II Bob. O’zbekistonda tavakkalchilik
O’zbekistonda tavakkalchilikni kamaytirish chora tadbirlari
O’zbekistonda tavakkalchilikni kamaytirishga katta ahamiyat beradi. Hozirgi kunda
O’zbekistonda sug’urta bozori rivojlangan. Sug‘urta bo‘yicha qonunchilik bazasi
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyati Fuqarolik kodeksi va 2002.05.04 da qabul qilingan
«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida tartibga solinadi. Shuningdek sug‘urta
faoliyatini tartibga solish uchun qator qoidalar va uslubiy qo‘llanmalar qabul qilingan.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008.21.05 „Sug‘urta bozorini
rag‘batlantirish va yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida“gi qaroriga ko‘ra soliq imtiyozlari qo‘llash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomi.
«Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Qabul qilingan sana
27.11.2002; Shu tariqa tavakkalchilikni kamaytirishga harakat qilinmoqda.
O’zbekistonda ham iqtisodchilarga yordam berish maqsadida tavakkalchilikni
kamaytirish maqsadida turli ishlarni amalga oshirilmoqda. Iqtisodchilarni toliq axborot
bilan taminlash uchun turli ishlarni qilmoqda. Ularga axborotni ko’proq yetishtirib
berish uchun turli tashkilotlar ochgan.
Hozirgi vaqtda iste’molchi huquqini himoya qiluvchi qonunlar ishlab chiqilgan. Bu
qonunga ko’ra iste’molchi sotib olingan tovardan foydalanishi davomida ko’rgan
jismoniy hamda ma’naviy yo’qotishlarini qoplashni sotuvchidan talab qilishga haqi
bor. Lekin, iste’molchi huquqini himoya qilishda ob’ektiv chegara bo’lishi lozim.
Rivojlangan davlatlarda iste’molchining yo’qotishini qoplash sotib olingan tovar
qiymatining uch barobaridan oshmasligi kerak.
Ma’lumki, iste’molchi huquqini himoya qilish sotiladigan tovar va ko’rsatiladigan
xizmat to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishni taqozo qiladi. Lekin, bunday
axborotni
olish mumkinmi
, degan savol tug’iladi. Bu erda iste’molchilar jamiyati va ommaviy
axborot vositalari (gazeta, radio, televidenie), qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyat organlari muhim rol o’ynaydi. Axborot berishda firmalarning o’zi ham katta
rol o’ynaydilar. Lekin, axborot uchun haq to’lash kerak. Axborotlarni axborot
egalaridan olib axborotga muxtoj bo’lganlarga etkazib berib turish muhum masaladir.
Xulosa.
Yuqoridagi ma’lumotlarni jamlab xulosa qiladigan bo’lsak:
Biror noaniq holda yani axborot yetarli bo’lmaganda qaror qabul qilish bilan iqtisodchi
tavakkalchilikka qo’l uradi. Albatta iqtisodda tavakkal muhum rol o’ynaydi. Chunki
tadbirkor ko’pincha eng katta foydani ko’zlaydi. Bunday holatda tavakkalsiz katta
yutuqlarga erisha olmaydi.
Lekin tavakkalchilik salbiy oqibatlar ham olib kelishi mumkin. Tavakkalchilik bilan
doim ham ijobiy natijalarga erishib bo’lmaydi. Bu orqali cheklangan resurslarni
samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo’qotishga olib keladi.
Bilamizki iqtisodning eng kata maqsadi resurslardan samarali foydalanish, ularni isrof
bo’lishini oldini olishdan iboratdir. Chunki resurslar cheklanga ehtiyojlar esa cheksiz
hisoblanadi. Tavakkalchilik bilan tadbirkor daromadini yo’qotishi ham mumkin, yana
u ortiqcha vaqt sarflaydi. Albatta vaqt iqtisodchi uchun pul turadi. Shu sababli ham
iqtisodda qilinyotgan tavakkalchilikni aniqlash va uni o’lchash tushunchasi kerak
bo’ladi.
Ma’lumki tavakkalchilikka munosabat har bir insonda har xil bo’ladi. Hamma ham
tavakkal qila olmaydi. Insonlar ta
vakkalchilikga borishga tayyorligi bo’yicha uch turga
bo’linadi: a)tavakalchilikga borishga moyil insonlar, b)tavakkalchilikga borishga
qarshi, ya’ni moyil emas va c)tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar. Bu
insonlar shaxsiy psixalogiyasi bilan bog’liqdir.
Iqtisodchi to’g’ridan to’g’ri tavakkalchilikka qo’l urmaydi garchi u tavakkalchilikka
borishga moyil inson bo’lsada. U tavakkalchilikni kamaytirishi mumkin. Bunda asosin
axborotga tayanadi. Axborot bilan taminlash tavakkalchilikni kamaytirishning eng
muhum omili hisoblanadi. Chunki qancha ko’p malumoti bo’lsa tavakkalchiligi
shunchalik kamayadi. Bundan tashqari tavakkalchilikni pasaytiruvchi omillarga
mahsulot sifati, sug’urta, fyucherslar, olib sotarlar ham katta yordam beradilar.
Shunday qilib biz hayotda iqtisodiy qarorlar qabul qilisda noaniqlik va tavakkalga doim duch
kelar ekanmiz. Biz bu tavakkalchilikdagi yo’qotishlarni minimallashtirishimiz va foydani
maksimallashtirishimiz kerak ekan. Amalga oshirmoqchi bo’lgan ishlarimiz haqida to’liq
mal
umotga ega bo’lgan holda, tavakkalchilikni kamaytira olamiz va daromadlarimizni
maksimal qila olamiz. Shu tariqa Iqtisodda turli salbiy holatlarning yuzaga kelishi oldini olgan
bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |