1.2O’zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorligi.
1999 yil 12 mayda O’zbekiston uchun juda katta voqea ruy berdi.Shu kunni Fransiya Milliy Kengashi parlamentning quyi palatasi O’zbekiston bilan Yevropa ittifoqi urtasida sherikchilik va hamkorlik borasidagi bitim matnini kurib chiqadi va qabul qiladi. Fransiya parlamentining yuqori palatasi tomonidan ushbu Bitim 1998 yil 22 dekabrida ma'qullangan edi. Shunday qilib, O’zbekiston bilan Yevropa ittifoqi o’rtasidagi sherikchilik va hamkorlik bobodagi Bitimni Fransiya Yevropa ittifoqiga a'zo bo’lgan 15 mamlakatning eng so’ngisi bo’lib qabul qildi. Aytib o’tilgan bu bitimga I.Karimov YEI ga a'zo bo’lgan mamlakat rahbarlari bilan 1996 yil 21 iyunda Florensiyada bo’lib o’tgan uchrashuvda imzo chekkan edi. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga kirgan mamlakatlar rahbarlari orasida bunday sharafcha faqat bizning mamlakat va Rossiya rahbari muyassar bo’lgan edi. Yevropa ittifoqining iqtisodiy jihatdan tez rivojlanish va xalqaro hayotdagi ta'sir doirasi uni jahondagi sanoat, moliyaviy va milliy texnikaviy jihatdan taraqqiy etgan zamonaviy uch markazning biriga aylantirdi. Yevropa Ittifoqi doirasida 370 million aholini o’ziga qamrab olgan katta bozor vujudga keldi. Ushbu bozorning imkoniyatlari nihoyatda beqiyosdir. Shuni ta'qidlash lozimki,YEI hududida muayyan tabiiy resurslar yo’q hisobi. Shundan ayon bo’ladiki, Yevropa Ittifoqi yirik yoqilgi va boshqa hom ashyo iste'molchisi hisoblanib, uning xo’jalik faoliyati ko’p jihatdan xalqaro savdo sotiqning erkinligi bilan uzviy bogliqdir.
2. O’zbekiston Respublikasi Yevropa ittifoki mamlakatlari bilan aloqalari.
O’zbekiston tashqi siyosatining Yevropa yunalishi qat'iyatlik bilan rivojlanmoqda. O’zbekiston Prezidentining Germaniyada 1993 yil 28 aprel kuni boshlangan va 5 kun davom etgan rasmiy tashrifi O’zbekiston bilan Germaniya o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yishda muhim ahamiyatga egadir. I.Karimov Germaniya rahbarlari bilan suhbatlar olib borib,ikki davlat o’rtasida madaniy hamkorlik to’grisida, sarmoyalar quyishni amalga oshirish va o’zaro himoya kilishga kumaklashish to’grisida, ilmiy tadqiqotlar va mutahasislar fondini tashkil etish to’grisida bitimlar imzolandi.
“Doyche bank”, “Mersedes bens”, simens kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo’ldi. Ular bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Ramon Gersog O’zbekistonda istiqomat qilayotgan 50 mingdan rotik nemis millatiga mansub O’zbekiston fuqorolarining hayoti bilan tanishib,ular uchun teng imkoniyatlar yaratilganligidan mamnun bo’ldi.
1994 yil 9-12 iyun kunlari O’zbekiston davlat delegasiyasi Niderlandiyada (Gollandiya) bo’ldi. Safar natijasida O’zbekiston va Gollandiya o’rtasida davlatlararomunosabatlar prinsiplari haqida Bayonot va savdo iqtisodiy Hamkorlik haqida protakol imzolandi. O’zbekiston bilan Fransiya o’rtasida munosabatlar urnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.1993 yil 28-30 oktabr kunlari O’zbekiston delegasiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikka asos soldi.
O’zbekiston Finlandiya,Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Italiya, Ispaniya,Gresiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvakiya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatdi. Va kengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida O’zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo’ldi. 1995 yil oktabrda Jenevada “O’zbekistonda hususiy hamkorlik uchun imkoniyatlar mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi.
O’zbekiston bilan Yevropa ittifoqi o’rtasida aloqalarni yo’lga qo’yilishi mamlakatimizning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligini yangi bosqichga kutardi.
O'zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ga a'zo bo'lib kirdi. I.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo'lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so'zlashi va Kengashning 10 iyulda bo'lgan majlisiga raislik qilishi O'zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallayotganligining dalilidir. I.Karimov o'z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorplikni buzishi mumkin bo'lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo'l qo'ymaslik muammolari bilan shug'ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta'sirchanligini oshirish, ularning mojarolarning oldini olish, yo'l qo'ymaslik ruhida bo'lishini ta'minlash takliflarini ilgari surdi. 1994 yil sentabr oyining oxirlarida Toshkentda YEXHTning umumiy masalalarga bag'ishlangan xalqaro anjumani bo'lib, unda tashkilot faoliyatining barcha qirralariga oid masalalar ko'rib chiqildi. YEXHT Toshkentda va Urganchda atrof-muhitni qayta tiklash bo'yicha seminarlar o'tkazdi, Orol muammosini hal qilishga ko'maklashmoqda. 1995 yil iyulda Toshkentda YEXHTning aloqalar bo'yicha mintaqaviy byurosi ochildi va faoliyat ko'rsatmoqda.
YEXHTning 1996 yil dekabrda Lissabon sammitida XXI asr arafasida yalpi xavfsizlik modelini yaratish xususida munozara bo'ldi. O'zbekistonning mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog' yetkazib berishni to'xtatish, YEXHTning Markaziy Osiyo faoliyatini kuchaytirishga oid takliflari ma'qullandi va Lissabon deklarasiyasida hujjatlashtirildi.
O'zbekiston tashabbusi bilan 1996 yilning 11-13 sentabr kunlari Toshkentda YEXHT Demokratik muassasalar va inson huquqlari bo'yicha Byurosi (DIIHB)ning “Inson huquqlari bo'yicha milliy muassasalar” mavzusidagi xalqaro seminar-kengash bo'lib o'tdi. Unda Markaziy Osiyo, Yevropa, Amerikadagi 21 mamlakat ekspertlarining, shuningdek 29 ta xalqaro va nohukumat tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar. Seminar-kengashda Markaziy va Sharqiy Yevropada ombudsman instituti, inson huquqlari bo'yicha milliy muassasalar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimini takomillashtirish, xalq ta'limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalalari ko'rib chiqildi. Bu tadbirlar O'zbekistonning tinchlik o'rnatuvchi va huquqni himoya qiluvchi nufuzli tashkilot YEXHT bilan yaqin va samarali aloqalar o'rnatganligidan dalolat beradi.
O'zbekiston ko'pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, NATO, EKO, Islom konferensiyasi tashkiloti, qo'shilmaslik harakati va boshqalar Bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda.
1996 yil fevral oyida O'zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik o'rnatish bo'yicha muzokaralar boshdi. Shu yil iyul oyida Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi bilan O'zbekiston o'rtasida sherikchilik va hamkorlik to'g'risida Bitim imzolandi. Bu hujjat O'zbekiston, Yevropa Ittifoqi va unga a'zo bo'lgan mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning huquqiy negizi bo'lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik O'zbekistonning xavfsizlik va taraqqiyotini ta'minlovchi muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi.
https://images.app.goo.gl/9srrtTiwq1mJmwBz8
Do'stlaringiz bilan baham: |