28-rasm. Zog'ora baliq ichki organlarining umumiy joylashish sxemasi:
1-venoz q o ‘ltig‘i, 2-yurak b o ‘lm asi, 3-yurak qorinchasi, 4-qorin aortasi, 5-aorta so ‘g ‘oni, 6-olib keluvchi jabra arteriyalari, 7-kyuverov quyilishi, 8-jabra, 9-oshqo- zon, 10-o‘n ikki barm oqli ichak, 11-ingichka ichak, 12-to‘g ‘ri ichak, 13-anal teshi gi, 14-jigar, 15-o‘t pufagi, 16-o‘t y o ‘li, 17-oshqozon osti bezi, 18-taloq, 19-suzgich pufagi, 20-buyrak, 21-siydik y o ‘li, 22-siydik-tanosil o ‘sig‘i, 23-jinsiy bez, 24-jinsiy teshik.
Ovqat hazm qilish sistemasi. Zog'ora baliqning og‘iz bo'shlig'idan keyin barcha baliqlardagidek halqum boshlana di. Og'iz va halqum bo'shliqlari orasida aniq chegara yo'q.
Boshqa baliqlarga o'xshash zog'ora baliqda ham haqiqiy til yo'q. Til singari uchi og'iz bo'shlig'iga chiqib turadigan til osti yoyining kopulasi faqat shilimshiq parda bilan qoplangan bo'lib, u mustaqil bo'lmagani tufayli harakat qila olmaydi. Har tomonida beshtadan jabra yorig'i bo'lgan halqum qisqa qizilo'ngachga, qizilo'ngach esa oshqozonga ochiladi. Osh- qozondan kam differensiallashgan haqiqiy ichak boshlanadi,
bu ichakning oldingi boiim ini o‘n ikki barmoqli ichak, so'ngra ingichka ichak va anal teshigi bilan tugaydigan to'g'ri ichak tashkil etadi (ba’zi baliqlar oshqozonining atrof ida har xil sondagi ko'r pilorik o'simtalar bor, zog'ora baliqda bo'lmaydi). Jigari yurakning orqasi, oshqozonning ostida va
yon tomonlarida joylashgan bo‘lib, uning pallalari orasida o‘t suyuqligi bilan to'la o‘t pufagi boiadi. 0 ‘t pufagidan o‘n ikki barmoqli ichakka ochiladigan o‘t yoii chiqadi. Oshqo zon osti bezi ichak tutqichi bo'ylab tarqalgan. Ichak bogichiga esa uzunchoq to‘q qizil rangli taloq o'rnashgan.
Tana bo'shlig'ining yuqori qismida, ya’ni ichakning ustida gidrostatik organ — suzgich pufak joylashgan.
Nafas olish organi. Suyakli baliqlarning nafas olish or
ganlari tog'ayli baliqlamiki singari ektodermali jabra hisobla nadi (29-rasm). Zog'ora baliqda, shuningdek, barcha suyakli baliqlarda oidingi to'rtta jabra yoylariga o'rnashgan to'rt juft butun jabra boiadi. Bundan tashqari, jabra qopqog'ining ichki tomonida til osti yoki soxta jabra deb ataladigan murtak hol- idagi jabraning ham yarim bo'lagi boiadi. Bir butun jabra ikki qator boiib jabra yoylariga joylashgan jabra yaproqlari- dan tashkil topgan. Akulalarda bo'ladigan jabralararo to'siqlar suyakli baliqlarda reduksiyalangan, shuning uchun jabra yap roqlari faqat jabra yoylariga birikadi. Natijada bir jabraning ikkita yarim jabra yaproqlarining asosi bir-biriga qo'shilib ketadi. Ularning uchlari esa tashqi tomondan jabra qopqog'i bilan cheklangan jabra bo'shlig'ining ichida osilib turadi. Jabra yoylarining ichki tomonida bir qancha mayda tishsimon — jabra qilcha (lichinka)lari deb ataladigan va qo'shni jabra yoyi tomon yo'nalgan o'simtalari boiadi. Jabra qilchalari maxsus suzish apparatiga aylanib, suv bilan birga kirgan ovqat mod- dalarini halqumdan jabra bo'shlig'i orqali tashqariga chiqib ketishiga to'sqinlik qiladi. Bu apparat plankton organizmlar bilan oziqlanuvchi (seldsimon)larda kuchli taraqqiy etgan.
Yo'g'on qon tomirlari (qon olib keluvchi va qon olib ketuv chi jabra arteriyalari) jabra yoylari bo'ylab jabra yaproqlari asosida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |