10. O’rta asrlarda qaysi yer turi asosan lalmikor va tog’oldi yerlaridan iborat bo’lgan?
A) mulk yerlari B) jamoa yerlari
C) iqto yerlari D) mulki xos
11. 673-yilda arablar va Buxoro hukmdorlari o‘rtasida tuzilgan sulhga ko‘ra buxorxudot qanday majburiyat oldi?
A) arablar safiga 30 ming askar etkazib berish
B) masjid bino qilish
C) bir lak hajmida boj to‘lash
D) shaharda bironta ham askar saqlamaslik
12. Arablarga qarshi ko‘tarilgan qaysi qo‘zg‘olon natijasida shahar va qal’alar ichida qurshovda qolgan arab istilochilari katta o‘lpon va e’tiborli vakillarini qo‘zg‘olonchilarga garovga berish yo’li bilan jon saqlaydilar?
A) Muqanna qo‘zg‘oloni
B) 720-yilgi G‘urak va Divashtich qo‘g‘oloni
C) 750-yilgi Buxoro vohasi qo‘zg‘oloni
D) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni
13. VII-IX asrlarda Xitoy bilan bo‘lgan savdoda asosiy o‘rinda turgan?
A) choy, ipak mato, tuz, ot
B) qo‘y, shoyi, shamlar, cho‘qqi qalpoqlar
C) mo‘yna, temir, qo‘rg‘oshin, ipak
D) qora mol, teri mahsulotlari, guruch, bug‘doy
14. Quyidagi qaysi davlatlarda hukmdorlar “yabg‘u” deb ham yuritilgan?
A) Somoniylar, Qoraxoniylar
B) Qarluqlar, Qoraxoniylar
C) O‘g‘uzlar, G‘aznaviylar
D) Safforiylar, Qarluqlar
15. Qarluq savdogarlari chetga asosan qanday mahsulotlarni chiqarar edi?
A) chorva mollari
B) temir va qo‘rg‘oshin mahsulotlari
C) jun mahsulotlari
D) dehqonchilik mahsulotlari
16. Amir Temurga jangsiz taslim bo‘lgan hududlarni aniqlang?
1) Balx 2) Qavsiya 3) Sabzavor
4) Shibirg‘on 5) Urganch 6) Saraxs 7) Jom
A) 2, 3, 6, 7 B) 1, 3, 5,6
C) 2, 4, 5, 6 D) 4, 5, 6, 7
17. Amir Temur Muhammadqozi ismli o’z vakilini qaysi davlatga elchi qilib jo‘natgan edi?
A) Fransiyaga B) Peraga
C) Angliyaga D) Ispaniyaga
18. Arab xalifasining Ismoil Somoniyga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur qilgan omilni aniqlang.
A) Ismoil Somoniyning Xurosonni egallab olishi
B) Ismoil Somoniy tomonidan Taroz shahrining egallanishi
C) Ismoil Somoniy tomonidan butun Movarounnahrning birlashtirilishi
D) xalifa Mu’tazid qo‘shinlarining somoniylardan yengilishi
19. Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixchamboshqaruv ma'muriyatini tashkil etdilar. U ........... va ............. dan iborat edi.
A) vazir devoni va 10 ta mahkama
B) amir dargohi va devonlar
C) amir va noiblar
D) saroy a’yonlari va harbiy boshliqlar
20. O‘rta Osiyoda ilk o‘rta asrlarda haykaltaroshlik rivojiga ayniqsa ........... kuchli ta'sir ko'rsatgan.
A) rassomchilikning yanada takomillashuvi
B) kulolchilikning rivojlanishi
C) bu yerlarda nisbatan osoyishtalikning hukm surishi D) buddaviylik dini
Do'stlaringiz bilan baham: |