Leksik moslik
Adabiy tilda
|
Shevalarda
| | |
chaqoloq
|
čäqälä: (Toshkent)
|
buväk
(Fargona)
|
bala, böbäk, böpä (shim. o‘zb.shev.)
|
tuxum
|
tuxum
(Toshkent)
|
mãjãk
(qipchoq)
|
jimïrta
(Xorazm)
|
o‘g‘ir
|
oγir
(Toshkent)
|
käli (shim.o‘zb.shev.)
|
so:qï
(Xorazm)
|
chumoli
|
čumãli
(Toshkent)
|
morča
(Samarqand)
|
qarïnǯa
(Xorazm)
|
ertak
|
čopčäj
(Toshkent)
|
mätäl
(Samarqand)
|
ertäj
(Xorazm)
|
Toshkent shevasi
|
Samarqand shevasi
|
Farg‘ona shevasi
|
Чəқəлə
|
Чақалоқ
|
Бувəк
|
Муч(ъ)чə
|
Мусьча
|
Мъсъəчə
|
Қўқонджухоръ
|
Сарджуваръ
|
Оқ жугəръ
|
Гəрмдəръ
|
Қалампур
|
Қалампър
|
Дəвуччə
|
Довучча
|
Ғорə
|
Қəлəмчə
|
Қаламча
|
Чъкəлдəк
|
Әрғъмчə
|
Арғунчак
|
Ҳəйунчəк
|
Духəбə
|
Бахмал
|
Бəрқът
|
Ўғър
|
Ўғур
|
Келъ
|
Гөшəнгə
|
Чъмъллъқ
|
Чъмълдъқ
|
Әрқəн
|
Арқон / арғамчън
|
Арғамчъ
|
Зəғъзғəн
|
Алашəқшəқ
|
Ҳəккə // əлəккə
|
Тувə
|
Қапқақ
|
Қапқақ
|
θрумчəй
|
Тəртанак
|
θрмəнчък
|
Чпчəй
|
Матал
|
Ертəк
|
Чəкəй
|
Жəқ
|
Жағ
|
Йелъй
|
Әстънча
|
Йенгъчə
|
Нəрвəн
|
Нəрбəн
|
Шатъ
|
Чумалъ
|
Морча
|
Чумəлък
|
Әғъз
|
Фалла
|
Пəллə
|
šäti
šäti
buvi
buvi
päššä
päššä
Nonga ishlov beradigan asbob:
nänpär. U qush va parranda patidan yasaladi (Samarqand);
čäkič. U yog‘och va simdan yasalib, urish, yassilash ma’nosini ifoda qiladi (Toshkent);
düki. U duk-duk taqlidiy so‘zidan olingan (shim.o‘zb.shev).
Shuningdek, so‘zlar sheva vakillarining ayni bir predmetni ifodalashda turli tushunchalardan kelib chiqishlari asosida nomlangan bo‘lishi ham mumkin: tüjnäk (shim.o‘zb.shev.)//dü:näk (Xorazm), sapča // čapča (qipchoq) so‘zlari endigina palakda paydo bo‘lgan, pishmagan qovunni bildiradi, tüjnäk // dü:näk so‘zi tugmoq, tugun tushunchasidan kelib chiqqan, sapča // čapča esa sop, ushlash mumkin bo‘lgan predmet tushunchasi bilan bog‘liq.
Har bir shevaning o‘ziga xos so‘zlari bo‘ladi. Shimoliy o‘zbek shevalarida ǯaj (asta), tüŋültirüv (asabga tegmoq), bötän (boshqa); qipchoq lahjasi shevalarida sïjaq (turq), ïraŋ (epidemiya); o‘g‘uz lahjasi shevalarida mäŋzämäk (o‘xshamoq), atïz (ekin maydoni).
O‘zbek shevalaridagi barcha leksik o‘ziga xosliklarni o‘rganish lug‘at boyligini, til imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi va shuning uchun ham adabiy tilga bunday so‘zlarni o‘rni bilan qabul qilib borish zarur.
O‘zbek shevalarining zamonaviy leksik qatlamlari 1. Ovqat nomlari: bo‘rsiq (mog‘orlab qolgan non), nishכּnlכּ, singcha (qizarib, singib pishgan non), jutum (yeyish mumkin bo‘lgan narsa), piyova, כּsh, laxcha toppa, g‘ilvindi / juqma, chalop singarilar. 1. Ovqat nomlari: bo‘rsiq (mog‘orlab qolgan non), nishכּnlכּ, singcha (qizarib, singib pishgan non), jutum (yeyish mumkin bo‘lgan narsa), piyova, כּsh, laxcha toppa, g‘ilvindi / juqma, chalop singarilar. 2. Dеhqonchilikka xos so‘zlar: sanga (ko‘p bosilgan yer), jəbiz (qotib qolgan yer), o‘rpang (ekilmagan yer), oq ərъq, bəqləjכּn, shah arъq, mכּlla, qכּvכּq, ashkədi, bug‘dכּy // biydəy, djoxכּrъ, qizlcha, kəsek, chopiq, bכּъdъrng, suvma, əriqchi, əriqoqsoqol, məhrim, chig‘irchi, chakboshi, suvmirchi, ovandozchi, syvjug‘ur, uvatchi, loppək. 3. Chorvachilikka oid so‘zlar: כּt//at, sъgъr, ъnek, qoy, еchkъ, tuye, xotuk, təyxər/tayqo‘r, tuye, qulun, ayg‘ъr, biyə, bəytəl, uloq, buzoq, bъzə: // bъzכּg‘, nכּvvכּs, mכּlxכּna, ulov, lo‘k (erkak tuya) va boshqalar. 4. Uy-ro‘zg‘or buyumlarining nomlari: ləgən, səndug‘, pəqъr, tеshə, xurma, g‘alvъr, chכּvlъ, tushכּk, bכּlъsh, כּlacha, chכּpqъ, panshaxa, julpat, kiygiz, satil, bolish, dostiq, po‘stak, surpa va boshqalar.
5. Ovchilikka xos so‘zlar: to‘r, tuzכּq, qכּpqכּn, ura (ov urasi), temir qכּpqכּn, keyez, qarmכּq, כּv ora, sanchqы va boshqa shu kabilar.
6. Baliqchilikka xos so‘zlar: sazan, zog‘ara, qarmכּq, sanchqы, laqqa, zכּg‘ara balыq, laqqa baliq, chavaq, chortan balыq kabilar.
7. Hunarmandchilikka oid so‘zlar: bosag‘a, chəlduvər, durədgər, sכּpqכּn, dəqвъz, ship, tכּchə, sinch, ustun, sarrכּv, xərъ, pכּydеvכּr, pכּytesha, qasava, ravaq, כּmorъ, oy, mbir, yolək, tכּkchə, dahliz, bכּlכּr/bolor, sכּqqa, əmbir/kampirovuz, qo‘l teshə/poytesha, ko‘tərmə (og‘ir narsani ko‘tarib beruvchi asbob), כּmכּch, təqə, təqəchi, dəs-kələ, mכּvit, mכּlə, lapag‘(kuvacha), cho‘t, shaytכּn (to‘g‘rilikni ko‘rsatuvchi asbob), qubba, chəchъq, jiyak, kəshtə (materiallarga gullar tikilib, uyning devorlariga osib qo‘yiladi). va boshqa shu kabilar.
8. Onomastik so‘zlar: Mamasכּdыq, Toshmat, Eshmat, sha::r, dacha, sъynъm, checha, yanga, jezda, boldiz, Qaynaquvdi va boshqalar.
9. Kiyim nomlari: guppi/gupicha, koynəy//koynək, lכּzim /ishton, shalvor, orama kamzul, orama chכּpכּn, chכּpon, chakmon, qalpכּg‘, jеlak, maxsi-kכּvush, pəypכּ//pəypכּg‘, nimcha, kaltacha, taqiya, boshmoq, tumoq, janda, delagay kabilar.
10. Bog‘bonlikka oid so‘zlar: shkכּm, yer tכּk, bכּdכּm, qalamcha (yosh nihol), bכּg‘כּt (bog‘li joy), bכּg‘dכּr (bog‘ egasi, bog‘li joy), vayish (ishkom) singarilar. 10. Bog‘bonlikka oid so‘zlar: shkכּm, yer tכּk, bכּdכּm, qalamcha (yosh nihol), bכּg‘כּt (bog‘li joy), bכּg‘dכּr (bog‘ egasi, bog‘li joy), vayish (ishkom) singarilar. 11. Qarindosh-urug‘ nomlari: əyə, enə, kəttə enə, əməki, chevara, devara, mכּmכּ/momo, inim, bola, tכּg‘ə, tכּg‘əvəchə, qayni, qayinsingil, boldiz, qaynכּnə, qayin ukə, poccha, jezda, amma, opoqdada, xola, bo‘la, opa, opacha, aba, checha kabilar. 12. Atoqli otlar (kishi ismi, sharifi, toponim, zoonim, fitonim, etnonim va narsa, sarlavha, asarlarning atab qo‘yilgan nomlari)ga oid so‘zlar: Elshכּd - Elshod, Məmərəim - Mamaraim, Məməsכּdiq - Mamasodiq, Mכּlguzər-Molguzar (aslida Morguzar), Qaynaquvdъ – Qaynaquvdi (guzar), Qayrabsollъ - Qayrabsכּldi (qishloq), Uzunbuloq, Chuvulloq, Xo‘jamushkan, Gaday, Jarg‘oq, Madaniyat, Obiz, Qoraqishloq, Qo‘ytosh, Jomboy, Baxmal, Zargar, Bulung‘ur, Sangzor, Juvonsiyroq va boshqalar.
