Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy tarbiya fanidan olimpiadaning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi



Download 219,49 Kb.
bet3/14
Sana31.12.2021
Hajmi219,49 Kb.
#203636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5292145602757397177

Qizlar (9 - sinf)





Akrobatik elementlar to‘plamlari

Baholash



Cho‘kkayib o‘tirish holatidan - oldinga ikki marta o‘mbaloq oshish va cho‘kkayib o‘tirish -

3 ball



Shu holatdan orqaga dumalab, oyoqlar yuqorida, yelkada tik turish («shag‘am», «svechka») -

3 ball



Tik turish holatidan «ko‘prik» hosil qilish («mostik») -

2 ball



«Ko‘prik» holatidan o‘ngga yoki chapga o‘girilib cho‘kkayib o‘tirish holatiga qaytish -

2 ball

O‘g‘il bolalar (9 - sinf)


 

Akrobatik elementlar to‘plamlari

Baholash



Dastlabki holat. Cho‘kkayib o‘tirish holatidan - oldinga ikki marta o‘mbaloq oshish va cho‘kkayib o‘tirish -

2 ball



Boshda qo‘llar yordamida, oyoqlarni yuqoriga ko‘tarish va ma’lum vaqt turish («shag‘am», «svechka») -

3 ball



«Shag‘am» holatidan oldinga o‘mbaloq oshish va cho‘kkayib o‘tirishga qaytish -

1 ball



Cho‘kkayib o‘tirishdan turib, o‘ngga yoki chap tomonga 90 gradusga burilgach, oyoqlar yoyilgan holda ikki marta aylanish (g‘ildirak, koleso) -

Dastlabki holatga qaytish.



4 ball

 

Qizlar (11 - sinf)





Akrobatik elementlar to‘plamlari

Baholash



Dastlabki holat. O‘ngga yoki chapga 90 gradusga – burilib, oyoq juft holda ikki marotaba aylanish, (g‘ildirak, koleso) -

3 ball



Burilib qo‘llar ikki tomonda, «qaldirgoch», ma’lum vaqt turish (lastochka) -

2 ball



«Qaldirg‘och» holatidan oyoqni tushirmay oldinga o‘mbaloq oshish va cho‘kkayib o‘tirish -

2 ball



Cho‘kkayishdan orqaga dumalab, oyoqlar yuqorida, yelkada tik turish, shu holatdan oldinga ag‘darilib oyoqqa turish va sakrab 180 gradusga burilish -

Dastlabki holatga qaytish.



3 ball


O‘g‘il bolalar (11 - sinf)


 

Akrobatik elementlar to‘plamlari

Baholash



Dastlabki holat. 2-3 qadamdan yugurib kelib uzunlikka o‘mbaloq oshish va o‘rnidan turish -

2 ball



Tik turgan holatdan, egilib orqaga o‘mbaloq oshish, qo‘llarga tayangan holatdan tik holatga o‘tish (tik holatga tushishda, tizzalar bukilmaydi) -

3 ball



So‘ng o‘sha holatdan, qo‘llarga tayanib yotish, oyoqlar yordamisiz boshda qo‘llar yordamida oyoqlar yuqorida tik turish -

4 ball



Huddi shu holatdan oldinga o‘mbaloq oshib cho‘kkayib o‘tirishga o‘tish -

Dastlabki holatga qaytish.



1 ball


Sinovlarni tartibga solish

    1. Ishtirokchilar

1.1. Har bir ishtirokchi, sport turlariga mos kiyimlarida bo‘lishi shart.

1.2. O‘g‘il bolalar gimnastika maykasida,tasma kengligi 4 sm.dan oshmasligi keraksport shortisi yoki trikoga ruxsat beriladi.

1.3. Maykalar va futbolkalar shortilar va trikolar ustida bo‘lmasligi kerak.

1.4. Mashqlarni paypoq, cheshka yoki yalangoyoq holda bajarish mumkin.

1.5. Zargarlik buyumlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

1.6. mazkur sportekipirovkalar talablari buzilgan holda ishtirokchi umumiy ballaridan 0,5 ball olib tashlash bilan jazolanadi.

2. Bajarish tartibi

2.1. Sinovlar uchun, ishtirokchilar shaxsiy raqamiga muvofiq gruhlarga ajratiladi.

2.2. Sinovlar boshlanishidan oldin, guruhlar tashkil etilayotganda, ishtirokchilar hakamga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari shart.

2.3. Ishtirokchi o‘z chiqishlarini boshlashdan oldin uning ismi va familiyasi aniq e’lon qilinishi kerak. Ishtirokchi chaqirilgandan so‘ng, mashqni boshlash uchun 20 soniya vaqt beriladi. Chaqirilmagan ishtirokchi tomonidan bajarilgan mashq baholanmaydi.

2.4. Mashq qilish vaqti 1 daqiqa 20 soniyadan oshmasligi kerak. Bu vaqtdan keyin mashqlar to‘xtatiladi. Mashq tugashiga 10 soniya qolganda ogohlantiruvchi signal beriladi.

2.5. Ishtirokchining harakatlarini baholash akrobatik yo‘lakda boshlang‘ich pozitsiyani egallaganvaqtdan boshlanadi va mashqning yakuniy pozitsiyani belgilash bilan tugallanadi. Ishtirokchi mashqni boshlashiga tayyorligini o‘ng qo‘lni ko‘tarish bilan bildiradi.

2.6. Jismoniy mashqlar paytida ko‘rsatilgan har qanday yordam ballarni olib tashlash bilan jazolanadi.

2.7. Jismoniy mashqlar paytida murabbiylar ishtirokchilar bilan gaplashishi yoki ko‘rsatma berishi taqiqlanadi.

2.8. Bir guruhdagi barcha ishtirokchilar ular uchun ajratilgan joyda bo‘lishi kerak.Ularning xatti-harakati boshqa ishtirokchilarga xalaqit bermasligi kerak.

2.9. 2.7. va 2.8. bandlarda ko‘rsatilgan qoidabuzarliklar uchun Hakamlar hay’ati raisi ishtirokchining umumiy ballarini 0,5 ballga tushirish bilan jazolashga, takroran buzilgan taqdirda esa,ishtirokchini sinovlardan chetlatishga haqli.



3. Mashqni takroriy bajarish

3.1. Ishtirokchi mashqni qayta bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

- ijro paytida yuzaga kelgan gimnastika jihozlarining ishdan chiqishi;

- umumiy jihozlarning nosozligi - xonaning yorug‘ligi, tutun va hk.;

- gimnastik trenajyorlari yaqinida begona predmetlarning bo‘lishi, va ularning ishtirokchi sog‘ligiga shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlar.

3.2. Yuqoridagi holatlar yuzaga kelganda, ishtirokchi darhol mashqni to‘xtatishi kerak. Agar mashq tugallansa, u baholanadi.

3.3. Qayta mashq qilishga faqat Hakamlar hay’ati raisi ruxsat berishga haqli. Bunday holda, ishtirokchi avval guruhdagi barcha ishtirokchilar o‘z mashqlarini bajargandan so‘ng, o‘z mashqlarini bajaradi.

3.4. Agar ishtirokchining aybi bilan mashq to‘xtatilgan bo‘lsa, mashqni takroriy bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.



4. Qizdiruvchi mashqlar

4.1. Sinov mashqlari boshlanishi oldidan bir ishtirokchi uchun qizdiruvchi mashqlarga beriladigan vaqt 30 soniyadan oshmasligi lozim.



5. Hakamlar

5.1. Mashqlarni bajarilishini nazorat qilish uchun hakamlar hay’ati tayinlandi.

5.2. Hakamlar hay’ati tarkibiga hakamlar hay’ati raisi va ikkita hakamlar guruhi kiradi: mashq murakkabligini baholaydigan “A” guruhi va mashq bajarilishini baholaydigan “B” guruhi. Har bir jamoani arbitr boshqaradi.

6. Oltin qoida

6.1. Jismoniy mashqlar ishtirokchichining qobiliyati va imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak. Jismoniy mashqlar tuzishda va ortib borayotgan murakkablik elementlarini tanlashda, ishonchlilik, uslub va ishlashning texnik sofligini buzmaslik kerak.



7. Qiyinchilikni baholash

7.1. Amalga oshirilgan akrobatik birikmalarning umumiy qiymati, shu jumladan dasturda ko‘rsatilgan ortib borgan murakkablik elementlarining baholash


10,0 balldan oshmasligi kerak.

8. Ishfaoliyatinibaholash

8.1. Hakamlar mashqlar sifatini individual elementlarni bajarish texnikasiga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda, eng maqbul variant bilan taqqoslashadi.

8.2. Bajarish xatolari quyidagicha bo‘lishi mumkin: kichik - 0,1 ball, o‘rtacha - 0,2 - 0,3 ball, qo‘pol - 0,4 ball. Bajarilmagan mashq - 0,5 ball.

8.3. Hakam mashqni baholaganda, ishtirokchi tomonidan bajarilgan barcha elementlarning texnikasidagi xatolar uchun: majburiy, ixtiyoriy qo‘shilgan bog‘lanmalar va ortgan murakkablik uchun beriladigan 10,0 balldan chegirib tashlanadi:



9. Yakuniy baholash

9.1. Yakuniy baho “A” va “B” jamoalari tomonidan mashqlarni bajarishdagi qiyinchiliklar va bajarilgan mashqlar uchun berilgan ballar yig‘indisi va mashqlarni bajarishning umumiy tartibini buzganlik uchun hakamlar hay’ati raisining jazosi o‘rtasidagi farq sifatida ko‘rsatiladi.

9.2. Yakuniy baho 20,0 balldan oshmasligi lozim.

10. Sinov maydonchasi

10.1. Mashqlar, uzunligi kamida 12 metr va kengligi 1,5 metr bo‘lgan akrobatik yo‘lakchakda amalga oshiriladi.

10.2. Akrobatik yo‘lakcha atrofida begona narsalardan mutlaqo holi bo‘lgan va kamida 1,5 metr kenglikdagi xavfsizlik hududi bo‘lishi kerak.


Download 219,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish