universitet jamoasi tomonidan qoʻlga kiritilgan grant doirasida mintaqamizda yagona Toshkent Yevropa tadqiqotlari markazi tashkil etildi. Markaz direktori G.Ismailovaning soʻzlariga koʻra, “Bugungi kunda “kelajak”, “taʼlim” va “yoshlar” ayni bir mazmunni ifodalovchi bir maʼnoli soʻzlarga aylangan ekan, fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik ustivor yoʻnalish boʻlib qolaveradi. Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda rivojlanishni olib keladi.
Xulosa Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda Yevropaliklar tomonidan “qoʻshnilarimizning qoʻshnilari” deb atalayotgan Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari yangi sifat bosqichiga chiqdi. Ikki tomonlama aloqalar yangicha xarakter kasb etib, turgʻunlikdagi hamkorlikdan oʻzgarishlar davri sherikchiligiga aylanmoqda.
Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqining moddiy koʻmagiga koʻz tikuvchi benefitsiar davlatdan savdo-iqtisodiy munosabatlardagi teng manfaatli hamkoriga aylanmoqda.
Eng muhimi, Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi aloqalarining yangi bosqichi nafaqat yuqori darajadagi hukumatlararo darajada, balki jamiyatning nodavlat tuzilmalari, fuqarolik jamiyati institutlari, ishlab chiqaruvchilar va biznes guruhlari, ilm-fan namoyondalaridan iborat “quyi qatlam” doiralarida ham oʻz taʼsirini sezdirmoqda. Davlat va hukumatlararo oliy darajadagi aloqalar oddiy insonlar oʻrtasidagi kundalik muloqot tusini olmoqda.
Soʻnggi soʻz oʻrnida, Yevropalik hamkorlar tomonidan katta eʼtibor bilan kutilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yevropa Ittifoqiga tashrifi ikki tomonlama aloqalarning keyingi istiqboli uchun, albatta, muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.