Umurtqalilar zoologiyasi


Guldor (naqshdor) chiporilon — Elaphe dioe Pallas



Download 16,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/161
Sana23.05.2022
Hajmi16,68 Mb.
#607312
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161
Bog'liq
26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti

Guldor (naqshdor) chiporilon — Elaphe dioe Pallas. 
Topshiriqlar: 
0 ‘lkamiz faunasiga xos bo'lgan va kafedrada spirtda fiksirlangan 
holda saqlanayotgan ayrim tur kaltakesaklar va ilonlaming sistema­ 
tik holatini aniqlagichlar asosida o‘rganib, albomga yozib oling. 


www.ziyouz.com kutubxonasi 
15-mashg‘ulot. QUSHLARNING 
TASHQI TUZILISHI, PAT VA PAR QOPLAMI 
Ob’ektning sistematik holati 
Tip.
Xordalilar

Chordata 
Kenja tip. 
Umurtqalilar — Vertebrata yoki 
Bosh skeletlilar 
— Craniata 
Katta sinf.
To'rt oyoqlilar 

Tetrapoda 
Sinf. 
Qushlar — Aves 
Turkum. 
Kaptarsimonlar — Columbiformes 
Vakil. 
Ko‘k kaptar — Columba livia. 
Kerakli materiallar va jihozlar:
yangi o‘ldirilgan kap­ 
tar va turli ekologik guruhlarga kiruvchi qushlarning tuxum- 
lari, pat va parlar komplekti, vannachalar, qo'l lupasi, pred­ 
met oynachalari, mikroskop; turli ekologik guruhlarga kiruv­ 
chi qushlarning tashqi ko'rinishi, bosh hamda oyoqlari tuzili­ 
shi aks ettirilgan jadvallar. 
Mashg'ulotning maqsadi: 
kaptar misolida qushlar sinfi 
vakillarining tashqi tuzilishi va pat-par qoplamini o'rganish. 
Ishning mazmuni: 
qushlar yuksak tuzilgan umurtqali- 
laming uchishga moslashgan alohida bir tarmog'i hisoblanadi. 
Qushlarning sudralib yuruvchilardan farq qiladigan progressiv 
belgilari quyidagilardir: 
1. Nerv sistemasi ancha takomillashganligi va ayniqsa oliy 
nerv faoliyatining murakkablashganligi hamda sezgi organ- 
laridan ko'rish va eshitish organlarining yuqori darajada rivo- 
jlanganligi; 
2. Intensiv oziqlanishi va murakkab termoregulyatsiyaga 
bog'liq bo'lgan tana temperaturasining doimiyligi va yuqori 
bo'lishi; 
3. Yerda yurishi yoki daraxtlarda o'rmalash holatlarini 
yo'qotmagan holda ulaming uchishga moslashganligi; 
135 


www.ziyouz.com kutubxonasi 
4. 
Qushlarning ko'payishi uya qurish, tuxumni bosib yo- 
tish, jo'jalarini boqish va ulami himoya qilish kabi murakkab bio-
logik jarayonlar bilan kechadiki, bu albatta avlodlarining yuqori 
darajada yashovchanligini ta’minlaydi. 
Qushlarning mazkur xossalari ular yosh sinf vakillari 
bo'lishiga qaramasdan butun yer yuzida keng tarqalgan. 
Umurtqali hayvonlar o'rtasida doimiy tana temperaturasi yoki 
gomoytermiya birinchi marta qushlardan boshlanadi. Albatta 
bu arteriya va vena qonlarining tamoman ajralganligi (yuragi 
to'rt kamerali va bitta o'ng aorta yoyi bor) va to'qimalarni 
kislorod bilan intensiv ta’minlanganligi bilan bog'liq. Nati­ 
jada moddalar almashinuvi tezlashadi va tana temperaturasin- 
ing doimiy bo'lishiga olib keladi. Qushlarning tuzilishini 
o'rganish jarayonida ulaming sudralib yuruvchilarga o'xshash 
belgilari borligini ham ko'rish mumkin. 
Sudralib yuruvchilarga o'xshash belgilari: 
1. Terisini yupqaligi va teri bezlarining deyarli yo'qligi; 
2. Har xil shox hosilalarining kuchli rivojlanganligi; 
3. Bosh suyagi bitta ensa o'simtaligi; 
4. Bo'g'imlarining intertarzal qo'shilishi; 
5. Kloakasining borligi va hokazolar. 
Ikkinchi tomondan qushlarning uchishga moslanishi bilan 
ularda: 
1. Oldinigi oyoqlarining qanotga aylanganligi; 
2. Tanasining pat va parlar bilan qoplanganligi; 
3. Ko'pchilik qushlar suyaklarining pnevmatikligi va yengil 
shoxsimon moddali tishsiz tumshuqlarining borligi; 
4. Qanotlarni harakatlantiruvchi katta va kuchli rivojlan­ 
gan ko'krak muskullarini biriktiradigan ko'krak toj suyagi­ 
ning borligi; 
5. Ko'plab vazifalarni va ayniqsa qushlar uchganda nafas 
olishda muhim rol o'ynaydigan havo xaltachalarining paydo 
bo'lganligi; 


www.ziyouz.com kutubxonasi 
6. Skeletining bir qator o'ziga xos xususiyatlari borligi; 
7. Qushlarda siydik pufagining bo'lmasligi; 
8. G'ovak zich tanadan iborat o'pkasining maxsus bog'lamlar 
yordamida ko'krak qafasining orqa devoriga yopishganligi; 
9. Urg'ochi qushlar jinsiy sistemasi keskin asimmetrik tu­ 
zilgan (urg'ochi qushlarning o'ng tuxumdoni va o'ng tuxum yo'li 
yo‘q)ligidir. 
Tashqi ko'rinishi va tuzilishiga ko'ra qushlar xilma- xildir. 
Tuzilishining xilma-xilligi yashash sharoitiga, harakatiga, ovqat- 
lanishiga va ovqat turiga bog'liq. 
Evolutsiya jarayonida qushlar birinchi o'rmonlarda keyin- 
chalik ochiq joylarga, botqoq va suv havzalarida yashashga 
o'tgan. Har xil sharoitda yashashi munosabati bilan qushlar 
bir necha ekologik guruhlarga bo'linadi va har bir ekologik 
guruhga kiruvchi qushlarning tashqi ko'rinishida va tuzilishi- 
da o'ziga xos belgilari mavjud. Ayniqsa, oziqlanishiga va oz­ 
iqa turiga qarab, ulaming tumshuqlari shakli (74-rasm) va 
oyoqlarining ko'rinishi (75-rasm) turli- tumandir. 

Download 16,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish