Umurtqalilarning kelib chiqishi va evalutsion taraqqiyotiga doir palentologik tasavvurlar. Reja


O’zbekiston hududiga oxirgi o’nyilliklarda kirib kelgan umurtqali hayvon turlari



Download 17,38 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi17,38 Kb.
#930876
1   2
Bog'liq
Umurtqalilarning kelib chiqishi va evalutsion taraqqiyotiga doir

2.2.O’zbekiston hududiga oxirgi o’nyilliklarda kirib kelgan umurtqali hayvon turlari
O`rta Osiyo va shu jumladan, O`zbekistonda umurtqali hayvonlarni o`rganishda Sharqning buyuk allomalari Abu Rayhon Byeruniy va Abu Ali ibn Sino hamda rus va mahalliy olimlarning roli beqiyos kattadir. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Byeruniy (983-1043) o`zining “Hindiston” (1030 y.) asarida karkidon, fil, kiyik, delfin kabi Hindistonda uchraydigan hayvonlar haqida qiziqarli ma'lumotlar beradi. O`lkamizning hayvonot olami to`g`risida Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o`zining “Boburnoma” asarida 60 dan ortiq umurtqali hayvon turlarini yashash muhiti xususiyatlariga qarab quruqlik va suv bo`yida yashovchi hamda suv hayvonlariga ajratgan.Markaziy Osiyo va shu jumladan, O`zbekistonning umurtqali hayvonlarini o`rganishni E.A.Evyersman va N.A. Sevyertsovlar boshlab byerdilar. 1820 yilda rus olimi E.A.Evyersman zoolog sifatida birinchi bo`lib Qizilqumda yashovchi umurtqali hayvonlar haqida ma'lumotlar to`pladi. N.A-Sevyertsov o`zining 20 yillik umrini O`rta Osiyoning umurtqali hayvonlarini o`rganishga bag`ishladi va 1872 yilda “Turkiston hayvonlarining vyertikal va gorizontal tarqalishi” degan kitobini yozdi. N.M. Prjevalskiy o`zi zoolog bo`lmasada, umurtqali hayvonlarni o`rganishda katta ishlar qildi. U 1870 yildan 1888 yilgacha Markaziy Osiyo bo`ylab (Mo`g`uliston, Tibet, Xitoy va Turkiston) 4 marta sayohat qildi. Ikki o`rkachli tuya va Prjevalsk oti turlarini ochdi.1884 yilda O`rta Osiyoga tabiatshunos N.A.Zarudniy keladi va u Kaspiyorgi o`lkalari bo`ylab 5 marta maxsus ekspeditsiyalar tashkil qiladi, asosan qushlarga e'tibor byerdi va 200 ga yaqin qushlarni ta'rifladi.1920 yilda Toshkentda Turkiston Davlat univyersitetining ochilishi O`rta Osiyo xalqlari uchun buyuk voqea bo`ldi. Shu munosabat bilan Toshkentga prof. D.N.Kashkarov ham keldi. D.N.Kashkarov O`rta Osiyoda ekologik tekshirishlarni boshlab byerdi. Uning rahbarligida O`rta Osiyoning umurtqali hayvonlar faunasini V.A.Selevin (sutemizuvchilar va qushlar), I.I.Kolesnikov (kemiruvchilar), R.N.Mek-lenburtsev (qushlar), G.P.Bulgakov (baliqpar), T.Z.Zohidov (sudralib yuruvchilar) o`rgandilar.

Undan keyin zoologiya institutlari, univyersitetlarda umurtqalilar zoologiyasi kafedralarining ochilishi, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy asarlar yozish izga tushdi. Bu borada T.Z.Zohidov, R.N.Meklenburtsev, G`.K.Komilov, O.P.Bogdanov, D.Yu.Kashkarov, A.K.Sagitov, M.O.Abdullayev va boshqalarning xizmatlari katta.Shunday qilib, umurtqali hayvonlar zoologiyasi xordalilar tipiga mansub bo`lgan hayvonlarning tuzilishi, sistematikasi, geografik tarqalishi, kelib chiqishi va evolyutsiyasi, hayot kechirishi, moslashishi, inson hayotida va tabiatdagi roli to’g’risida ta’lim byeruvchi fandir.


Zoologiya fani. Zoologiya so`zi zoon - hayvon va logos - ta'limot, ya'ni fan degan ikkita grekcha so`zdan kelib chiqqan. Bu fan hayvonot olamining xilma-xilligi, tuzilishi, hayvonlarning xulq-atvori, ko`payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib chiqishini, shuningdek, ularning tabiatdagi va odam hayotidagi ahamiyatini o`rganadi.Hayvonlarni turli jihatdan o`rganish mumkin. Shuning uchun ham zoologiya juda ko`p ayrim fanlarga ajralib ketadi. Hayvonlarning tuzilishi va hayotiy belgilarining o`xshash bo`lishi yoki bo`lmasligiga qarab guruhlarga bo`linishini sistematika; tashqi va ichki tuzilishini morfologiya va anatomiya; embrional rivojlanishini embriologiya; atrof-muhit bilan munosabatini ekologiya; xulq-atvorini etologiya; Yer yuzida tarqalishini zoogeografiya, qirilib ketgan hayvonlarni paleozoologiya, hayvonlar organizmida boradigan jarayonlarni fiziologiya o`rganadi. Zoologiya ayrim sistematik guruhlar bo`yicha ham fanlarga ajratiladi. Masalan, protozoologiya bir hujayrali hayvonlar, entomologiya hasharotlar, ixtiologiya baliqlar, ornitologiya qushlar, teriologiya sutemizuvchilarni o`rganadi. Hayvonot olamining ayrim tiplari, sinflari va turkumlarini ham yuqorida qayd qilingan fanlar nuqtai nazaridan o`rganish mumkin.

Download 17,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish