Umurtqalilar markaziy asab tizmining tuzulishi va vazifasi. Reja: Umurtqalilar markaziy asab tizmi



Download 17,14 Kb.
Sana05.06.2022
Hajmi17,14 Kb.
#638875
Bog'liq
Umurtqalilar markaziy asab tizmining tuzulishi va vazifasi. musta


Umurtqalilar markaziy asab tizmining tuzulishi va vazifasi.
Reja:

  1. Umurtqalilar markaziy asab tizmi

  2. Umurtqalilar markaziy asab tizmining tuzulishi

Umurtqali hayvonlar zoologiyasi, aniqrog`i, xordalilar zoologiyasi (chunki bu fan hayvonot olamidan faqat bitta xordalilar tipini o`z ichiga oladi) inson hayotida va tabiatda katta rol o`ynaydi. Umurtqalilar zoologayasi, aniqrog`i, xordalilar zoologayasi shu yagona xordalilar tipiga mansub 43 ming tur hayvonning tuzilishi, sistematikasi, geografik tarqalishi, kelib chiqishi va evolyutsiyasi, biologiyasi, tabiatda va inson hayotida to`tgan o`rnini o`rganadi. Xordalilar tipiga mansub dengizda ma'lum darajada o`troq hayot kechiradigan astsidiya, salp va appendiqo`lyariyalarni o`z ichiga olgan pardalilar yoki lichinkaxordalilar (1100 tur), har xil lantsetniklarni o`z ichiga olgan bosh skletsizlar (30-35 tur) hamda to`garakog`izlilar (38-45 tur), tog`ayli baliqlar (570-600 tur), suyakli baliqlar (20000 tur), suvda va quruqlikda yashovchilar (2440 tur), sudralib yuruvchilar (6322 tur), qushlar (8600 tur) va sutemizuvchilarni (3700-4000 tur) o`z ichiga olgan umurtqali hayvonlar ushbu fanning o`rganayotgan ob'ekti hisoblanadi.Xordalilar tipiga kiruvchi hayvonlar boshqa hayvonlar tipi ichida alohida diqqatga sazovordir.Birinchidan, xordalilar hayvonlarning eng yuksak darajada taraqqiy etgan va murakkab tuzilgan guruhi bo`lib, har xil sharoitlarda yashaydi va Yer yuzining deyarli hamma joyida keng tarqalgan.Ikkinchidan, xordali hayvonlar insonning xo`jalik faoliyatida katta ahamiyatga ega, chunki ular ichida oziq-ovqat mahsuloti, teri, jun, mo`yna beradigan turlari ko`p, boshqa maqsadlarda ham ishlatiladi. Umurtqalilar yangi hayvon zotlarini keltirib chiqarishda tabiiy manbaa bo`lib ham xizmat qiladi.


Umurtqali hayvonlar qishloq va o`rmon xo`jaliklari, bog` va xiyobon zararkunandalariga qarshi biologik usul bilan ko`ra shda bebaho hisoblanadi. Xordali hayvonlar faqat foydali bo`libgina qolmasdan, bularning ba'zi turlari xo`jaliklarimiz uchun zararli hamdir. Masalan, yumronqoziqlar, sichqonlar, kalamushlar, chumchuqlarning ba'zi turlari vabo, tulyaremiya, entsefalit, brutsellez singari xavfli kasalliklarni tarqatuvchi bo`lib hisoblanadi.Uchinchidan, xordalilar har doim ilmiy-tadqiqot ishlari uchun material bo`lib xizmat qilgan. Bu guruh misolida sistematika, qiyosiy anatomiya, zoogeografiya, embriologiya, ekologiya, paleontologiya, filogeniya, evolyutsion nazariya kabi fanlarning qonuniyatlari va umumiy masalalari hal etilgan va hal etilmoqda.“Umurtqalilar zoologiyasi” fanining navbatdagi vazifasi tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan to`g`ri foydalanish masalalari bilan bog`liq.Yosh avlodning tabiatga do`stona munosabatda bo`lishi, uni sevishi, qo`riqlashi va undan oqilona foydalanishida qo`riqxona, zoologiya muzeylari, milliy bog`lar hamda hayvonot bog`larining roli nihoyatda katta va bu ishda umurtqali hayvonlar bebaho material hisoblanadi.Hayvonlarni qo`riqlash va ulardan to`g`ri foydalanishsa qo`riqxonalar, buyurtmaxonalar, “Qizil kitob” va 1997 yil 26 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasida qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi Qonun katta ahamiyatga ega.Umurtqali hayvonlar zoologiyasining kelajakdagi rivojlanishi tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan to’g’ri foydalanish masalalari bilan bog`liq bo`ladi.Umurtqalilar zoologiyasi fanining qisqasha rivojlanish tarixi. Umurtqali hayvonlar to`g`risidagi dastlabki ma'lumotlar qadimgi yunon faylasufi va tabiatshunosi Arastu (Aristotel, eramizga qadar 384-332 yillar) tomonidan berilgan. Uning “Hayvonlar tarixi”, “Hayvonlarning kelib chiqish tarixi”, “Hayvonlarning qismlari to`g`risida” kabi asarlarida 452 tur hayvon to`g`risida ma'lumotlar mavjud. Arastu hayvonlarni ikki guruhga ajratgan:
1) qoni yo`q hayvonlar;
2) qoni bor hayvonlar.
Bu guruhlar hozirgi sistemaga muvofiq umurtqasizlar va umurtqalilarga mos keladi. Qadimgi Rim tabiatshunos olimi Gay Pliniy (eramizning 23-79 yillari) o`zining 37 kitobdan iborat “Tabiiy tarix” asarida o`sha davrda ma'lum bo`lgan barcha hayvonlarni ta'riflab byergan.Eramizning boshidan to o`rta asrlarga qadar fanda turg`unlik davri boshlandi. Uyg`onish davrida (XV—XVI asrlar) tabiatni, shu jumladan, hayvonlarni o`rganishga qiziqish qayta jonlandi. Bu davrda hayvonlar to`g`risida to`plangan materiallarni sistemaga solish talab qilinar edi. Mana shunday zoologik ishlardan biri shveytsariyalik olim, shifokor va naturalist Ye.Gesnyerning (1516-1565) 17 tomli “Hayvonlar tarixi” degan kitobidir. Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi to`g`risidagi ta'limotni XVIII asrga kelib shved olimi K.Linney yaratdi. K.Linney hamma hayvonlarni 6 ta sinfga bo`ldi: sutemizuvchilar, qushlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliqlar, hasharotlar va chuvalchanglar. U o`zining mashhur “Tabiat sistemasi” nomli asarida sinflarni turkumlarga, turkumlarni avlodlarga va avlodlarni turlarga ajratdi. Lekin K.Linney o`sha davrda fanda hukmron bo`lgan turlarning o`zgarmasligi g`oyasini himoya qilgan.Fransuz naturalisti va anatomi J.Kyuve (1769-1832) organizmning bir butunligi hamda organ va qismlarning o`zaro bog`liqligi (korrelyatsiya) to`g`risidagi ta'limotni yaratdi. J.Kyuve zoologiya faniga “tip” tushunchasini kiritdi. U hayvonot dunyosini to`rtta tipga bo`ldi. Cho`lardan biri umurtqalilar bo`lib, bu tipni 4 ta sinfga: sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va baliqlarga ajratdi. Lekin J.Kyuve ham K.Linney kabi turlarning o`zgarmasligi g`oyasini ma'qulladi.
Turlarning o`zgaruvchanligi to`g`risidagi ta'limotni, ya'ni organik olam evolyutsiyasi to`g`risidagi g`oyani yaratuvchilardan biri fransuz naturalisti J.B.Lamark (1744-1829) edi. Lekin J.B.Lamarkevo-lyutsion jarayonning sabablarini yechib bera olmadi.Rossiyada umurtqali hayvonlar bo`yicha ilmiy materiallar Fanlar akademiyasi ekspeditsiyalarining ishi natijasida yig`ildi. Akademik P.S. Pallas Volgabo`yi, Sibir, Qozog`iston va Ural faunasini o`rgan-di. G.V. StellyerUzoqSharqni, I.G. Gmelin Rossiyaning yYevropa qismi janubini, Y.I. Lepexin mamlakatning shimoliy va markaziy qismlarining umurtqali hayvonlarini o`rgandilar. Ana shu materiallar asosida P.S. Pallas o`zining “Rus Osiyosi zoografikasi” (1811 y.) degan asarini yozdi. Bu kitobda o`sha davrda Rossiyada tarqalgan umurtqali hayvonlarning turlari, sistematikasi, geografik tarqalishi to`g`risida qimmatbaho materiallar berilgan. Akademik A.F.Middendorfning (1815-1844) umurtqalilar ekologiyasi va zoogeografiyasi to`g`risidagi materiallarni o`z ichiga olgan “Sibirning shimoliga va sharqiga sayohat” nomli asari katta ahamiyatga ega bo`ldi. Zoologiyada ekologik yo`nalishni rivojlantirishda Moskva univyersiteti professori K.F.Rulening (1814-1858) xizmatlari katta. U hayvon organizmi bilan tashqi muhitning bir butunligi, yashash muhitining o`zg`arishi hayvonning o`zgarishiga sabab bo`lishini tushuntirib byerdi. K.F.Rulening shog`irdi NASevyertsov (1827-1885) ustozi ishlarini umurtqali hay-vonlar ekologiyasi va geofafiyasi yo`nalishlarida kuchaytirdi.Rossiyaning umurtqali hayvonlarini o`rganishda L.S.Byerg (baliqlar), G.V.Nikolskiy va P.V.Terentev (amfibiya va reptiliyalar), G.P.Dementev (qushlar), S.I.Ognev (sutemizuvchilar) kabi olimlarning xizmatlari juda katta. Umurtqali hayvonlarning ekologiyasini keyinchalik prof.D.N.Kashkarov (1878-1941), akademik S.S.Shvarts (1919-1976), prof. N.P.Naumovlar (1902-1982) batafsil va har tomonlama o`rgandilar. Umurtqali hayvonlarning anatomiyasi, kelib chiqishi va evolyutsiyasi sohasida akademik I.I.Shmalgauzen (1884-1963) va uning ustozi A.N.Sevyertsovlar (1866-1936) buyuk ishlar qildilar.
O`rta Osiyo va shu jumladan, O`zbekistonda umurtqali hayvonlarni o`rganishda Sharqning buyuk allomalari Abu Rayhon Byeruniy va Abu Ali ibn Sino hamda rus va mahalliy olimlarning roli beqiyos kattadir. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Byeruniy (983-1043) o`zining “Hindiston” (1030 y.) asarida karkidon, fil, kiyik, delfin kabi Hindistonda uchraydigan hayvonlar haqida qiziqarli ma'lumotlar beradi. O`lkamizning hayvonot olami to`g`risida Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o`zining “Boburnoma” asarida 60 dan ortiq umurtqali hayvon turlarini yashash muhiti xususiyatlariga qarab quruqlik va suv bo`yida yashovchi hamda suv hayvonlariga ajratgan.Markaziy Osiyo va shu jumladan, O`zbekistonning umurtqali hayvonlarini o`rganishni E.A.Evyersman va N.A. Sevyertsovlar boshlab byerdilar. 1820 yilda rus olimi E.A.Evyersman zoolog sifatida birinchi bo`lib Qizilqumda yashovchi umurtqali hayvonlar haqida ma'lumotlar to`pladi. N.A-Sevyertsov o`zining 20 yillik umrini O`rta Osiyoning umurtqali hayvonlarini o`rganishga bag`ishladi va 1872 yilda “Turkiston hayvonlarining vyertikal va gorizontal tarqalishi” degan kitobini yozdi. N.M. Prjevalskiy o`zi zoolog bo`lmasada, umurtqali hayvonlarni o`rganishda katta ishlar qildi. U 1870 yildan 1888 yilgacha Markaziy Osiyo bo`ylab (Mo`g`uliston, Tibet, Xitoy va Turkiston) 4 marta sayohat qildi. Ikki o`rkachli tuya va Prjevalsk oti turlarini ochdi.1884 yilda O`rta Osiyoga tabiatshunos N.A.Zarudniy keladi va u Kaspiyorgi o`lkalari bo`ylab 5 marta maxsus ekspeditsiyalar tashkil qiladi, asosan qushlarga e'tibor byerdi va 200 ga yaqin qushlarni ta'rifladi.1920 yilda Toshkentda Turkiston Davlat univyersitetining ochilishi O`rta Osiyo xalqlari uchun buyuk voqea bo`ldi. Shu munosabat bilan Toshkentga prof. D.N.Kashkarov ham keldi. D.N.Kashkarov O`rta Osiyoda ekologik tekshirishlarni boshlab byerdi. Uning rahbarligida O`rta Osiyoning umurtqali hayvonlar faunasini V.A.Selevin (sutemizuvchilar va qushlar), I.I.Kolesnikov (kemiruvchilar), R.N.Mek-lenburtsev (qushlar), G.P.Bulgakov (baliqpar), T.Z.Zohidov (sudralib yuruvchilar) o`rgandilar.
Download 17,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish