Aqliy mehnat vaqtida (o‘qish, yozish, fikrlash, masala yecliish, dars tinglash, tayyorlash va hokazo), asosan, ko‘rish, eshitish, nutq organlari va bosh miya po‘stlog‘i markazlarining nerv hujayralari ish bajaradi. Ma’lum vaqt davomida bu sezgi organlari va ulaming miyadagi markazlarining ish bajarish qobiliyati yaxslii
bo‘ladi. Ammo aqliy faoliyat uzoq davom etaversa, ulaming ish qobiliyati asta-sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi.
Miya nerv hujayralari charchashining oldini olish uchun kundalik hayotda bir necha xil gigiyena tadbirlari joriy qilingan. Jumladan, maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida har 45 minutlik darsdan keyin 5—10 minutlik tanaffus vaqtida sinf xonasini shamollatish, sinf xonasida o‘tirmasdan maktab hovlisiga chiqib yurish, badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazish, har xil harakatli sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish kerak.
Jismoniy mehnat tananing skelet muskullari, paylari, bo‘g‘im- lari, orqa va bosh miyaning nerv hujayralari to‘plamidan tashkil topgan harakat markazlari ishtirokida bajariladi. Ma’lum bir jismoniy mehnat bajarilgan vaqtda shu ishni bajarishga taalluqli muskul guruhlari qisqarib-bo‘shashadi, ulaming ishini boshqaruv- chi nerv markazlari qo‘zg‘aladi. Murakkab harakatlar bilan bog‘liq jismoniy ishlarni bajargan vaqtda bir necha muskul guruhlari ishtirok etadi va ulaming miyadagi nerv markazlari qo‘zg‘aladi. Bu murakkab harakatlar bir necha kun, oy davomida muntazam takrorlanib turilganda, bu harakatlarda ishtirok etuvchi muskullar bosh miya po‘stlog‘idagi bir necha nerv markazlarining bir vaqtda qo‘zg‘alish, ular o‘rtasida vaqtincha bog‘lanish yoki harakatlantiruvchi shartli reflekslar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu esa murakkab harakatlar tez, oson, silliq bajarilishiga imkon beradi.
Nevroz nima? Nerv sistemasining faoliyatiga odam yashay- digan va mehnat qiladigan muhit sharoiti katta ta’sir qiladi. Og‘ir aqliy mehnat, oiladagi umsh va janjallar, ishxonadagi kelish- movchiliklar odamning nerv sistemasiga ta’sir etib, uning kay- fiyatini buzadi. Agar bunday ta’sir uzoq vaqt davom etadigan bo‘lsa, odamni nevrozga olib kelishi mumkin.
Nevroz — nerv sistemasi oliy nerv faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq og‘ir ruhiy xastalik.
Nevroz ruhiy shikastlanish oqibatida yuzaga keladi. Qayg‘u, alam, ranjish, qo‘rquv, qiyinchiliklar tufayli kelib chiqadigan umidsizlik kabi hissiyotlar nevrozning bevosita sababchisi bo‘ladi. Bemor serjahl, o‘zidan va atrofdagilardan norozi bo‘lib yuradi. Agar u davolanmasa, kasallik yana ham chuqurlashadi.
Bolalarda nevrozning paydo bo‘lishi. Bolani go‘daklikdan noto‘g‘ri, qattiqqo‘llik bilan tarbiyalash, qiziqish va erkini men- simaslik, tahqirlash unda qo‘rqoqlik, jur’atsizlik, o‘ziga ishon- maslikni keltirib chiqaradi. Bu xususiyatlar uning o‘z tengilariga qo‘shilishiga xalaqit beradi, oqibatda nevrozga olib keladi.
Bolaga ortiqcha mehribonlik, uning har qanday istaklarini bajo keltirish, o‘rinsiz maqtashlar, ya’ni arzanda qilib o‘stirish ham nevrozga olib keladi. Bunday bola o‘z shaxsigabino qo‘ygan, lekin irodasiz, mehnat va qiyinchiliklarga ko‘nikmagan, injiqbo‘lib o‘sadi.
Nerv kasalliklarining oldini olish uchun bolani to‘g‘ri tarbiya- lash, organizmni chiniqtirish, sport va badantarbiya bilan shug‘ul- lanish, aqliy va jismoniy mehnatni birga qo‘shib olib borish, mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya etish lozim.
Alkogolning oliy nerv faoliyatiga ta’siri. Alkogol barcha organlarga, ayniqsa, bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismiga kuchli ta’sir qiladi. Alkogol markaziy nerv sistemasida qo‘zg‘alish va tormozlanish holatlarining bir me’yorda kechishiga xalaqit beradi. Ichish shartli reflekslar hosil bo‘lishini sekin- lashtiradi; bosh miyaning ayrim qismlarini qo‘zg‘atib, xursand- chilik kayfiyatini paydo qiladi. Lekin miya po‘stlog‘i boshqa quyi markazlaming ishini nazorat qilmay qo‘yadi. Shuning uchun ichgan odam uyalmaydi, sog‘ holatda qilmaydigan ishlarga qo‘l uradi; o‘zini tutolmasdan, ko‘p gapiradi.
Alkogolning ko‘proq miqdori oliy nerv faoliyatini battarroq izdan chiqaradi, qo‘l, oyoq, til va ko‘zning harakatlanish aniq- ligini buzadi. Ichgan odam ko‘ziga narsalar qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinadi; u gandiraklab, tili aylanmasdan, g‘uldurab qoladi. Alkogolni muntazam iste’mol qilib turish alkogolizmga olib keladi. Alkogolizm, ya’ni ichkilikbozlik alkogolga ruju qo‘yish demakdir.
Giyohvandlik. Narkotik moddalar dastlab xursandchilik va xotir- jamlik hissini uyg‘otib, kayf qildirishi sababli iste’mol qilinadi. Keyinchalik organizm bu moddalarga o‘rganib qolishi oqibatida giyohvandlik kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |