Innovatsiya loyihasi ikki ma’noda ishlatiladi.
Ma’lum maqsadga erishish yo‘lida tadbirni, faoliyatni, ishni va harakatlar majmuini amalga oshirish.
Qandaydir harakatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hisob moliya hujjatlar va tashkiliy-huquqiy tizim.
Loyihani yaratish va realizatsiya qilish qo‘yidagi bosqichlardan iborat (12.1.chizma):
Innovatsiya g‘oyasining paydo bo‘lishi.
Innovatsiya imkoniyatlarini tadqiqot qilish.
Loyihani tashkiliy ishlar Assotsiatsiyasi.
Bitim hujjatlarini tayyorlash.
Qurilish-montaj ishlarini olib borish.
Ob’ektni ekspluatatsiya qilish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning monitoringi
1-Bosqich – investitsiya g‘oyasining shakllanishi deganda, biz o‘ylagan rejaning harakatga kelishini tushunamiz. Bu bosqichda investitsiya sub’ekti va ob’ektini aniqlash, uning shakli va manbalarini (g‘oyani ishlab chiqaruvchining ish mo‘ljalidan qat’iy nazar) aniqlash zarur bo‘ladi.
12.1-chizma. Innovatsiya loyihasini yaratilish bosqichi va uni realizatsiya qilish.
Investitsiya sub’ekti – investitsiyadan foydalaniladigan bo‘lib, tijorat tashkilotlari va boshqa xo‘jalik sub’ektlari hisoblanadi.
Investitsiya ob’ektiga qo‘yidagilar kiradi:
Qurilayotgan, rekonstruksiya qilinadigan, kengayadigan korxona, bino, inshootlar (asosiy fondlar) bo‘lib, ular yangi mahsulot va xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak;
Dasturning biror vazifasini amalga oshirishni mo‘ljallab kompleks kurilayotgan yoki qayta tiklanayotgan (rekonstruksiya) ob’ektlar. Bunday sharoitda investitsiya ob’ekti sifatida, dastur mavjud ishlab chiqarish maydoni amaldagi ishlab chiqarish va tashkilot doirasida yangi buyumni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘ladi.
Er, bino, inshoot, mashina va uskunalar, o‘lchagich va sinovdan o‘tkazuvchi vositalar, instrumentlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulklar.
Mulkiy huquq odatda pul ekvivalentida baholanadi (12.1-chizma).
Investitsiyaning asosiy manbalari:
- Xususiy moliya mablag‘lari va boshqa turdagi aktivlar (asosiy fondlar, er uchastkalari, sanoat mulkchiligi) va jalb qilingan vositalar;
- Umumdavlat va mahaliy byudjetlardan ajratilgan mablag‘lar;
- Xorijiy investitsiya (qo‘shma korxonalar tashkil etishda, ustav kapitalining shakillanishida ishtirok etgan moliya va boshqa shakldagi);
- Har xil shakldagi zayom vositalari, chet el investorlari krediti, davlatning qaytarib olish sharti bilan bergan kreditlari.
Investitsiya loyihasida quyidagi investitsiya shakllaridan foydalaniladi.
Pul mablag‘lari va uning ekvivalenti (maqsadli jamg‘armalar, oborot mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, masalan, aksiya yoki obligatsiya, kredit zayom, garov va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |