O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT
UNIVERSITET
“Iqtisodiyot” kafedrasi Mikroiqtisodiyot “ fanidan
KURS ISHI
MAVZU “Iqtisodiy qaror qabul qilishda tavakkal va noaniqlik
Bajardi: “URDU”“Iqtisodiyot va turizm fakulteti” 2–kurs(sirtqi) talabasi
Toyirov Sanjarbek Qadamboy o’g’li
Kirish.
1.
Bob. Tavakkalchilik va uning iqtisoddagi ahamiyati.
1.
Iqtisodda noaniqlik, noaniqlik sharoitida iqtisodchi tanlovi.
1.
Tavakkalchilikni baholash va o’lchash.
2.
Tavakkalchilikka bo’lgan munosabat.
3.
Tavakkalchilikdagi iqtisodchi yutug’i va yo’qotishi.
4.
Iqtisodiy qaror qabul qilishda tavakkalchilikni kamaytirish omillari.
1.
Axborot bilan taminlash.
2.
Mahsulot sifati haqidagi malumot.
3.
Sug’urtalash bozorlarini ko’paytirish.
4.
Tavakkalchiliklarni qo’shish va taqsimlash.
5.
Olib sotatarlarning iqtisoddagi o’rni va faoliyati.
6.
Auksionlar. Fyucherslar, opsionlar va xedjirlashtirishlar.
5.
Investitsiya va tavakkalchilik
2.
Bob. O’zbekistonda tavakkalchilik.
1.
O’zbekistonda tavakkalchilikni pasaytirish chora tadbirlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Iqtisodda qaror qabul qilishda noaniqlik va tavakkalchilikni ahamiyati
haqida gapirar
ekanmiz
, avvalo noaniqlik va tavakkalchilikni kundalik hayotdagi ahamiyatiga
qarashimiz kerak. Avvalambor shuni aytish lozimki hayotdagi har bir hodisa bir
o’zgacha jumboq, noaniqlikni o’zida mujassamlantiradi. Hamma narsa ham aniq
bo’lavermaydi. Bunday paytlarda bir qarorga kelish, bizga eng yaxshi yo’lni tanlash
masalasi oldimizda turadi. Bu holatda nazariya va amaliyotga tayangan holda
tavakkal qilinadi. Biz mazkur ishda iqtisoddagi tavakkalning o’rni haqida gapirib
o’tamiz.
Bilamizki iqtisoddagi barcha ko’rsatkichlar (narx, iste’molchi daromadi, ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdori,
olinadigan foyda
, xarajatlar) aniq berilgan bo’lmaydi.
Bunday pay
tda bozor sub’ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan
bog’liq. Ma’lumki, to’g’ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Noaniqlik
sharoitida qaror qabul qilish deganda, to’liq axborot bo’lmaganda qaror qabul qilish
tushunil
adi. Biror voqea yoki hodisa to’g’risida axborot to’liq bo’lmasa, qabul qilingan
qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni iqtisodchi malum bir miqdorda o’z daromadini
yo’qotadi. Ushbu yo’qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Hayotda shunday vaziyatlar bo’ladiki noaniqlik (tavakkal) darajasini tanlashimizga
to’g’ri keladi. Masalan, biz malum miqdorda pul yig’dik. Bu jamg’arilgan pulni nimaga
sarflasak bo’ladi? Nima qilsak bu pul bizga yuqori daromad keltiradi? Shu pulni bank
hisob varag’i kabi biron-bir xavfsizroq joyga qo’ygan ma’qulmi yoki xavfi kattaroq
bo’lsada, fond birjasi kabi daromadi yuqoriroq joyga qo’yish ma’qulmi? Yana boshqa
bir misol ish yoki lavozimni tanlash masalasi bo’lishi mumkin. Yirik, barqaror, ish
bilan ta’minlanish ishonchli bo’lgan, lekin xizmat vazifasi bo’yicha ko’tarilish
cheklangan kompaniyada ishlash yaxshimi yoki o’sish uchun imkoniyatlari katta,
ammo bandlik kafolatlari past bo’lgan yangi korxonaga ishlash ma’qulmi?
Bulardan ko’rinib turibtiki daromadi kata bo’lgan yani naflilik darajasi yuqori bo’lgan
yo’llarda tavakkalchilik ham kata bo’ladi. Qanchalik katta tavakkalchilikka qo’l ursak
shuncha katta daromad keltiradi yoki aksincha. Lekin doim ham katta risk yuqori
darajada daromad keltiradi degani emas. Iqtisodchi bunday paytda hamma
ma
blag’ini yo’qotib qo’yishi ham mumkin. Shu sababli ham ba’zi tadbirkorlar kam
daromad bo’lsa ham tavakalchilikdan qochib kafolatlangan natijali ishga mablag’larini
sarflashadi.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik (yo’qotish) darajasini bilish,
uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora tadbirlar
ko’rishga imkon beradi.
Iqtisodda tavakkal taxlil qilish jarayonida o`zbek olimlaridan G`ulomov va
Egamberdiyev muallifligidagi kitoblar katta yordam berdi. Bu mavzuning dolzarbligi
shundaki har bir tadbirkor faoliyatidagi noaniqlik (tavakkal) ning miqdorini bilish bilan
oldini olish yoki bu yo’qotishlarni kamaytirish va bu holat jamiyat uchun zarar
keltirmasligi kerakligidir. Kurs ishini yozishdan maqsadlar:
•
Tadbirkorlarning noaniqlik sharoitidagi faoliyatini tahlil qilish
•
Tavakkalchilikni kamaytiruvchi omillarni o’rganish.
•
Tadbirkorlarning tavakkalchilikka bo’lgan munosabatlarini o’rganish.
•
Bu xususida O’zbekistonda olib borilayotgan chora tadbirlar va bularni insonlar
hayotidagi muhim rolini tahlil qilishdan iborat.