Uning salomatligi


rasm. Chaqaloq bolaning kalla suyagi



Download 1,47 Mb.
bet16/109
Sana19.11.2022
Hajmi1,47 Mb.
#869214
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
Bog'liq
Uning salomatligi

rasm. Chaqaloq bolaning kalla suyagi:

A —yon tomondan ko'rinishi; В —yuqoridan ko'i'inishi;
1 — peshana liqildog'i; 2 — ensa liqildog'i; 3 — yon liqildoqlar.
D vitamini yetislimasligi yoki quyosh nuridan yetarli foyda- lanmaslik organizmda kalsiy va fosfor tuzlari almashinuvi buzilisliiga sabab bo‘ladi va suyaklanish jarayoni sekinlashadi. Natijada raxit kasaUigi kelib chiqadi. Bunday kasallikka ucliragan bolalaming suyagi yumshab, egiluvchan bo‘lib qoladi. Ayniqsa, oyoqlari, umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, chanoq suyaklari egrilanib qolishi mum kin. Bu esa ulaming qad-qomati normal shakllani- sliiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Odam va hayvonlar skeletidagi o‘xshashliklar. Evolutsion rivojlanish jarayonida ibtidoiy odam tik yurislii va melmat qilish faoliyati tufayli uning skeletida sutemizuvchi hayvonlarning skeletidan farq qiladigan o‘zgarislilar paydo bo‘la boshladi. Odam bosh miyasining yuksak darajada rivojlanganligi uning bosh skeleti miya qismining yuz qismiga nisbatan katta bo‘lishiga olib keldi. Hayvonlar bosh skeletining yuz qismi esa miya qismiga nisbatan yaxslii rivojlangan. Chunki ular dag‘al, qattiq oziq bilan oziqlanadi. Bundan tashqari, ulaming jag‘i hujum va liimoya organlari vazifasini ham bajaradi.
Odam skeletining o‘ziga xos belgilaridan bin asosiy mehnat organi bo‘lgan qo‘llarining tuzilisliidir. Qo‘lning yelka, bilak, kaftusti va panja bo‘g‘imlarida xilma-xil murakkab va nozik harakatlar bajariladi. Masalan, sportclii, raqqosa, zargar, soatsoz, rassom, haykaltarosh va hokazo mutaxassislaming qo‘l bilan bajaradigan ishlarini eslash kifoya. Bunday murakkab va nozik harakatlami bajarishda, ayniqsa, qo‘l bosh barmog‘ining roli nihoyatda katta.
Odamning tik yurislii uning chanoq suyaklari va chanoq bo‘shlig‘ining kattalashuviga sabab bo‘lgan. Shu tufayli chanoqda ko‘pgina ichki organlar joylashadi va liimoya qilinadi.
Odamning oyoq suyaklari hayvonlarning orqa oyoqlariga nis­batan kuclili rivojlangan va baquwatdir. Bunga sabab odam tik yuri- slii tufayli tana massasining ikki oyoqqa tushishidir. Bundan tashqari, odam oyoqlari bilan xilma-xil va murakkab harakatlami bajaradi.
@1. Suyaklar qanday to‘qimalardan tashkil topgan?

  1. Suyaklaming kimyoviy tuzilishini ayting.

  2. Suyaklaming o‘sishi haqida nimalarni bilasiz?

  3. Odamning yoshiga qarab suyaklaming kimyoviy tarkibi qanday o‘zgaradi?


  1. Download 1,47 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish