Bog'liq 26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti
1-burun teshigi, 2 - n o g ‘ora pardasi, 3 - rezonator, 4-teri qatlami, 5-kloaka teshi gi, 6 - k o kzi.
Baqaning gavdasi bezlarga boy, terisi yupqa, yumshoq shilim shiq modda bilan qoplangan. Amfibiyalaming xaltasimon teri bezlari ko'p hujayrali bo'lishi bilan baliqlamikidan farq qiladi (amfibiyalar lichinkasida teri bezlari bir hujayrali boiib, ular shu bilan baliqlarni eslatadi). Baqa terisi ma’lum joylardagina gavdaga yopishgan boiib, bu faqat baqalarga xos xususiyatdir. Buni baqa terisini pinset bilan qisib har tomonga tortib ko‘rib, ishonch hosil qilish mumkin. Terining gavdaga yopishgan joy- lari oraligida keng limfa bo'shliqlari boiishi tufayli teri shun day tuzilgan. Baqalarda limfatik xaltachalarning soni ko‘p boiib, ular (xaltachalar) o'zaro choklar (tanaga yopishgan qismi) orqali chegaralanib turadi.
Baqalar limfatik sistemasida qisqaruvchi apparat vazifasini ikki juft limfatik yuraklar bajaradi. Baqaning chanoq qismida joylashgan limfatik yurakjuftlarining qisqarishini tirik baqalarda ko'zdan kechirish mumkin. Bu limfatik yuraklar qisqarishi natijasida yelka limfatik xaltachasidagi limfatik suyuqliklar quy-mich venasiga quyiladi. Bu yuraklar asosan bezchalar ko'rinishida boiib, ularni baqaning yelka limfatik xaltacha- sini yorganda ko'rish mumkin.
Baqa boshining ikki yon tomonida bo'rtib chiqqan ko‘zlari o'rnashgan, bu ko'zlarda quruqlikda yashovchi umurtqalilar uchun xos boigan ustki va ostki ko‘z qovoqlari bor. Ustki qovoqlari ko'z olmasiga birikkan boiib, ostki qovoqlari esa erkin va harakatchan boiadi. Bundan tashqari, ko'zining ol dingi burchagida quruqlikda yashovchi umurtqalilarga xos yupqa pirpiratuvchi parda yoki uchinchi qovoq bor. Bu parda ko'zning oldingi qismiga surilib qisman ko'z olmasini qoplashi mumkin (pinset bilan ushlab ko'ring). Ko'zining orqa qismida teshigini yupqa nog‘ora parda qoplagan quloq joy lashgan. Uni ichki tomondan markazga bitta eshitish, ya’ni uzangi suyagi itarib turadi.
Nog'ora parda asosan o'rta quloq bo'shlig'ini tashqi muhit-
dan ajratib turadigan devor hisoblanib, u baliqlarga nisbatan baqalarning eshitish organlarining murakkablashganligini ko'rsatadi.
Baqalar urug‘iga kiruvchi turlar tanasining yon tomonida bo'yiga cho'zilib yotgan teri qatlami boiadi.
Boshning tumshuq qismi ustida yopgich klapanli bir juft burun teshigi joylashgan boiib, tirik baqalarda bu klapanlar ochilib-bekilib turadi. Klapanlar baqaning ichki burun teshigi (xoanalar)ni qoplagan boiib, klapan harakati engak osti ha rakati bilan navbatlashib turadi (nafas olish). Tumshug'i juda keng og‘iz teshigi bilan chegaralanadi. Agar baqa og'zini ochib (44-rasm) barmoq yoki pinset bilan yuqori jag'i silansa, undagi qator joylashgan uchi orqaga qayrilgan, oddiy bir xil dagi konussimon tishlar seziladi.