Umumiy yer bilimi



Download 1,18 Mb.
bet3/11
Sana29.03.2022
Hajmi1,18 Mb.
#515256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ko\'llar va suv omborlari

Lava-to’siq kotlovinalari tog’ vodiysini lava oqimi to’sib qo’yi-shidan vujudga keladi. Sevan, Tana ko’llari va Sixote-Alin tizmasi-dagi ko’pdan-ko’p ko’llarning kotlovinasi shu yo’l bilan paydo bo’lgan.
Morena-to’siq. kotlovinalari tog’ vodiylarini qadimgi muz bosish morenalari to’sib qolishidan hosil bo’lgan. Tog’li o’lkalardagi ko’p ko’llar, masalan, Alp tog’laridagi ko’llar shunday ko’llardir.
Suv eroziyasi va suv akkumulyastiyasi kotlovinalari daryo vodiylari-da va dengiz bo’ylarida paydo bo’ladi. Ular qoldiq o’zanlar, delta va qirg’oq bo’yi ko’llaridan iborat. Eroziya va akkumulyastiya prostesslari kuchli bo’lishi tufayli uncha katta bo’lmagan vodiy va Qirg’oq bo’yi kot-lovinalari oqiziqlarga nisbatan tez to’lib qoladi va bir joyda o’t bosib ketib, boshqa joyda yangidan paydo bo’ladi.
Qarst ko’llari eruvchan jinslar — ohaktosh, gips, dolomitlardav tarkib topgan o’lkalarda vujudga keladi. Bu jinslarning erishi chu-qur, biroq uncha katta bo’lmagan kotlovinalarning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Pastki qatlamdagi jinslarning erishi va olib ketilishi natijasida bu joylarda tez-tez o’pirilmalar bo’lib turadi.
Ko’p yillik muzloq yerlarda termokarst kotlovinalar paydo bo’ladi; ularning paydo bo’lishiga sabab qazilma muzlarning va muzlab qolgan jinslarning erishi natijasida gruntning cho’kishidir. Vitim pasttekisligidagi alaslar bilan tundradagi ko’pdan-ko’p mayda ko’l-larnint kotlovinalari termokarst yo’li bilan hosil bo’lgan chuqurlik-lardir. Ularning barchasi sayoz va kichikdir.
Suffozion ko’llar kotlovinalari nurash po’stining ustki qavat-laridagi oson harakatlanadigan va eruvchan tog’ jinslarini grunt suv-lari olib ketishi natijasida gruntning cho’kishidan hosil bo’ladi. G’arbiy Sibir tekisligining dasht qismidagi va Qozog’iston hamda Markaziy Osiyodagi ko’pdan-ko’p ko’llarning kotlovinalari suffoziya natijasida paydo bo’lgan.
Organogen kotlovinalar tayga, o’rmon-tundra va tundra zonalari-ning, sfagi botqoqliklarida, shuningdek, marjon orollarida vujudga keladi. Bu kotlovinalarning hosil bo’lishiga sabab tayga, o’rmon-tund-ra va tundrada. mox (yo’sin)larning, marjon orollarida esa pyuliplar-ning notekis o’sishidir.
Suv omborlari daryo vodiylari va jarlarini to’sib hoeil qi-linadi.
Kotlovinalar qanday paydo bo’lganligidan qat’i nazar, ular daryo eroziyasi va akkumlyastiyasi, to’lqinlar abraziyasi, qor va muz qoplami, oqimlar, o’simlik hamda hayvonot dunyosi va boshqalar ta’siri-da tobora rivojlanib boradi.
Binobarin, ko’l botiqlari doimo o’zgarib, tugab, yangidan paydo bo’-lib tu_radi.
Kullarning suvi. Ko’llarning suvi asosan atmosfera suvi bo’lib, a)ko’l yuzasiga tushadigan yog’inlar, b) atmosferadagi namning suv yuza-sida kondensastiyalanishi, v) ko’lga kelib quyiluvchi daryo va jilg’alar ouvi va r) grunt suvi tarzida ko’lga kelib to’planadi. Ko’l suvi bug’la-nishga, daryo oqimiga va gruntga shimilishga sarf bo’ladi.
Ba’zi ko’llardagi hozirgi suv massasi yaqin geologik o’tmishda shu kotlovinani egallagan dengiz suvining ko’l suviga almashinishidan hosil bo’lgan. Muzliklar bosgan zamonda hozirgi Baltika dengizi va Oq dengiz, Ladoga, Onega ko’llari va Shvestiyadagi ko’llar o’rnida Ioldiya dengizi bo’lgan. Ioldiya dengizi chekingach, avval sho’r dvngiz suvi, so’ngra esa chuchuk suvli ko’llar vujudga kelgan. Bu vaqtda Kaspiy den-gizi Kuma-Manich botig’idagi bo’g’oz orqali Qora dengiz bilan tutashib turgan, ya’ni dengiz havzasidan iborat bo’lgan. Bunday ko’llar relekt yoki qoldiq ko’llar deb ataladi. Ularda dengiz hayvonlari, (chunonchi, tyulen) yashaydi va ular ko’l sharoitiga moslashadi.
Ko’l paydo bo’lishidagi tabiiy-geografik sharoitlar. Ko’llar butun yer shari tabiati bilan birgalikda rivojlanadi va, o’z navbatida, Er shari tabiatining rivojlanishida faol ishtirok etadi. Territoriyada ko’llarning ko’p bo’lishida namlanish va relyef eng katta ahamiyatga eg’a. Territoriya qancha sernam bo’lsa, relyefi bir xil bo’lishiga qara-may, ko’llar shuncha ko’p bo’ladi. Biroq oqim miqdori ham, binobarin, relyefning parchalanganlik darajasi ham namlanishga bog’liq; oqim katta bo’lsa, eroziya kuchayadi va territoriyadagi mayda ko’llarning soni kamayadi. Joyning erozion parchalanganligi odatda shu o’lkaning yoshiga qarab orta boradi. Shu sababli namlanishi bir xil bo’lgan va relyefi qadimiy territoriyalarda yosh erozion relyefli o’lkalardagiga qaraganda ko’llar kamroq bo’ladi. Masalan, muzlik qoplamidan nis-batan kech xsli bo’lgan Yevropaning shimoli-g’arbida va Amerikaning shimoli-sharqida daryo vodiylari normal profil hosil qilib ul-gurmagan, kotlovinalar yaxshi o’yilmagai va ular ko’llarga aylangan.
Namlanish yetishmaydigan joylarda eroziya prostessi sust boradi, arid (qurg’oqchil) territoriyalarning eroziya bazisi bitta bo’lmaydi, kotlovinalar atrofi berk bo’lib, ularda boshqa ihlimiy rayonlardan oqib keluvchi daryo suvlari to’planadi. Urta Osiyo va Qozog’iston, Kichik Osiyo, Eron, Tibet, Taklamakon, Katta Havza, Meksika tog’ligi va Avstraliyadagi ko’llar shunday yo’l bilan paydo bo’lgan.
Binobarin, iqlim va relyefning ko’l hosil qilishdagi o’zaro ta’siri qarama-qarshidir. Bu hol tabiiy hodisalar kompleksining territoriyada ko’llar oz-ko’pligini belgilovchi bir qismidir. Relyef-ning qay daraja parchalanganligi o’lkaning yoshigagina emas, balki shu joydagi tog’ jinslari xarakteriga, shuningdek joyning dengiz sat-hidan balandligiga ham bog’liq. Shuning uchun joyning litologiyasi ham, dengiz sathidan balandligi ham ko’llar hosil bo’lishiga bilvo-sita ta’sir etadi.
Namlanish va oqim — relyef parchalanishi va ko’l hosil bo’lishi-ning hozirgi omillari—zonal-regional xususiyatga ega. Utmishdagi va hozirgi geologik-geomorfologik prostesslarni aks ettiruvchi relyef ham zonal-regionaldir. Bu har ikki omil hosilasi bo’lgan ko’llarning paydo bo’lishi ham zonal-regional xususiyatga ega. Ushbu qonuniyat ko’l-larning sonidagina emas, rejimida ham seziladi.


Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish