Umurtqalilar


-rasm. Suyakli baliqlarning yaxlit skeleti



Download 15,32 Mb.
bet26/111
Sana30.04.2022
Hajmi15,32 Mb.
#598081
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   111
Bog'liq
26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti

33-rasm. Suyakli baliqlarning yaxlit skeleti:
1-umurtqaning ustki ostist o ‘simtasi, 2-umurtqaning pastki yoyi, 3-umurtqa- ning pastki ostist o ‘simtasi, 4-qovurg‘alari, 5 muskul oralig‘i suyakchalari, 6-qan- ot shu’lalarining asosiy (radialiya) suyakchalari, 7-qanot shu’lalari, 8-yelka kamari suyaklari, 9-chanoq kamari suyaklari, 10-bosh skeleti.

0 ‘q skeleti (umurtqa pog'onasi). Suyakli baliqlarning umurtqa pog'onasi faqat xondral suyaklardan tashkil topgan bir qancha umurtqalar yig'indisidan iborat. Zog'ora baliqning umurtqa pog'onasi ham faqat tana va dum bo'limlariga bo'linadi. Umurtqalar tanasi qo'sh botiq amfitsel (umurtqa tanasini har ikkala yuzasi ham ichkariga botib kirgan) tipda, ulaming orasida xorda qoldiqlari saqlanib qolgan (34-rasm), xorda qol- diqlari umurtqa tanasini teshib o'tadigan tor kanallar orqali bir-biriga qo'shiladi. Tana va dum boiimlarining umurtqalari tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi.




34-rasm. Suyakli baliqlar umurtqa pog'onasi dum boiimining uzunasiga kesimi:
1-reduksiyalangan xorda, 2-um urtqa tanasi, 3-ustki yoy, 4-ustki ostist o ‘sim ta, 5-orqa miya kanali, 6-pastki yoy, 7-pastki ostist o ‘simta, 8-gemal kanal.

Tana boiim i umurtqa tanasining (35-rasm) ko'ndalang ke­ simi yumaloq boiib, uning yon tomonlaridan yonbosh o'simtalar chiqadi. Bu o'simtalarga tana bo'shlig'ining ustki tomondangina emas, balki yon va qisman qorin tomondan ham o'rab turuvchi qilichsimon qayrilgan qovurg'alar birika­ di. Umurtqalarning ustki qismidan ustki yoylar chiqib, ular ustki qiltanoq o'simtalar bilan qo'shiladi. Ustki yoylardan hosil boigan kanalda orqa miya joylashgan. Dum boiimi umurtqa­ larining ham tana va yoy qismlari boiadi. Biroq ularning ko'ndalang o'simtalari pastga joylashib, pastki yoylami hosil qiladi va ostki qiltanoq o'simtalari bilan qo'shiladi. Ostki yoylardan hosil boigan kanal gemal kanal deb ataladi, unda dum arteriya va venalari joylashgan. Bundan tashqari, zog'ora baliqda ko'pchilik suyakli baliqlarda bo'lgani kabi yon tomo­ nidan har qaysi qovurg'aga muskullarga o'rnashgan ingichka muskul suyakchasi kelib qo'shiladi, bu suyakchalar qiltanoq- lar deb ataladi.


Suyakli baliqlarning miya qutisi. Suyakli baliqlarning bosh skeleti ham akulalarning bosh skeleti singari ikkita asosiy
62


boiimga: miya qutisi va visseral skeletga bo'linadi. Suyakli baliqlarning bosh skeleti deyarli faqat suyak to'qimadan tashkil topgan bir qancha ayrim suyaklardan tuzilgan.
35-rasm. Zog'ora baliqning umurtqalari:
A — tana um urtqasi, В — dum umurtqasi: 1-um urtqa tanasi, 2-ko‘ndalang o lsimta, 3-qovurg‘a, 4-ustki yoy, 5-ustki ostist o ‘simta, 6-pastki yoy, 7-pastki ostist
o ‘simta.


Miya qutisi bir necha bo'limga bo'linib, bu bo'limlarda bir qancha suyaklar joylashgan. Uning ensa bo'limi ensa teshigini (36-rasm) o'rab turadigan to'rtta ensa suyagidan tashkil top­
gan: katta ensa teshigining pastki qismida toq asosiy ensa suyagi, ikki yon tomonida bir juft yon ensa suyagi va ustida bitta ustki ensa suyagi bo'ladi.
Eshituv bo'limida eshituv kapsulasini tashkil etadigan quloq suyaklari bor, ular zog'ora baliq miya qutisining har tomonida to'rttadan joylashgan. Miya qutisining old qismidagi ko'z bo'limida ko'zlararo to'siqni hosil qilishda ishtirok etuvchi suyakli baliqlarning ko'pchiligida tog'ayligicha qoladigan ponasimon suyaklar yoki sfenoidlar yotadi. Chunonchi: toq

Download 15,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish