UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKANI O’QITISHNI EHTIMOLAR NAZARIYASI ELEMENTLARI BILAN ILMIY-NAZARIY TAHLILI
Annotatsiya: Mazkur maqolada, ishlab chiqilgan fizikani ehtimollar nazariyasi bilan integrallashgan bilimlar mazmuni va shu asosda fizikani o’qitish orqali mazkur predmetlar bo’yicha o’quvchilarning puxta va samarali bilim olishlariga, rivojlantirishga, ilmiy dunyoqarashlarini kengaytirish va olamning fizik manzarasi haqida yetarli darajada to’liq tasavvurga erishishlariga muvaffaq bo’linishi haqida ilmiy izlanishlar olib borildi.
Kalit so’zlar: ehtimolliklar nazariyasi, fizika, модда, metod, agregat, stoxostik,
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “2004-2009 yillarda 3 maktab ta’limini rivojlantirishning umummilliy dasturi” va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, me’yoriy hujjatlarda ta’lim mazmunini integrasiyalash, uning o’qitish mexanizmini yaratish, amaliyotga joriy etish muhimligi uqtirilgan. Shu talablardan kelib chiqqan holda, umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilariga tabiiy fanlardan integrallashgan bilimlar asosida ta’lim berish ham dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi
Ehtimolliklar nazariyasi matematik fan sifatida ro‘y berishi yoki ro‘y bermaganligi noaniq bo‘lgan voqealarning modellarini (voqealarning o‘zini emas)o‘rganadi. Boshqacha qilib aytganda, ehtimolliklar nazariyasida shunday tajribalarmodellarini o‘rganiladiki, bu tajribalarning natijalarini oldindan aniqlab bo‘lmaydi.Masalan, tanga tashlanganda uni gerb yoki raqam tomoni bilan tushishi, ob-havonioldindan aytib berish, ishlab turgan agregatning yana qancha ishlashi, ommaviyishlab chiqarilgan mahsulotning nosozlik qismi, elektr signallarini uzatishdahalaqit beruvchi vaziyatlar yuzaga kelishi-bularning hammasini ehtimolliklarnazariyasining qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan predmetlar deb qaralishi mumkin.Ehtimolliklarnazariyasining qo‘llash yoki qo‘llash mumkinmasligi,o‘rganilayotgantajriba uchun “stoхastik turg‘unlik”хossasio‘rinli bo‘lishigabog‘liq. Oхirgi tushuncha esa, o‘z navbatida, o‘rganilayotgan tajribaning bir хilsharoitda ko‘p marta kuzatish (o‘tkazish) imkoniyati bilan bog‘liq (sanab o‘tilgan misollarga e’tibor bering) kuzatish qiyin bo‘lgan tajribalarni esa ehtimolliklarnazariyasiyordamida deyarli o‘rganib bo‘lmaydi. Lekin, aytib o‘tilgan fikrlarni“stoхastik turg‘unlik” ning ta’rifi sifatida qabul qilib bo‘lmaydi. Aslida esa, bu tushunchaga ehtimolliklar nazariyasi fundamental natijalaridan biri-katta sonlar qonuni orqali kelish mumkin.
Физика ўқитишнинг биринчи босқичида эҳтимоллик тушунчасининг классик таърифини бериш етарлидир. Албатта, бунинг учун ўқувчиларга тенг имкониятли воқеаларнинг моҳиятини тушунтириш керак. Буни танга ёки кубча (шошқол) мисолида яққол кўрсатиш мумкин. Агар кубча тўғри геометрик шаклда бир жинсли материалдан ясалган бўлса, олти томонидан ҳеч бири устунликка эга эмас. Айтайлик, томонларга 1 дан 6 гача бўлган сонлар ёзилган бўлсин, у ҳолда кубча ташланганда олтита тенг имкониятли воқеанинг бирортаси юз беради. Жумладан, бизни 5 ёзилган томоннинг тушиши қизиқтирсин, буни маъқул ҳодиса дейлик. Эҳтимолликнинг классик таърифига кўра, эҳтимоллик деб, юз берган маъқул ҳодисалар сони m ни, тенг имкониятли умумий ҳодисалар сони n га нисбатига айтилади ва қуйидагича ёзилади бу ерда Р — эҳтимоллик. Бу тушунчани чуқурроқ шакллантириш мақсадида, кубикни жуда кўп ташлаб, натижасини қуйидаги жадвалда ифодалаш мумкин
Do'stlaringiz bilan baham: |