24. O`rta asr hunarmandchiligida … eng rivoj topgan sertarmoq sohaga aylanadi?
A. Qurolsozlik B. Chilangarlik
C. Shishasozlik D. Kulolchilk
25. Temuriylar davrida kamolotga yetgan sohani ko`rsating?
A.Turli xil shakldagi kulolchilik buyumlarini tayyorlash
B. Tosh yo`nish, unga sayqal berib, o`ymakor naqshlar va xushxat yozuvlar bitish
C. Sifatli, xaridorgir qog`ozlar ishlab chiqarish
D. Turli xil eshiklar, panjaralar, ustun va shunga o`xshash narsalar yaratuvchi yog`och o`ymakorligi
26. Go`ri Amir va Shohizindaning oyatlar bitilgan naqshinkor eshiklari …. xalq ustalarining yog`och o`ymakorligi san’atidagi eng nodir namunalaridan hisoblanadi?
A. XIV asr B. XV asr
C. XIV-XV asr D. XVI asr
27. Temuriylarning chet davlatlar bilan o`zaro savdo-sotig`ining kengayishida nima katta rol o`ynagan?
A. Mintaqadagi yetakchi davlat sifatidagi o`rni
B. Davlatning qulay geografik joylashuv o`rni
C. Temuriylarning qo`shni davlatlarga nisbatan kuchli bosimi
D. Qo`shni mamlakatlar bilan olib borgan elchilik aloqalari
Do'stlaringiz bilan baham: |