O‘zbek shevalariga xos so‘zlarni jargon va argolardan farqlash lozim, dialektal so‘zlar shevaning barcha vakillari uchun tushunarli bo‘ladi. Jargonlar va argolar esa dialektal xarakterga ega bo‘lmaydi, balki ma’lum ijtimoiy guruh yoki bir toifa kishilar uchungina tushunarli bo‘ladi. Masalan, savdogarlar tilida dollar o‘rnida ko‘ki, yallachilar tilida to‘y o‘rnida otar, pul o‘rnida yakan so‘zi qo‘llanadiki, ular ijtimoiy dialektga oiddir.
O‘zbek shevalari leksik jihatdan boy bo‘lib, uni yozma ifodalash masalasi lug‘atchilik deyiladi. Uning xalqaro termini leksikografiyadir. Bu soha o‘zbek tilshunosligida endigina rivojlanmoqda. O‘zbek shevalarining lug‘atlarini tuzish murakkab ish bo‘lib, u shevalarning o‘rganilishi bilan baravar olib borilmoqda. Garchand, “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati” (Toshkent, 1981) hozircha yagona lug‘at sifatida dunyo yuzini ko‘rgan bo‘lsa ham, ungacha bo‘lgan va keyingi davrda shevalar bo‘yicha olib borilgan har bir tadqiqot ishida ularga lug‘atlar ilova qilingan.
Bular jumlasiga F.Abdullayevning “O‘zbek tilining Xorazm shevalari.I.Lug‘at” (T.,1961), B. Jo‘rayevning “Yuqori Qashqadaryo o‘zbek shevalari” (tasnif, tekstlar va lug‘at. T., 1969), S.Raximovning “Surxondaryo o‘zbek shevalari lug‘ati” (Termiz,1965), A.Ishayevning “Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalari lug‘ati” (1997) shuningdek, X.Jo‘rayev, O.Madrahimov, Q.Muhammadjonov, E.Sheraliyev, M.Mirzayev, V.Egamov, E.O‘rozov va shu kabi boshqa olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga ilova qilingan lug‘atlarni keltirish mumkin. Bu ilovalarni haqiqiy lug‘atlar darajasida ro‘yobga chiqarish navbatdagi vazifadir. Shu bilan birgalikda, shevalar lug‘atini tuzish ishini ham nazariy, ham amaliy jihatdan shakllantirish vazifasi ham ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Shevalar lug‘atchiligi bo‘yicha taniqli dialektolog A.Ishayev tadqiqotlari mavjud. Uning bu boradagi ishlarida shevalar lug‘atchiligining bir qator dolzarb masalalari ko‘tarilgan, jumladan, uning shevalar lug‘atiga kiritiladigan so‘zlarga bag‘ishlangan maqolasi ahamiyatlidir.
Dialektal lug‘at tiplari Dialektal lug‘at tiplari 1. To‘liq dialektal lug‘at – sheva va dialekt vakillari nutqida o‘sha sheva, dialektlarga xos so‘zlardan tashqari, adabiy tilda qo‘llaniladigan ko‘plab so‘zlar bor. Mavjud bo‘lgan barcha so‘zlarni, hamma leksik boylikni qamrab olgan lug‘at to‘liq DL deyiladi (F.Abdullayevning “Xorazm shevalari lug‘ati”, 1961 bor, to‘liq emas). 2. Dialektal – adabiy lug‘at – o‘zbek shevalari bo‘yicha himoya qilingan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarida, chop etillgan monografiya va ilmiy to‘plamlarda berilgan lug‘atlarning barchasi, nashr etilgan bir jildli O‘XSHL (1971) dialektal-adabiy tipdagi lug‘atlar hisoblanadi. Ayrim turkiy tillarning shevalari bo‘yicha chop etilgan shu tipda tuzilgan. Bunday lug‘atlarni tuzishni ozarbayjon dialektologlari boshlab bergan (1964). 1967 va 1970 yillarda boshqird shevalarining 2 jildlik, 1969 yilda tatar va qozoq, 1971 yilda o‘zbek, 1972 yilda esa qirg‘iz shevalari 1jildlik nashr qilindi.1976 yilda yakut, 1977 yilda turkman,1983 yil qoraqalpoq DL lari nashr qilindi.
3. Adabiy – dialektal lug‘atda bosh so‘z qilib adabiy tildagi so‘zlar olinadi va bu so‘zning shevalarda uchraydigan barcha variantlari, dubletlari bilan beriladi.
4. Fonetik dialektizmlar lug‘atida bosh so‘z sifatida adabiy tildagi so‘z olinib, keyin uning shevalardagi fonetik variantlari beriladi. Agar shevalardagi fonetik dialektizmlar qatori adabiy tilda uchramasa, shevalardagi so‘zlarning biri bosh so‘z sifatida olinib, keyin fonetik dialektizmlar keltiriladi. Sh.Shoabdurahmonovning lug‘atida (1962) fonetik dialektizmlar lug‘ati uchun ko‘plab misollar bor.
Shevalarimiz bo‘yicha tuzilgan dilektal lug‘atlarda bosh so‘zlarning har xil manbalarga qiyoslanishi, qiyoslanmasligiga ko‘ra ularni ikki guruhga ajratish mumkin
1
2
Dialеktal lug‘atning tarkibi va lug‘atga kiritiladigan so‘zlar Umum o‘zbеk tili lеksikasi
K
Adabiy
So‘zlashuv
Yozma
S
Pr
Dial
Adabiy
Jarg
T
Adabiy
So‘zlashuv
Yozma
S
Pr
Dial
Adabiy
Jarg
Dialеktizmlarning bir qancha turlari mavjud
Etn
S
L
L
M
L
Fraz
1) Sof dialektal so‘zlar. Bunday so‘zlar adabiy tilda qo‘llanmaydi, faqat shevalardagina mavjud bo‘ladi.
2) Etnografik dialektal so‘zlar. Shevalar lug‘atiga urug‘chilik, urf-odat, xalq og‘zaki ijodi, madaniyatiga oid so‘zlarning faqat shevalarda qo‘llanadigan variantlari kiritiladi.
3) Semantik dialektal so‘zlar. Bunday so‘zlar adabiy tilda qo‘llansa-da, uning ma’nolaridan biri yoki bir nechasi faqat shevalarda mavjud bo‘ladi. Bunday so‘zlarning shevalardagi ma’nosi e’tiborga olinadi. Masalan, adabiy tilda pashsha so‘zi shevalarda chaqadigan hasharot, chivin esa aksincha ekanligi kabi holatlar ko‘zda tutiladi.
4) Dialektlarda kuchli fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar. Bu toifaga ul (o‘g‘il), sa:t (soat), ǯavchi (sovchi), uvuz (hovuz, sigirning yoki qo‘yning birinchi suti) kabi so‘zlar kiradi.
5) Dialektal yasama so‘zlar. Bunday lug‘atga faqat shevalarga xos yasama so‘zlar kiritiladi.
6) Dialektal frazeologik iboralar. Bunday iboralar faqat shevalargagina xos bo‘lishi kerak. Albatta, bu kabi lug‘atlar maxsus tayyorlanadi.
O‘zbek shevalarida yangi va eski so‘zlar
So‘z ifodalaydigan buyum va tushuncha hayotda yo‘qolishi bilan so‘zning o‘zi ham iste’moldan chiqadi. Bu so‘zlar ham o‘z navbatida qadimgi so‘zlar va tarixiy so‘zlarga bo‘inadi. Arxaizmlarning hozirgi sharoitda o‘rnida ishlatiladigan boshqa so‘zlar ham bo‘lishi mumkin. Bu bir narsaning 2 ta nomi bir vaqtda ishlatiladi, ammo bittasi zamon nuqtai nazaridan faol biri passiv iste’molda bo‘ladi. Eskirgan formasi o‘rni bilan o‘sha davrni ochib berish holatlarida qo‘llanishi mumkin: g‘azot - urush, sho‘ro - qishloq raisi, tävïshqän - quyon kabi.
Ba’zi hollarda ba’zi bir so‘zlarning ma’nolari bir-biriga yaqinlashadi, yoki aynan bir xil bo‘lib qoladi. Bunday hollarda ulardan biri iste’moldan chiqib ketadi: sho‘ro - sovet, ma’ruza - doklad kabi so‘zlar dublet shaklida qo‘llanib kelindi. Bularning ichidan sho‘ro, doklad so‘zlari eskirib iste’moldan chiqdi. O‘tmishda mavjud bo‘lgan va hozirda ishlatilmay qolgan narsa va tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlar istorizmlar tarixiy so‘zlar yo‘qolib ketgan narsa-voqea-hodisalarning va tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bularni hozirgi adabiy tilda shakldoshlari bo‘lmagan: qozi, alam, ellikboshi, mirshab kabi.
Bunday so‘zlar har bir tilda o‘z so‘z boyligi asosida turli sohalarni ifodalovchi leksema sifatida paydo bo‘ladi. Bu so‘zlar ham ma’lum bir davr uchun yangilik hisoblanadi. 1920-yillarda kolxoz, sovxoz, 60-yillarda kosmos, kosmonavt so‘zlari yangilik sanalgan. 1910-yillarda zavod, ishchi, poyez so‘zlari yangilik sanalib keyinchalik eskirgan. Evfemizmlar eng qadimgi ibtidoiy odamlar tilida bo‘lgan. Hozir ham ayrim qoldiqlari saqlanib qolgan. Tabu hodisasi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Evfemizm grekcha “yaxshi gapiraman” degan ma’noni bildiradi: ko‘zi ko‘rmaydigan odamga ko‘r demasdan ko‘zi ojiz deyish evfemizmdir. Tabu hodisasi etnografik atama bo‘lib, irim-sirimlar asosida yuzaga keladi, ma’lum bir so‘zni aytmaslik tabu deyiladi: tog‘li xalqlar kechasi bo‘ri nomini aytmaganlar. Qarluq shevalarida ilonni arg‘amchi deyilishi, o‘g‘uz shevalarida g‘assolni tozalovchi deyilishi tabu hisoblanadi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. O‘zbek shevalarining lug‘at tarkibi deganda nimani tushunasiz?
2. Tarixiy jihatdan o‘zbek shevalari lug‘at qatlamlarini izohlab bering.
3. O‘zbek shevalarinig zamonaviy lug‘at qatlamlari deganda nimani tushunasiz?
4. Shevaga xos maxsus so‘zlarining adabiy tilga munosabatini zohlang.
5. Dialektal leksik moslik nima?
6. Dialektal lug‘atlarga so‘z tanlashning qanday tamoyillari bor?
7. O‘zbek xalq shevalarini adabiy tildan va bir-biridan farqlaydigan asosiy lug‘at xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
8. Ayrim shevalarning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan so‘zlarga misollar ayting.
9. Chorvachilikka oid so‘z va atamalar keng tarqalgan shevalar haqida ma’lumot bering.
10. Shevalararo so‘zlarning bir-biriga munosabatdoshligi deganda nimani tushunasiz?
11. Badiiy adabiyotda nima uchun leksik dialektizmlardan foydalaniladi?
12. Adabiy tilning kundalik ta’siri natijasida o’zbek shevalari leksikasida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
13. Til tarixi va o‘zbek xalq shevalari o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
14. Pleonazm deganda nimani tushunasiz? Shevalardan pleonazm hodisasiga misollar keltiring.
15. O‘zlashgan qatlam asosini qaysi tillarga oid so‘zlar tashkil etadi?
16. O‘zak e’tibori bilan o‘zlashgan so‘zlar sirasiga kiruvchi, lekin o‘zbek tili affikslari orqali yasalgan so‘zlarga shevalardan misollar ayting.
17. Talaffuzi va leksik ma’nosiga ko‘ra bir-biridan juda uzoq bo‘lsa-da, etimologik jihatdan mos bo‘lgan so‘zlarga shevalardan misollar keltiring.
18. O‘zbek adabiy tili leksikasining boyishi va rivojida qaysi sheva ko‘proq hissa qo‘shgan?
19. Dialektal variantlar va adabiy til munosabati haqida gapiring.
Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Rajabov N. O‘zbek shevashunosligi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1996.
2. Reshetov V. V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978.
3. To‘ychiboyev B., Hasanov B. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.
4. Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: TDPU, 2011, 2013.
5. Ashirboyev S.O‘zbek dialektologiyasi. – T:. “Navro‘z”, 2016.
6. Enazarov T., Karimjonova V. va boshqalar. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: Universitet, 2012.
7. Ashurboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. –Toshkent, Nodirabegim, 2021.
E’tiboringiz uchun rahmat! E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |