8. Sinovni baholash.
Ishtirokchi o‘yin maydonchasi oldingi chizig‘ida joylashadi. To‘pni o‘yin maydonchasi belgilangan chizig‘iga kirmasdan istalgan nuqtadan, kiritish mumkin. Ishtirokchi 3 ta yuqori va 3 ta quyi uzatishlarni amalga oshiradi.
Sinov ijrosini baholash:
Quyi va yuqori to‘p uzatishda:
- ko‘rsatilgan hududga to‘pni kiritganlik uchun 3 ball beriladi;
- to‘pni belgilangan nishonga tushgani uchun qo‘shimcha 1 ball beriladi.
Agar to‘p bir hilhududga bir necha bor tushsa, bu faqat ushbu hududga tushgan hisoblanadi va atigi 3 ball beriladi.
Belgilangan hududga tushmagan to‘p uchun ballar berilmaydi. To‘rga tekkan yoki maydon tashqarisiga chiqib ketgan to‘p uchun 1 ball olib tashlanadi.
Izoh:
Yuqori to‘p uzatish-yelkadan yuqori va to‘rga qarab dastlabki holatda to‘p uriladi.
Yuqori to‘p uzatish - yelkadan past holatda va to‘rga qarab dastlabki holatda to‘pni uradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |