2.2. Zamonaviy texnologiyalar asosida ta'lim tizimida til o'qitishning ahamiyati
Ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy texnalogiyalarni keng miqyoda qo'llash jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi.Ayni paytda interfaol ta'lim muhitini yaratish, o'quvchilarning tafakkuri va dunyoqarashini rivojlantirishning innovatsion metod va texnologiyalarini takomillashtirish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.Bugungi kun ta'limida yaratuvchilik faolligini baxsh etish maqsadida zamonaviy ta'lim konsepsiyalarini yaratish va amaliyotga joriy etish vazifasiga alohida e'tibor qaratilgan.Shu sababli ta'lim texnologiyalarining o'quv jarayonidagi o'rni beqiyosdir.Ta'lim tizimining hozirgi holati noan'anaviy ta'lim texnologiyalarining rolini oshirish bilan tavsiflanadi. O'quvchilar tomonidan ularning yordami bilan bilimlarni o'zlashtirish an'anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu texnologiyalar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o'zgartiradi, o'rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq o'qitish usullarini qo'llash, shuningdek, har bir kishining ta'lim olish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvga asoslangan uchinchi avlodning yangi davlat ta'lim standartlarini (FSES HPE) joriy etish o'quvchining tobora faol ishtirok etishi asosida bir qator fanlarni o'qitish uslublarida sezilarli o'zgarishlarni nazarda tutadi. ta'lim jarayonining to'liq ishtirokchisi, uning katta mustaqilligi, aniq amaliy natijasiga qaratilgan mashg'ulotlar.Ta'lim texnologiyasi - bu ishtirokchilar uchun qulay sharoitlarni ta'minlash va cheklovlarni hisobga olgan holda muayyan natijaga erishish uchun uni rejalashtirish, tashkil etish, yo'naltirish va sozlash bo'yicha o'quv jarayoni sub'ektlarining birgalikdagi faoliyati tizim"Ta'lim texnologiyasi" tushunchasi keng qo'llanilishiga qaramay, o'zboshimchalik bilan ajralib turadi. Rus olimi D.A.Zagvyazinskiyning ta'kidlashicha, o'quv jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalar turlari "aniqrog'i o'quv yoki pedagogik emas, balki o'qitish deb ataladi va ishlab chiqarish sohasidan olingan atamaning o'zi, albatta, ta'limda shartli ravishda qo'llaniladi va ta'lim texnologiyasining o'zi. ijtimoiy texnologiyaning bir turi sifatida ishlab chiqarish texnologiyasi kabi qattiq va oldindan belgilangan xususiyatga ega emas.An'anaviy ta'lim texnologiyalari bilimlarni etkazish va harakat usullarini tavsiflashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarga tayyor shaklda uzatiladi va reproduktiv assimilyatsiya qilish uchun mo'ljallangan. Ushbu ta'lim texnologiyalari guruhiga quyidagilar kiradi:-Tushuntirish va illyustrativ o'qitish texnologiyasi; -muammoli ta'lim texnologiyasi; -dasturlashtirilgan ta'lim texnologiyasi; -modulli ta'lim texnologiyasi; -katta blokli o'rganish texnologiyasi; -ma'ruza-seminar-kredit tizimi; o'yinni o'rganish texnologiyasi va boshqalar. Innovatsion ta'lim texnologiyalari o'qituvchini o'quv faoliyatini tashkil etishning bunday harakatlari, usullari va shakllaridan foydalanishga yo'naltiradi, bunda asosiy e'tibor o'quvchining majburiy kognitiv faoliyatiga, tizimli fikrlash va ijodiy muammolami hal qilishda g'oyalarni shakllantirish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.Barchamizga ma'lumki, til o'zaro muomala, aloqa vositasi, tafakkur qurolidir. Dunyo xalqlari uchun o'z ona tili ularning bebaho qadriyati, millatning g'ururidir. Til millatning ongi va xotirasi, ruhiyati, ma'naviy va madaniy qiyofasi, milliy qadriyatlari, o'tmishi hamdir. Tilning millat, davlat, jamiyat taraqqiyotidagi o'rni juda muhim, o'ta zaruriy va dolzarb hisoblanadi. Millat, davlat, jamiyat taraqqiy etib borarkan uning tilga bo'lgan mehri, e'tibori ham kuchaya boradi. Ijtimoiy hayotdagi taraqqiyot tildagi taraqqiyotni belgilab beradi.Zamon taraqqiy etib borar ekan tillarga bo'lgan e'tibor ham kuchayib bormoqda. Nafaqat ona tilini, balki chet tillarini ham mukammal o'rganish zamon talabiga aylanib qoldi. Axborot texnologiyalari davrida chet tilini mukammal bilish yuqori kasbiy malakaning asosiy talablaridan biri bo'ldi. Xalqaro muloqot tillarini o'rganishga alohida e'tibor berilayotgani ham bejiz emas. O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida chet tilini o'qitish, o'rgatish, ilmiy yondashuv asosida, davr talablariga to'la javob bera oladigan yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar joriy etilishi asosida yangi sifat darajasiga ko'tarilib bormoqda.Chet tili darslari ham 1-sinfdan boshlab multimediyadan foydalangan holda o'qitib kelinmoqda. Sinf xonalari videoproyektorlar, televizor, kompyuter, ko'rgazmali vositalar va o'yinchoqlar bilan ta'minlangan. Fanni o'quv videodasturlari, multfilmlar, shuningdek, rasmlar, qo'shiq va she'rlar yordamida o'yin tarzida o'rganish o'quv materialini yaxshi o'zlashtirishga yordam beradi. Buning natijasida bolalar so'zlashuv tilini tez o'zlashtirib, xorijiy tilda ijro etiladigan sahna tomoshalari orqali bilimini yanada mustahkamlashmoqda. Bugun o'quvchilarning deyarli barchasi qaysidir chet tilini u yoki bu darajada biladi. Birinchi sinf o'quvchilarining so'z boyligi qariyb 60 so'z va iborani tashkil qiladi. Chet tili o'qituvchilarining malakasini oshirish maqsadida maktablarda o'tkazilayotgan seminarlar, ochiq darslar va ularning muhokamasi eng ilg'or pedagogik tajribalarni ommalashtirish imkonini bermoqda.Davrimizning o'ziga xos xususiyatlaridan biri axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan uning imkoniyatlaridan foydalanib, ta'lim jarayoniga yangicha yondashish va uni tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. XXI asr yuksak texnologiyalar asri bo'lib, zamonaviy yoshlar nafaqat davr ruhiga monand, balki elektron olamdagi taraqqiyotga muvofiq qadam tashlamoqdalar. Shu boisdan ham, yosh avlodga ta'lim berish jarayoniga boshqacha yondashish talab etmoqda. Jahon maydonida yurt sha'nini munosib himoya qilish uchun yoshlarimiz, avvvalo, o'zining xorijiy tengdoshlari bilan raqobatlasha olishi lozim. Bugun esa raqobat chet tillarida olib borilmoqda. Darhaqiqat, ta'lim sifatini, samaradorligini oshirish, o'quvchilarni qiziqtiradigan o'yin shaklidagi darslarni maqsadli tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda axborot-kommunikatsiya vositalarining roli juda katta. Ularni qo'llash imkoniyatlari kundan kunga kengayib, texnik vositalar o'quv jarayoninng ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Yoshlarga chet tilini kompyuter orqali o'rgatish uchun birinchi navbatda o'qituvchining o'zi kompyuter texnologiyalaridan professional darajada foydalana oladigan bo'lmog'i kerak. Bu darajadagi foydalanishga nafaqat kompyuterning mavjud imkoniyatlaridan to'liq foydalana olish, balki u asosida yangi o'quv dasturlarini tashkil eta olish ham kiradi. Bunday darajadagi pedagog bo'lish uchun har bir chet tili o'qituvchisi zamonaviy texnologiyalar sohasi bo'yicha o'z ustida ko'proq ishlashi kerak. Chet tilini kompyuter orqali o'rgatishning an'anaviy o'rgatish usullariga nisbatan bir necha ustunlik jihatlari bor. Birinchi navbatda kompyuter asosida chet tilini o'rganayotgan o'quvchida tilning to'rt ko'nikmasini ya'ni o'qish, tinglab tushunish, yozish hamda gapirish kabi ko'nikmalarini sinovdan o'tkazish imkoni bo'ladi. Bugungi kunda rivojlangan dasturlar yordamida buning imkoni mavjud. Faqatgina bu usuldagi ta'limga o'quvchini to'g'ri yo'naltira olish kerak. Bundan tashqari kompyuter yordamida chet tillarini o'qitishda o'rgatilayotgan har bir qoida, har bir so'z, har bir tushuncha birligi o'quvchining xotirasida yaxshiroq saqlanishi isbotlangan. Darhaqiqat, kompyuterning boy grafik imkoniyatlari, ya'ni ma'lumotlarni ovozli, matnli va video tasvirli ko'rinishda yetkazib bera olishi kompyuter orqali chet tillarini o'qitishni eng samarali usullardan biriga aylandi.Chet tillarini o'rganishda zamonaviy texnologiyalarni qo'llashdan asosiy maqsad fanni oson o'zlashtirishga ko'maklashish hisoblanadi.Bunda ma'lum bir manbani eshitib tushunish, uni nutqda ifodalash, o'qib tushunish hamda yozma tarzda ifodalash muhimdir. Zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o'qitishning shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar asosida amalga oshirilishi muhim omil sanaladi. Bu usul ishni samaradorligini yaxshilashga yordam beradi. O'qituvchilar bo'sh va ijodiy vaqtini o'zini rivojlantirishga sarflashi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar yordamida tilni o'rganishda, talabalar ma'lumotlarga munosabat bildirishni o'rganadilar va ma'lumotlarni sust ya'ni noaniq joylarini tahlil qila oladilar. Texnologiya faqatgina zamonaviy ta'lim uchungina xos emas, balki u kelajakning zamonaviy va yangi ta'limini amalga oshiruvchi o'rtadagi manbadir.Zamonaviy texnologiyalardan biri bu xalqaro qora doskadir. Bu doska xotira va isbot kabi ikki tushunchani bog'laydi. Bugungi kundagi zamonaviy yondashuvlarning eng keng tarqalgan usuli asosan darsda multimedialardan foydalanishdir. Chet tillari o'qituvchilarining multimediali ishlari haqiqiy virtual maydonda uzoq vaqt qolishiga to'g'ri keladi, muloqot jarayonini o'rganishni yengillashtiradi, bunda multimediali manba qiziqarli bo'lsa uni o'rganish ham oson bo'ladi.Multimediali vositalarning foydaliligi shundaki, biror tilni o'rganishda jonli o'yinlarni ko'rib ya'ni rasmlarni ko'rib, tovushlarni eshitib, jonli o'yinlarning faolligini kuzatish mumkin. Multimediali yondashuvlarda asosan bitta insonni baholash oson, chunki multimediali yondashuvlarda o'yinlar orqali o'rganishga ruxsat beriladi. Binobarin o'qituvchi har bir o'quvchisiga pedagogik yondashadi. Turli faoliyatlar orqali mavzuni ochib berishga harakat qiladi.Ta’lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va ularni tadbiq qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili darslarining o’qitilishida turli rolli, harakatli o’yinlardan foydalanish ham darsga ham til o’rganishga bo’lgan qiziqishni ortishiga sabab bo’ladi. O’quvchilarning juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali esa o’quvchilarning boshqalar bilan kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi.Ta’lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o’quvchilarga yetkazib berishda eng muhim visitalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan foydalanish ham mumkin. Chet tilini o’qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so’zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson bo’ladi. Chet tilini o’qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o’quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib chiqishi mumkin.Chet tilini o’rganishga ehtiyoj yuqori bo’lgan bir davrda, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo’lishiga olib keladi. Innavatsion ta’lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri va unumli foydalanilganidadir.
Xulosa
Bugungi kunda, dunyoda fransuz tilini o'qitish metodikasi tizimida turli metodlardan foydalaniladi. O'qitishdagi har bir metodlar o'quvchi va talabalarga o'qish jarayonida yengillik yaratish maqsadida yaratiladi. Yurtimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar aynan o'quvchi yoshlarning fransuz tili va boshqa chet tillarini o'rganishda keng imkoniyatlar yaratmoqda. Mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunini hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori "Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi, "Ta'lim muassasalarida chet tillarini o"qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorlari yurtimizda chet tillarga o'qitishning kompleks tizimini yaratish, va uning sifatini oshirish eng muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Bugungi kunda ushbu qarorlarni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha bir nechta ishlar amalga oshirilgan. Xususan, har bir oliy ta'lim muassalarida xorijiy hamkorliklar yo`lga qo`yilgan va dars jarayonlariga xorijlik yetakchi professor-o'qituvchilar jalb qilinmoqda. Bu esa talabalarda fransuz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttirishi tabiiy. Talabalarning kommunikativ kompetentligini oshirishda CLT (Communicative language Teaching) metodining o'rni beqiyos. Ushbu metod XX asrning 70-yillarida Angliyada vujudga keldi va til o'qitish tizimiga o'ziga xos yangilik bo'lib kirib keldi. Bunga sabab, endi o'quvchilar til o'rganish jarayonida nafaqat grammatika, balki so'zlashuv imkoniyatiga ega bo'lishadi va bu metod bir tilda oʻquvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan. G'arb mamlakatlarida CLT metodi tezlik bilan tarqalib shuhrat qozondi, ammo bu holat Osiyo mamlakatlarida odatda sekinlik bilan rivojlanmoqda.Bunga sabab esa, Osiyo mintaqalari mamlakatlarida CLTni tatbiq etishda muvaffaqiyatga erisha olmagan omillar qatoriga ba'zi mamlakatlarda qo'llaniladigan sinovdan o'tgan ta'lim tizimi, fransuz tilini o'rgatishda o'qituvchiga yo'naltirilgan yondashuv va o'qituvchilarning CLT yondashuviga salbiy munosabati kiradi. Til o'qituvchilari CLT yondashuvini noto'g'ri qabul qilishiga asrlar davomida saqlanib kelgan eskicha qarash ustoz-shogird nazariyasidir. Shuni alohida ta'kidlash kerak-ki, o'quvchilarida kommunikativ kompetentsiya grammatik, nutqiy, strategik va ijtimoiy-lingvistik kompetensiyaning turli o'lchovlarini o'z ichiga olgan ushbu "kommunikativ kompetensiya" atamasining ta'rifi haqida o'qituvchilarni ko'proq xabardor qilinishi lozim. Fransuz tili o'qituvchilari o'rtasida kommunikativ kompetensiya haqidagi bu bilim va xabardorlik juda muhim sanaladi. Bugungi kunda zamonaviy ilm dargohlarida ushbu metoddan keng qo'llaniladi va ushbu metodning ilmiy muvaffaqiyati ham to'liq isbotlangan. Kommunikativ til o'qitish metodi va uning o'ziga xos xususiyatlari. CLT (kommunikativ til o'qitish) metodida kommunikativ kompetensiyaga erishishga qaratilgan. Kommunikativ kompetensiya til o'rganishning uchta yo'nalishi bo'yicha kompetensiya sifatida tavsiflanadi, bular grammatik, sotsiolingvistik va strategik kompetensiyalardir.Ta’lim jarayoniga zamonaviy — kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to’g’ri, unumli foydalanish, ular orqali o’quvchida chet tiliga bo’lgan qiziqishni orttirish, o’qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta’limning innovatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug’iladi va talab ortadi. Bugungi kunda innovatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori bo’ladi va o’quvchilrning darsga bo’lgan qiziqishlarining ortishi ham ta’minlanadi. Til sohasida chet tilini kommunikativ metodika bilan o'qitishdan maqsad nutq vaziyati doirasida chet tilida muloqotni og'zaki va yozma shaklda o'rgatishdir.Ma'lumki, og'zaki-nutq muloqotining usuli - bu nutq. Maktabda nutqqa o‘rgatishdan maqsad o‘quvchilarda turli vaziyatlarda og‘zaki muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.Ijodiy faoliyat ijodiy xususiyatga ega bo'lgan faoliyat jarayonida rivojlanadi, bu o'quvchilarni o'rganishga va hayratga solishga, nostandart vaziyatlarda yechim topishga majbur qiladi. Agar talaba gapirishni, o'qishni, chet tilidagi nutqni eshitishni, yangi narsalarni o'rganishni yaxshi ko'rsa, unda "chet tili" faniga qiziqish borligini aytishimiz mumkin va ma'lum bir muvaffaqiyatga erishish uchun sharoitlar yaratilgan.Fransuz tilini bilishdan tashqari, talabalar o'zlarining shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, kelajakdagi kasbiy faoliyati va kundalik hayotda boshqa odamlar bilan muloqot qilish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |