www.ziyouz.com kutubxonasi
dan ajratib turadigan devor hisoblanib, u baliqlarga nisbatan
baqalarning eshitish organlarining murakkablashganligini
ko'rsatadi.
Baqalar urug‘iga kiruvchi turlar tanasining yon
tomonida
bo'yiga cho'zilib yotgan teri qatlami boiadi.
Boshning tumshuq qismi ustida yopgich klapanli bir juft
burun teshigi
joylashgan boiib, tirik baqalarda bu klapanlar
ochilib-bekilib turadi. Klapanlar baqaning ichki burun teshigi
(xoanalar)ni qoplagan boiib, klapan harakati engak osti ha
rakati bilan navbatlashib turadi (nafas olish). Tumshug'i juda
keng
og‘iz teshigi
bilan chegaralanadi. Agar baqa og'zini
ochib (44-rasm) barmoq yoki pinset bilan yuqori jag'i silansa,
undagi qator joylashgan uchi orqaga qayrilgan, oddiy bir xil
dagi konussimon tishlar seziladi.
44-rasm. Baqaning og‘iz bo'shlig'i:
1-tishlari, 2-tili, 3-dim og‘ suyagidagi tishlar, 4-xoanalar, 5-ko‘z olm asi (o g ‘iz
b o ‘sh lig‘idan k o ‘rinishi), 6-yevstaxiev naylarining teshiklari, 7-hiqildoq yorig‘i, 8-
rezonatorning teshigi.
Baqaning tishlari
jagiararo suyak
bilan
yuqori jag‘ suyak
larining
ichki
qirrasi va
dimog‘ suyagiga
o'rnashgan (di
mog' suyagida tish bo'lishi umuman suvda ham quruqlikda
yashovchilar uchun juda xarakterlidir). Amfibiyalarda dimog'
tishlarining bo'lishi, baliqlardagiga o'xshash ularda
ham tish-
www.ziyouz.com kutubxonasi
lar faqat jag‘ suyagida joylashishga moslanmaganligini
ko'rsatadi. Baqaning pastkijag'ida bunday tishlar yo'q. Baqaning
bunday tuzilgan tishlari ovqatni faqat ushlab turish vazifasini-
gina bajarib, uni chaynay olmaydi. Umuman, amfibiyalarning
ko'pchiligida tish bo'lmaydi (masalan, qurbaqada). Baqa og'iz
bo'shlig'ining
tubida
haqiqiy tili
bor, til maxsus muskul
lardan iborat boiib, tashqariga ancha cho'zilib chiqa oladi.
Baqa tili oldingi uchi bilan og'iz tubining oldingi qismiga
birikkan boiadi. Tinch holatda ikkiga ajralgan ikkinchi uchi
orqa, ya’ni halqum tomonga qarab erkin (yopishmasdan) tura
di. Umuman, suvda ham quruqlikda yashovchilarning tili xil
ma-xil. Ko'pchiliginiki go'shtdor o'simta shaklida boiadi.
Amfibiyalar usti yopishqoq shilimshiq modda bilan qoplan
gan tili yordamida mayda jonivor (hasharot)lami tiliga yopish-
tirib tutib yeydi (odatda baqalar oijasini tili bilan ushlaydi).
Pinset orqali baqa og'zini ochib, tilining tuzilishi bilan tanishing.
Og'iz tepasining oldingi qismiga bir juft teshik joylashgan
boiib,
bular
Do'stlaringiz bilan baham: