Un ishlab chiqarish sanoati tarixi Reja : un yorma ishlab chiqarish texnologiyasi Oziq ovqat sanoati



Download 25,99 Kb.
Sana08.08.2021
Hajmi25,99 Kb.
#142679
Bog'liq
Un ishlab chiqarish sanoati tarixi


Un ishlab chiqarish sanoati tarixi

Reja :

1 Un yorma ishlab chiqarish texnologiyasi

2 Oziq ovqat sanoati

UN-YORMA SANOATI — oziq-ovqat sanoatiimng galla donlarini qayta ishlaydigan tarmogʻi. Asosiy mahsuloti un va yorma. Un tortish qadimdan maʼlum. Dastlab donlaryorgʻuchoq (toshyorma) va oʻgʻirda yanchilgan, qoʻl tegirmonda yorma yoki un qilingan, keyinchalik suv tegirmonlari, 17-a. da kam suvli joylarda shamol tegirmonlari qurildi. 1786-y. Buyuk Britaniyada, 1818-y. da Rossiyada bugʻ bilan ishlaydigan dastlabki tegirmonlar paydo boʻldi. Elektr energiyasi paydo boʻlishi bilan tegirmonlar asosan shu energiya bilan ishlatila boshlandi va soha jadal rivojlandi.

Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xam gʻalla qadimdan mayda suv tegirmonlarida tortilgan. 1870-y. da hoz. Oʻzbekiston hududida kepakli jaydari un tortiladigan, unumdorligi bir sutkada bir necha sentner boʻlgan 5 mingdan ortiq tegirmon boʻlgan. 1903-y. da 1975 ta kichik suv tegirmoni ishladi. Birinchi katta tegirmon (zd) 1883-y. da Toshkentda, ikkinchisi 1898-y. da Samarqandda qurildi. Keyinchalik yirikroq tegirmonlarAndijon (1901) va b. shaharlarda ham paydo boʻldi. 1908-y. da Turkiston oʻlkasida 26,4ming t., 1913-y. da 37,9 ming t un tayyorlangan.

1918-y. yirik tegirmonlar natsionalizatsiya qilindi, 1920-y. «Turkun» — Turkiston Respublikasi un sanoati tresti tashkil etildi, uning tarkibida 21 un korxonasi, 6 ta guruchz-di ishladi. Oʻsha yillarda Oʻzbekistonda xususiy mulk boʻlgan 4510 suv tegirmoni va objuvozlar bor edi.

30-y. lardan boshlab viloyatlar markazlari, sanoat korxonalari joylashgan yirik shaxarlarda yangi un z-dlari va kombinatlari kurilishi boshlandi. 1932-y. da don maxsulotlarini tayyorlash, kayta ishlash va sotish bilan shugʻullanadigan «Oʻzdontayyorlov» respublikaidorasi tuzildi (1992-y. dan «Oʻzdonmaxsulot» davlataksiyadorlik korporatsiyasi). 1941-y. ga kelib respublikada sanoat yoʻli bilan un i. ch. 10-marta koʻpaydi (345,8 ming t). 60—70-y. larda 3 navli un tortadigan, 240 t/sutka quvvatli 8 ta un kombinatlari ishga tushirildi. 1970-y. da respublika un z-dlarining ishlab chiqarish quvvatlari 3243 t/sutkaga yetkazildi. 1991-y. dan keyin qishloq joylarda koʻpgina jamoa, shirkat xoʻjaliklarida kichik va oʻrta biznes tadbirkorlari tomonidan elektr kuvvati bilan ishlaydigan kichik tegirmonlar kurish rivoj topdi.

«Oʻzdonmahsulot» korporatsiyasi tarkibida navli un, manniy yormasi ishlab chiqariladigan 52 z-d bor. Ularning 20 tadan koʻprogʻi zamonaviy texnologik uskunalar (asosan, Shveysariyaning «Byuller AG» firmasi) bilan jixrzlangan Oziq-ovqat sanoatining yana bir muhim tarmogʻi yorma sanoatida suli, marjumak, bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, sholi va dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, yasmiq) donidan har xil yorma ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda, asosan, sholidan turli navli guruch tayyorlanadi. Uning yirik korxonalari Toshkent, Muzrobod, Xoʻjayli, Shumanay, Xonqa, Bogʻot va b. shaharlarda joylashgan. «Navoiydonmahsulot» ktida qandolatchilik va non sanoati uchunmakkajoʻxori yormasi bilan birga makkajoʻxori uni ham ishlab chiqariladi.2003-y. da Oʻzbekiston Un-yorma sanoati korxonalarida 971,1 ming t un, 36,9 ming t yorma, shu jumladan, 35,6 ming t guruch ishlab chiqarildi (2000-y. da tegishlicha 1756,1; 88,5; 84,3 ming t).

Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda bugʻdoy uni oziq-ovqat mahsuloti tayyorlashda asosiy oʻrinda turadi. Bu mamlakatlarda aholi jon boshiga non isteʼmol qilishning pasayib borishiga qaramay, un ishlab chiqarish hajmi oʻsib bormokda. AQSH, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Meksika, Braziliya va b. mamlakatlarda unyorma ishlab chiqarish sanoati yaxshi taraqqiy etgan.

Surxondaryodonmahsulotlari” korxonasi davlat ehtiyojlari uchun don va urug‘lik xarid qilish, ularni joylashtirish va saqlashni ta’minlash, aholining un, non va non mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, ikkilamchi mahsulotlar hisobidan chorva mollariga omuxta em etkazib berishda muhim o‘rin tutadi.Hozirda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash hamda yangi quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilib, zamonaviy tejamkor texnologik uskunalar natilmoqda.

Turkiyaning “Makina ve Enerji” kompaniyasi tomonidan kiritilgan 4 mln. 59 ming AQSh dollari miqdoridagi investitsiya hisobiga Termiz don mahsulotlari qabul qilish shaxobchasi hududida bir kecha-kunduzda 300 tonna bug‘doyni qayta ishlashga mo‘ljallangan tegirmon va uning 20 ming tonna yopiq sig‘im metall konstruktsiyasi hamda soatiga 100 tonna donni saralash quvvatiga ega bo‘lgan tsexning qurib bitkazilishi ana shu sa’y-harakatlar samarasidir.



Bugun ushbu ko‘rkam va zamonaviy un tegirmoni binosining foydalanishga topshirilishi katta tantanaga aylanib ketdi. Unda “O‘zdonmahsulot” aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining raisi F.Po‘latov, viloyat va tumanlar hokimliklari mutasaddilari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi barpo etilgan tegirmon 64 ming 350 tonna un mahsuloti etkazib berish, yana 150 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlashga imkon yaratishini ta’kidlashdi.
Download 25,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish