3. Markaziy Osiyo va O`zbekistonda umurtqali hayvonlarning o`rganilishi. O`rta Osiyo va shu jumladan, O`zbekistonda umurtqali hayvonlarni o`rganishda Sharqning buyuk allomalari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino hamda rus va mahalliy olimlarning roli beqiyos kattadir. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Byeruniy (983-1043) o`zining “Hindiston” (1030 y.) asarida karkidon, fil, kiyik, delfin kabi Hindistonda uchraydigan hayvonlar haqida qiziqarli ma'lumotlar beradi. O`lkamizning hayvonot olami to`g`risida Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o`zining “Boburnoma” asarida 60 dan ortiq umurtqali hayvon turlarini yashash muhiti xususiyatlariga qarab quruqlik va suv bo`yida yashovchi hamda suv hayvonlariga ajratgan.
Markaziy Osiyo va shu jumladan, O`zbekistonning umurtqali hayvonlarini o`rganishni E.A.Evyersman va N.A. Sevyertsovlar boshlab berdilar. 1820 yilda rus olimi E.A.Evyersman zoolog sifatida birinchi bo`lib Qizilqumda yashovchi umurtqali hayvonlar haqida ma'lumotlar to`pladi. N.A-Sevyertsov o`zining 20 yillik umrini O`rta Osiyoning umurtqali hayvonlarini o`rganishga bag`ishladi va 1872 yilda “Turkiston hayvonlarining vyertikal va gorizontal tarqalishi” degan kitobini yozdi. N.M. Prjevalskiy o`zi zoolog bo`lmasada, umurtqali hayvonlarni o`rganishda katta ishlar qildi. U 1870 yildan 1888 yilgacha Markaziy Osiyo bo`ylab (Mo`g`uliston, Tibet, Xitoy va Turkiston) 4 marta sayohat qildi. Ikki o`rkachli tuya va Prjevalsk oti turlarini ochdi.
1884 yilda O`rta Osiyoga tabiatshunos N.A.Zarudniy keladi va u Kaspiyorgi o`lkalari bo`ylab 5 marta maxsus ekspeditsiyalar tashkil qiladi, asosan qushlarga e'tibor berdi va 200 ga yaqin qushlarni ta'rifladi.
1920 yilda Toshkentda Turkiston Davlat univyersitetining ochilishi O`rta Osiyo xalqlari uchun buyuk voqea bo`ldi. Shu munosabat bilan Toshkentga prof. D.N.Kashkarov ham keldi. D.N.Kashkarov O`rta Osiyoda ekologik tekshirishlarni boshlab berdi. Uning rahbarligida O`rta Osiyoning umurtqali hayvonlar faunasini V.A.Selevin (sutemizuvchilar va qushlar), I.I.Kolesnikov (kemiruvchilar), R.N.Mek-lenburtsev (qushlar), G.P.Bulgakov (baliqlar), T.Z.Zohidov (sudralib yuruvchilar) o`rgandilar.
Undan keyin zoologiya institutlari, univyersitetlarda umurtqalilar zoologiyasi kafedralarining ochilishi, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy asarlar yozish izga tushdi. Bu borada T.Z.Zohidov, R.N.Meklenburtsev, G`.K.Komilov, O.P.Bogdanov, D.Yu.Kashkarov, A.K.Sagitov, M.O.Abdullayev va boshqalarning xizmatlari katta.
Shunday qilib, umurtqali hayvonlar zoologiyasi xordalilar tipiga mansub bo`lgan hayvonlarning tuzilishi, sistematikasi, geografik tarqalishi, kelib chiqishi va evolyutsiyasi, hayot kechirichi, moslashishi, inson hayotida va tabiatdagi roli to’g’risida ta’lim byeruvchi fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |