MAVZU:TIL VA TERMINOLOGIYA REJA: 1.Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot. 2. O‘zbek tili terminoloiyasi fanining maqsad va vazifalari. 3.Til haqida tushuncha.
Tayanch so’z va iborlar: (Key words) "Atama" soʻzi keng maʼnoda boʻlib, geografik obʼyektlar, atokli nomlarga nisbatan qoʻllanadi. GLOSSARY Termin — (grekcha so’z bo’lib – terminus) so ‘zidan olingan bo ‘lib, chek, chegara degan ma’noni bildiriadi.Etimologiya —(yun.— haqiqat; soʻzning haqiqiy maʼnosi va ...logiya kelib chiqishini) anglatadi. Grammatika —(yun. grammatike, gramma soʻzidan — harf, yozish) — tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi.Sintaksis — (yun. syntaxis — tuzilma, tartib, birikma) — 1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmui; 2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi.
Termin- grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, chek, chegara degan ma’noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui degan ma’nolarni anglatadi.
Termin so ‘zi o ‘rnida ba’zan atama, istiloh so ‘zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to ‘g ‘ri emas. Atama termin so’ziga nisbatan tor tashunchani ifodalaydi. Istiloh so’zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va meyorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi.
Terminalogiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda oʻzbek terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir.