Maydalash jarayonining umumlashgan qonuni. Qattiq jismlarni maydalash va deformatsiyalash jarayoni albatta energiya sarfi bilan kuzatiladi. U egiluvchan plastik deformatsiya hosil bo‘lishiga va molekulalarni bogManish kuchini zabt etishga sarf bo‘ladi, so‘ngra, jism parchalanadi va yangi umumiy yuzasi katta bo‘lgan jismlar hosil bo’ladi.
Egiluvchan deformatsiya natijasida tashqi kuchlar ta’sirida jismda energiya yig‘iladi. Jismga tashqi kuchlar harakati to’xtagandan keyin bu energiyaning bir qismi qaytariladi.
Egiluvchan deformatsiya kabi plastik deformatsiyada ham olingan mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylanadi va natijada deformatsiyalanayotgan qattiq jismning harorati ortadi. Maydalash jarayonida, bir vaqtning o‘zida qattiq jismga berilgan energiyaning bir qismi mahsulot zarrachalarini va maydalash mashinasining ishchi yuzalarini elektrlanishiga, hamda maydalash mashinasining qarshiligini yengishga (detallami ishqalanishi va deformatsiyalanishi, qizishi va boshqalarga) sarf bo‘ladi.
Ma’lum yiriklikdagi zarrachalardan tashkil topgan materialni maydalashga sarf bo‘ladigan energiyalarni o’zaro boglliqligini hisobga olgan holda, Rebender P.A. energiya sarfmi quyidagicha ifodalaydi.
A = Au + As
Bu yerda: A„ - maydalanadigan jismning egiluvchan va plastik deformats iyasiga sarf bo‘lgan energiya;
As - yangi yuzani hosil qilish uchun sarf boigan energiya.
Shunday qilib maydalash jarayonining vazifasi yirik zarrachalarni maydalash natijasida yangi yuzalarni olish, bunda faqat As energiya sarfini hisoblash foydali.
Maydalash jarayonining energiya sarfini kamaytirish uchun quyidagilami bajarish kerak: - maydalash mashinalarining ishchi organlarini (qattiqligini oshirish) tayyorlashda qo'llanadigan materiallaming egiluvchanlik deformatsiyasini kamaytirish; -ularni yeyilishiga chidamliligini oshirish; - parchalanadigan mahsulot zarrachalarining deformatsiya siklini kamaytirish;
- maydalanadigan mahsulotni parchalovchi kuchlanishini kamaytirish (Gp), bunga gidrotermik ishlov berishni ratsional rejimlarini qo‘llash natijasida erishish mumkin, ya’ni donlarning mustahkam ligini oldindan kamaytirish (maydalashgacha); - tayyor mahsulotlarning (un, yormachalar, omuxta yemlar) belgilangan fraksiyali tarkibini olish va zarrachalarni keragidan ortiq darajada mayda boMishiga yoM qo‘ymaslik kerak, bu AS va a ni ko‘payishiga olib keladi, bunga qo'shimcha energiya miqdori sarf bo’ladi.
Unumdorligi 300 t/s bо‘lgan tegirmonning don tozalash bо‘limidagi avtomat tarozini hisoblab tanlang.
Tegirmonning don tozalash bo‘limidagi uskunalarni xisoblash va ularni tanlashda don tozalash bo‘limining ish quvvatini un tortish bo‘limidagiga nisbatan 20% ortiq qilib olinadi yoki
Qd.t = K* Qt
Bu erda: Qd.t - don tozalash bolimining ish quvvati (t/s).
K - zaxira koeffitsienti, K=1,2.
Qt - un tortish bo‘limining ish quvvati (t/s).
Uskunalarni tanlashda ikkita oqim (yukori va past shaffoflikdagi donlar) uchun xisoblar parallel olib boriladi.
Bunda tegirmonning bir sutkadagi quvvati - 300 t/s bo’lganda, don tozalash bo'limining quvvati
Do'stlaringiz bilan baham: |