Morfologiya. Ot so‘z turkumi REJA: - 1. Qadimgi turkiy til morfologiyasi haqida ma’lumot.
- 2. Qadimgi turkiy tilda ot so‘z turkumi
- 3. Otlardagi kelishik kategoriyasi
Tayanch tushunchalar: - morfologiya, morfema, affiksal morfema, murakkab morfologik birliklar, agglyutinativ tillar, flektiv tillar,faol so‘zlar, so‘z yasovchi va shakl yasovchi affikslar, mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so‘z turkumlari, ko‘plik kategoriyasi, egalik kategoriyasi, kelishik kategoriyasi.
Qadimgi turkiy til morfologik tip jihatidan turkiy tillar singari agglyutinativdir. So‘z shakllari so‘zning negiziga maxsus qo‘shimchalarni muayyan tartibda qo‘shish yo‘li bilan yasaladigan tillar agglyutinativ tillar deb ataladi. Ammo qadimgi turkiy tildagi morfemalar hozirgi o‘zbek adabiy tili va singarmonizmni yo‘qotgan shevalardan singarmonistik variantlarining borligi bilan farqlanadi. Lekin bu sof morfologik farq bo‘lmay, fonetik farqdir. - Qadimgi turkiy til morfologik tip jihatidan turkiy tillar singari agglyutinativdir. So‘z shakllari so‘zning negiziga maxsus qo‘shimchalarni muayyan tartibda qo‘shish yo‘li bilan yasaladigan tillar agglyutinativ tillar deb ataladi. Ammo qadimgi turkiy tildagi morfemalar hozirgi o‘zbek adabiy tili va singarmonizmni yo‘qotgan shevalardan singarmonistik variantlarining borligi bilan farqlanadi. Lekin bu sof morfologik farq bo‘lmay, fonetik farqdir.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili morfologiyasidan qadimgi turkiy til morfologiyasining umumiy farqi quyidagilardan iborat: - Hozirgi oʻzbek tilida morfemalari miqdoran qadimgi turkiy tildagiga nisbatan ko‘p va mazmunanboy.
- Oʻrganilayotgan davr tilida hozirgi o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan morfemalar hamkoʻzga tashlanadi.
- Qadimgi turkiy tilda so‘z va shakl yasovchi oʻzlashma morfemalaruchramaydi.
- Qadimgi turkiy tilda murakkab morfemalar judaozchilikni tashkil etadi.
Qadimiy turkiy tildagi so‘zlar morfologik jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:
Ot - Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ot turkumiga oid so‘zlar uzoq tarixga ega. Ular jamiyat taraqqiyoti va xalq turmushdagi o‘zgarishlarga mos ravishda tilning ichki imkoniyatlari yordamida rivojlangan. Buni ko‘hna obidalar til xususiyatlarini kuzatish chog‘ida ham ko‘rish mumkin.
- Qadimgi turkiy tilda ot turkumiga kiruvchi so‘zlar ko‘p boʻlib, semantik tomondan hozirgi turkiy tillardagi singari xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tilda ot turkumiga mansub so‘zlar kishi nomlari - antroponim (Bilga qağan), zoonym - hayvon nomlari (qoy, bars, böri), jism nomlari (sub), qavm-qarindosh (qaŋ), astroponim(Ud, Ay) larni ifodalaydi.
Ko‘plik kategoriyasi - Qadimgi turkiy tilda ham otlar ko‘plik va birlik shakllarida qo‘llangan. Otlar birlikda qo‘llanganda maxsus ko‘rsatkich bo‘lmaydi. Otlarda ko‘plikni ifodalashning morfologik usuli sermahsuldir. Bular quyidagilardir:
- -lar/-läraffiksi:ağïlïqlar“boyliklar, xazinalar”
- –t(d). Bu davrda nfonemasi bilan tugagan soʻzlarning koʻpchiligi t ga aylangan holda yasalganini körish mumkin:tarqan (To‘n) -tarqat “tarxonlar”(KT),tegin –tigit“shahzodalar”(Oltun yorugʻ)
- -an /-änqo‘shimchasibilanhamko‘plikma’nosi ifodalangan va -an varianti qalin, -än esa ingichka negizgaqo‘shiladi:ärän “erlar”
Egalik kategoriyasi Kelishik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda 7 ta kelishik mavjud. - Bosh kelishik. Qadimgi turkiy tildahozirgi turkiy tillardagidek, bosh kelishik morfologik ko‘rsatkichi bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi.
- Qaratqich kelishigi quyidagi variantlarga ega: -nïŋ,-niŋ//-nuŋ,-nüŋ//-ïŋ, -iŋ//-uŋ -üŋ. Masalan: Bayïrqunuŋ,burxanlarnïŋ, täŋriniŋ, Külteginiŋ, uluğlarnïŋ, altunuŋ.
- 3.Tushum kelishigi -ğ, -g (-ïğ, -ig//-uğ, -üg//-ağ, -äg); -ï, -i// -n//-ni, -nï qo‘shimchalari bilan ifodalangan. Masalan, süg - lashkarni,tašïğ“toshni”, išig“ishni”,küčüg “kuchni”
- 4. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ğaru, -gärü//-qaru, -kärü//-ğar, -gär//- ru –rü//-ra, -rä//-qa, -kä//-ğa, -gä//-a(ya), -ä(yä).
- 5.O‘rin-payt kelishigi -da, -dä//-ta, -tävariantlariga ega.Masalan: Altun yïšda“Altun vodiysida”,eldä“elda”, altï yašïmta
- 6.Chiqish kelishigi -dan, -dän//-dïn, -din//-dun, -dün//-tan, -tän//-tïn,-tin//-tun, -tünqo‘shimchalari bilan hosil qilingan: oğuzdan “oʻgʻuzdan”, Täŋridän“Tahgridan”
- 7. Vosita kelishigi qo‘shimchasi -n (-ïn, -in//-un, -ün//-an, -än) ish-harakatning sodir bo‘lish, boshlanish o‘rni, birgalik, vosita ma’nolarini ifodalaydi: Ötükän ärin qïšladïm “Oʻtikan erida qishladim”
Otlarning yasalishi E’tiboringiz uchun rahmat! - E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |