18-rasm. Erkak akula
ning siydik-tanosil siste
masi sxemasi:
1-buyrak, 2-siydik yo‘li, 3-siydik-
tanosil so‘rg‘ichi, 4-chap urug‘don
(o‘ng urug‘don ko‘rsatilmagan), 5-
urug‘ chiqaruvchi kanallar, 6-urug‘
yo‘li, 7-urug‘ pufagi, 8-qizilo‘ngach,
9-jigar, 10-qorin juft suzgichining
kopulyativ o‘sig‘ i, 11- kloaka
bo‘shlig‘i.
Erkaklik jins iy hu
jayralari urug'donning
kanallarida shakllanadi. Hali yetilmagan spermatozoid urug'
chiqarish yo'li orqali buyrakning oldingi qismidagi urug'don
ortig'iga tushadi va bu yerda ular to'liq yetilgach, urug' pufa-
giga yig'iladi. Otalantirish vaqtida urug' pufakchalarining devor
lari qisqarib, spermatozoidlarni kloakaga tushiradi, so'ngra
bu yerdan kopulyativ organ orqali urg'ochisining kloakasiga
to'kiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
19-rasm. Urg'ochi akulaning siydik-
tanosil sistemasi sxemasi:
1-buyrak, 2-siydik yo‘li, 3-siydik so‘ig‘ichi, 4-chap
tuxumdon (o‘ng tuxumdon ko‘rsatilmagan), 5-tuxum
yo‘li, 6-har ikki tuxum yo‘li uchun umumiy voronka, 7-
qobiq bezi, 8-bachadon, 9-tuxum yo‘li teshigi, 10-
qizilo‘ngach, 11-jigar, 12-kloaka bo‘shlig‘i.
Urg'ochilarining juft tuxumdoni (19-
rasm) ham qizilo'ngachning ikki yonbosh
ida joylashgan. Juft tuxum yoilari (my-
ullerov kanallari) esa qorin (ventral) qis
mida yotadi. Tuxum yoilarining oldingi
uchi jigar atrofldan o'tib, jigaming qorin
(ventral) tomonidagi markaziy pallada joy
lashgan umumiy voronkaga qo'shiladi.
Tuxum yo'llarining yuqori uchidan bir
oz pastroqda bittadan yu-maloq bo'rtma
bo'lib (sekreti tuxum qobig'ini shakllanti
radi), qobiq bezi ana shu bo'rtmaning
ichiga o'rnashgan.
Tuxum yoilarining pastidagi ancha kengaygan qismi bacha
don deb ataladi. U kloakaga mustaqil teshik bilan siydik
so'rg'ichining yonida ochiladi.
Yetilgan tuxumlar tuxumdon devorini yorib, tana bo'shlig'i
orqali tuxum yo'lining voronkasiga tushadi. Shunday qilib,
urg'ochi akulaning tuxum yo'llari tuxumdon bilan qo'shil-
masdan, to'g'ridan-to'g'ri tana bo'shlig'iga ochiladi. Tuxum
yoilarining devori qisqarib turishi tufayli ichidagi tuxumlar
bachadon tomonga qarab harakat qiladi. Ichki otalanish aku-
lasimon baliqlarga xos, bunda spermatozoid bilan tuxum hu
jayra tuxum yo'lining yuqori bo'limida qo'shiladi. Tirik
tug'uvchi vakillarida embrion to'liq shakllangunga qadar tu
xum yoiining bachadon bo'limida saqlanib turadi. Tuxum
qo'yib ko'payadigan turlarida esa qalin pardaga o'ralgan tu
xumlar tashqariga chiqariladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |